Tibbiyot psixologiy asi
Download 0.96 Mb.
|
tibbiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Stress
Mamillyar tana
26-rasm. U. Papes (1937) bosh miyaning ushbu tuzilmalarini hissiy rcaksiyalarni boshqarishda asosiy ahamiyatga ega ckanligini isbotlagan. Strelkalar bilan «hissiy oqimlar» yo‘nalishi ko‘rsatilgan 122 mo'ljallangan tuzilmalariga oltindan tayyorlangan elektrodlar kiritiladi, ular diagnostik va davolash chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun muayyan vaqtga qadar ana shu yerda qoldiriladi. Keyinchalik elektrodlar chiqarib olinadi. Turli xil po'stloq osti tuzilmalari (talamus, oq shar, dumli yadro, gippokamp)ga bir yo‘la bir necha elektrodlar kiritilib, qaysi neyronlar guruhi odamda qanday his- tuyg'u chaqirishi o‘rganilgan. Ma’lum bo‘lishicha, ko‘pchilik nuqtalar ularga elektr toki bilan ta’sir ettirilganda, hissiy jihatdan betaraf bo'lgan va atigi o‘n foizi turli xil hissiy alomatlar, ya’ni zavqlantirish, libido uyg'otish va shuningdek, aksincha qo'rquv, vahima alomatlarini yuzaga keltirgan. His-tuyg'ularning fiziologik mexanizmlari to'g'risidagi bilimni yakunlar ekanmiz, shuni ta’kidlab o'tish kerakki, hissiyot har xil funksio- nal sistemalarning o'zaro murakkab ta’sir ko'rsatishining integrativ mahsuli hisoblanadi. Ular ijtimoiy omillar, tarbiya, muhit, hayot tajribasi, odamning salomatlik darajasi va osoyishtaligiga bog'liq bo'ladi. Stress Endi hissiyotga bevosita bog'liq bo'lgan stress haqida fikr yuritamiz. «Stress» so'zi odatdagi turmushda va tibbiy atamashunoslikda ancha keng tarqalgandir. Turmushda «stress» deganda ruhiy zo'riqish va hayajonlanish tushuniladi. Qattiq siqilsak: «Kecha men stressga uchradim!» deb xitob qilamiz. Bu so'zni turmushda ishlatish shunga olib keldiki, XX asr oxiri madaniyatida «stress» so'zi ishlatilganda odamlar faqat salbiy ruhiy zo'riqishni tushunadigan bo'lib qolishdi. Aslida «stress» so'zini faqat salbiy ma’noda tushunish noto'g'ridir. «Stress» atamasini 1936- yili fanga kanadalik fiziolog olim G. Sele kiritgan. Stress nima? Stress - organizmning stressorga nisbatan javob reaksiyasidir. Bu holatda spesifik va nospesifik reaksiyalar kuzatiladi. Inson stressiz yashay olmaydi, hayot bor joyda stress bor, uning boHmasligi o4im deganidir (G.Sele, 1956). Stress aslida «hayot» tushunchasiga hamohangdir. G. Sele bu muammoni ochiq-oydin yoritib berdi. Stress inson uchun xavf tug'dirmaydi. Distress xavflidir, chunki u ancha vaqt kuchli zo'riqish natijasidir. Stress ijobiy va salbiy xillarga ajratiladi, lekin fiziologik nuqtai nazardan oiganda, organizmning katta shodlik va qayg'uga javob reaksiyasi bir xil bo'ladi. «Stress kasalliklari» degan tushuncha noto'g'ridir, «distress kasalliklari» deyilsa, to'g'riroq hisoblanadi», degan edi G. Sele. G.Sele stressni 3 ta asosiy bosqichga ajratgan va uni quyidagicha ta’rifiagan: birinchi bosqich - xavotir lari ish bosqichi. Bu bosqichda qon 123 rMoyak Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling