Tibbiyot psixologiy asi


Fikrlash faolligini aniqlash usuli


Download 0.96 Mb.
bet39/158
Sana17.01.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1096903
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   158
Bog'liq
tibbiyot

Fikrlash faolligini aniqlash usuli

Buning uchun talabalarga turli topshiriqlar beriladi va vaqt belgilab olinadi. Har bir topshiriq bir daqiqa mobaynida bajarilishi kerak.

  1. ko ‘rsatma: «Men vaqtni belgilayman. Sizlar 1 daqiqa mobaynida daftarga A harfi bilan boshlanuvchi shaharlaming (davlatning, daryolaming, ayollarning, erkaklarning va h.k.) otini yozing. Qancha ko’p yozsangiz shuncha yaxshi». Vaqt o‘tgandan keyin daftarlar yig‘ishtirib olinadi. Ko'rsatilgan harfga kim ko‘p nom yozgan bo‘lsa va ularning nomi to'g'ri bo‘lsa o‘sha talabaning (sinaluvchining) fikrlash faolligi yaxshi saqlangan hisoblanadi


110




  1. ko‘rsatma: «Bir daqiqa mobaynida Toshkent shaxrida mavjud bo 'Igan ohyektlarning nomini yozib chiqing. Kim ko'p пот yozsa o'sha g'olib hisoblanadi. Biroq orfografik va stilistik xatolarga yo'I qo'ymang. Qisqartirishlar bo 'Imasin».

Xuddi shu tartibda biz ist’emol qiladigan meva va sabzavotlar, biz biladigan hayvonlar, geometrik figuralaming nomlarini yozib ham fikrlash faolligini (qobiliyatini) tekshirish mumkin. Bunday topshiriqlar esda saqlash darajasini ham ko'rsatib deradi.

  1. ko‘rsatma: «Bir daqiqa mobaynida M, O', V, Sharflardan foydalanib jumla tuzing». Masalan: «Men o‘z vatanimni sevaman». Jumlalar ma’no va mazmun jihatdan to‘g‘ri tuzilgan bo'lishi kerak. Topshiriq bajarilgandan so‘ng to‘g‘ri tuzilgan jumlalar soni hisoblab chiqiladi.

  2. ko‘rsatma: O'qituvchi doskaga turli geometrik shakllar chizib chiqadi: aylana, kvadrat, uzun chiziqlar, spiral, to'lqinli chiziq, doira va biror bir narsaning tasvirini yaratsa bo‘ladigan turli geometrik shakllar. Ushbu shakllar doskaga chizib boiingandan so‘ng o‘qituvchi talabalarga ko'rsatma beradi. Ko‘rsatma: «Hurmatli talabalar! Sizlar bir daqiqa mobaynida ushbu geometrik shakllardan iloji boricha ко 'proq tugallangan rasmlar yaratishingiz kerak. Faqat doskada ко ‘rsatilgan shakllardan foydalaning». Topshiriq bajarib bo‘lingandan so'ng to‘g‘ri tuzilgan rasmlar sanab chiqiladi. Bu topshiriq diqqat va xotira o‘tkirligi, fikrlash qobiliyatini tekshirish uchun qo‘llaniladi.

Barcha topshiriqlar bajarib chiqilgandan so‘ng to'g'ri bajarilgan topshiriqlar soni hisoblab chiqiladi. Shu yo‘1 bilan nafaqat talabalarning fikrlash qobiliyatini, balki ularning bilimini baholashda ham foydalanish mumkin. Ayniqsa OSCI o'tkazishda.

  1. Analogiya yaratish usuli

Sinaluvchiga har xil so'zlar yozilgan material ko'rsatiladi. Sinaluvchi ularning ro'parasiga ma’no va mazmun jihatdan mos keluvchi so'zlarni yozib chiqishi kerak. So'zlarning kam yoki ko'pligiga qarab vaqt belgilanadi (1, 3, 5 daqiqa). Masalan, o'n - son,
kuchuk - hayvon, archa

  • dara.xt, qish - sovuq, so'z - gap, jigar -a’zo, psixologiya - fan, dushanba

  • hafta kitni, telefon - aloqa vositasi, Toshkent - poytaxt yoki Toshkent - shahar va h.k. Bu sinamani og'zaki tarzda o'tkazish ham mumkin.

  1. Maqollar va aforizmlar ma’nosini tushuntirib berish

Sinaluvchiga turli maqollar va aforizmlar aytiladi. Sinaluvchi ularning ma’nosini tushuntirib berishi kerak. Bu yerda vaqt belgilanishi shart emas.


Ill




Masalan, «Temirai qiziganda bos»; «Shamol bo'lmasa daraxtning uchi qimirlamaydi», «Ko'rpanga qarab oyoq uzat», «Baliq boshidan sasiydi», «Daraxtni chopsa, uning shoxlari uchadi», «Hamma yaltiragan narsa ham oltin bo'lavermaydi», «Chumchuqdan qo'rqqan tariq ekmaydi», «Nima eksang, shuni o‘rasan», «Yolg'iz otning changi chiqmas, changi chiqsa ham dong‘i chiqmas», «Bo‘ridan qo'rrqan o'rmonga bormas», «Yetti marta o‘lchab, bir marta kes», «Tilim mening, dushmanim mening», «Bukrini go‘r to‘g‘irlaydi», «Bir bolaga yetti mahalla ota-ona», «Jo‘jani kuzda sanashadi», «Kiyimga qarab kutib olishadi, aqliga qarab kuzatib qo'yishadi», «Tomdan tarasha tushgandek», «Ег-xotinning urishi, doka ro'molning qurishi» va h.k.


  1. Download 0.96 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling