Tibbiyot psixologiy asi


Download 0.96 Mb.
bet141/158
Sana17.01.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1096903
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   158
Bog'liq
tibbiyot

XULOSA
Olingan ma’lumotlar psixologik testlar, laboratoriya natijalari va boshqa mutaxassislar xulosalari bilan solishtirilgach, bemorga tibbiy- psixologik tashxis
qo‘yiladi. Masalan, bemorda psixosomatik buzilishlar aniqlansa, tashxisni quyidagicha ifodalash mumkin: «Psixosomatik sindrom: psixogen kardialgiya».
So'ngra davolash choralari belgilanib, prognoz aniqlanadi va alohida psixoreabilitatsiya rejasi ishlab chiqiladi.


374


Abu Ali ibn Sino (980-1037)




Hech bir sir qolmadi ma’lum bo'lmagan, Hech bir so‘z qolmadi ma’lum bo'lmagan. Bilimim haqida chuqur о ‘ylasam,
Bildimki hech narsa ma’lum bo'lmagan.


375


ХОЛМА




Hurmatli talaba! Mana, «Tibbiyot psixologiyasi» darsligi bilan tanishib chiqdingiz. Tibbiy fanlarni o'rganish uchun qaysi kafedraga bormang, ustozlaringiz Sizda o'sha fanga mehr uyg'otishga harakat qiladi. Bu tabiiy hoi, albatta. Har bir vrach tibbiyotning qaysi sohasini egallashidan qat’i nazar, psixologiyani chuqur bilishi zarurligini aytib o'tganmiz. Bunga bir necha bor dalillarga asoslangan misollar keltirganmiz. Tibbiyotni psixologiyasiz tasawur qilish qiyin. Umuman olganda, tibbiyotni inson organizmiga uning a’zolarini esa tibbiy fanlarga qiyoslash mumkin. Masalan, miyani - nevrologiya, yurakni - kardiologiya, qonni - gematologiya, o'pkani - pulmonologiya, oshqozon-ichak sistemasini - gastroenterologiya, jigarni - gepatologiya, buyrakni - urologiya yoki nefrologiya faniga va h.k. Ushbu tilga olingan a’zolar organizmning ichkarisida joylashgani uchun tashqi nojo'ya ta’sirlardan yaxshi himoyalangan. Tibbiyot psixologiyasini organizmning qaysi a’zosiga qiyoslash mumkin? Albatta teriga! Agar teri tashqi nojo'ya ta’sirlardan ichki a’zolarni himoya qilib tursa, tibbiyot psixologiyasi yuqorida zikr qilingan barcha fanlarning himoyachisidir. Agar biz terimizga e’tibor berib, uni jiddiyroq parvarish qilsak, u ko'z oldimizda butun bir go'zalligi bilan namoyon bo'ladi, agar uning biror joyi lat esa yoki yiringlasa, nafaqat teri aziyat chekadi, balki butun bir organizm xavf ostida qoladi! Demak, obrazli qilib aytganda, teri ichki a’zolarning juda katta himoyachisidir. Xuddi egizaklami bir-biridan ajratib tarbiyalab bo'lmaganday, tibbiyotni ham psixologiyadan ajratib o'rganib bo'lmaydi.
Ushbu darslik taqrizchilar (nevrologlar, psixologlar, terapevtlar, psixiatrlar) tomonidan bildirilgan barcha tanqidiy fikrlami e’tiborga olib tayyorlandi. Shunday bo'lsa-da, u kamchiliklardan xoli, degan fikrdan yiroqmiz. Darslik bo'yicha bildirilgan mulohazalarning har birini chuqur o'rganib chiqib, uning keyingi nashrlarini tayyorlashda, albatta, e’tiborga olamiz. Darslik tibbiyot oliy o'quv yurtlari talabalari, o'qituvchilari, umumiy amaliyot shifokorlari, amaliy psixologlar, pedagogika va psixologiya yo'nalishida ta’lim olayotgan talabalar uchun munosib xizmat qiladi, degan umiddamiz.


376



Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling