Tibbiyot tarixi
Pitekantroplardan so‘ng sinantroplar (Xitoy-odamlar)
Download 44.24 Kb.
|
“TIBBIYOT TARIXI” FANI, UNING SHAKLLANISHI VA BOSHQA TIBBIY BILIMLAR QATORIDA TUTGAN O\'RNI”
- Bu sahifa navigatsiya:
- Antropogenez (odamning kelib chiqishi)
Pitekantroplardan so‘ng sinantroplar (Xitoy-odamlar) davri boshlanadi. Bu maxluqlar gavda tuzulishi va idrok etish jihatidan yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan ikki maxluqdan yuqoriroq turadi. Sinantroplar qurol ishlashda ancha mohir bo‘lganlar. Ular takomillashgan va noziqroq qurollar yasay boshlaganlar. Bu qurollar bilan esa ba’zi murakkabroq muolaja usulini qilish imkoniyatiga ega bo'lganlar. M asalan, o ‘tkir qirrali qilib ishlangan tosh yoki suyak bilan qattiq jarohatlanib osilib qolgan a’zoni kesib tashlash va h.k. Antropoidlar hayvonot olamidan ajralib chiqib, haqiqiy inson qiyofasiga ega bo‘lgunlaricha yana bir necha bosqich taraqqiyot yo‘lini bosib o ‘tdilar. Xususan, ular sinantroplardan so‘ng atlantroplar, keyin xeydelberglar, oxirida esa olduvaylar bosqichlarini o‘tdilar. Shu uchala bosqich, antropoidlarni birlashtirib, ularni arxantroplar, deb ataganlar. Arxantroplardan alohida ahamiyatga molik bo‘lgani olduvay tipiga kiruvchilardir. Olduvay tipidagi antropoidlar juda idrokli bo‘lganlar. Shuning uchun ularni "homo habilis" ("uquvli odam") deb atadilar. Olduvaylar tashqi qiyofa jihatidan haqiqiy odamga juda yaqin b o ‘lganlar. Har xil muolaja usullarini qo'llashda ham boshqa antropoidlarga nisbatan ancha uquvliroq bo‘lganlar. Bu yerda eng muhimi shundan iboratki, olduvaylar muolaja usullarini qo‘llashda faqat instinktiv harakat qilmay, o‘z idroklarini ham ishga solganlar. Masalan, qanday kasallik holatida qaysi usul va qanday dorivor o ‘simlik ko‘proq yordam berishini ajrata olganlar.
Antropogenez (odamning kelib chiqishi) jarayonining navbatdagi bosqichida antropoidlar (odam sim onlar) paleoantroplar (qadimgi odamlar)ga aylandilar. Bular ham m a jihatdan hozirgi zamon odamlariga juda o ‘xshash bo‘lganlar. Bu yerda shuni ko‘rsatib o ‘tish kerakki, paleoantroplaming dunyoga kelishi antropoidning paleoantropga aylanishi em as, balki antropoidning o ‘zida mavjud b o ‘lgan odam larga xos xususiyatlarning rivojlanishi va takomillashishi natijasidir. Paleoantroplar bundan 100 ming yil ilgari yashaganlar. Dem ak, inson bundan 100 ming yil ilgari inson qiyofasini olgan. Paleoantropning suyagi birinchi m arta Germaniyaning Neandertals vodiysida topildi. Shuning uchun bu odamlarni neandertallar deb atadilar. Bizda neandertalning suyagi Surxondaryo viloyatida, Boysun tog‘idagi Teshiktosh g‘orida topildi. U 9 yashar bolaning suyagi ekan. Neandertallar tashqi qiyofa jihatidan odam ko‘rinishini olgan bo’salar ham, ular hozirgi zam on odam laridan biroz farq qilganlar. C hunonchi ularning m anglayi pastga tom on qiyalab tushgan, qoshining tepasi bolishsim on b o ‘lib bo‘rtib chiqqan, jag‘ suyagi katta, tishlari yirikdir. Neandertallarda idrok etish bilan birga oddiy abstrakt fikrlash ham paydo bo‘lgan. Masalan, ular qurol ishlashda uning shakli qanday bo‘lishi kerakligini oldindan belgilab olganlar. Arxeologlar neandertallar yashagan qarorgohlardan 60 xilga yaqin turli tosh qurollarni topganlar. Am m o, ular bu qurollar orasida muolaja m aqsadida ishlatilganlari bor yoki yo'qligini ko‘rsatmaganlar. Fikrimizcha bunday qurollar bo‘lgan, albatta. Ammo, toshdan yasalgan bo‘lganliklari uchun ulardan foydalanish imkoniyati unchalik keng bo‘lmagan. Antropogenez jarayonida paleoantoplardan so‘ng mezantroplar (oraliq davr odam lari) davri boshlanadi. Bu davr 50—40 ming yilni o‘z ichiga oladi. Bunday odamlarning suyaklari birinchi marta Fransiyaning Kromanyon nomli g‘orida topilgan. Shuning uchun ularni krom anyon odami, deb ataganlar. Bizda kromanyonlarning suyaklari 1930-yilda Samarqand shahrining markazida Koibog‘ degan joyda topildi. So‘ng bunday suyaklar boshqa hududlarda ham uchratildi. Antropologlarning ko‘rsatishicha kromanyonlar neandertallarga nisbatan baland bo'yli, yelkalari keng, jismoniy jihatdan kuchli bo‘lganlar. Idrok jihatdan ham bular neandertallarga nisbatan ancha ustun bo‘iganlar. Kromanyonlar ko‘pxo‘rakli maxluq hisoblanadilar. Bularjuda ko‘p xil o‘sim liklarni iste’mol qilganlar va ularning orasidan shifobaxshlarini ajratib olganlar. Binobarin, kromanyonlar ishlatgan o‘simliklarning xili ham ko‘p bo‘lgan. Kromanyonlar qurol yasashda katta natijalarga erishganlar. Xususan, ular birinchi bo‘lib o‘q va o‘q-yoy (kamon) ixtiro qilganlar va har xil hayvonlar va qushlarni ov qilib ulaming go'shtini iste’mol qila boshladilar. Shunday qilib, kromanyonlar iste’mol qiladigan o’simlik va hayvonlarning xili ancha ko'paydi. K rom anyonlar ba’zi hayvonlarni uy sharoitiga o'rgata boshladilar. Dastlab uy sharoitiga qo‘y, echki, sigir so‘ng ot o ‘rgatilgan. O‘sha davrda ziroat ishlariga ham birinchi qadam qo'yildi. O dam lar tabiatdagi mavjud tayyor yem ishlarni yig‘ib-terib iste’mol qilish bilan cheklanib qolmay, о zlari о’simliklar о’stira boshladilar. Shunday qilib, chorvachilik va ziroatchilik yo‘lga qo‘yildi. Bu esa o‘z navbatida muolaja qilishni rivojlantirdi. O‘sha vaqtdagi "tabiblar" kasallarni davolashda hayvon a ’zolari (jigari, qoni, moyi va h.k.) va qo‘lda o ‘stirilgan o‘simliklarni ham ishlatdilar. Bu o‘sha davr uchun tibbiyotning katta yutug‘i edi. Antropogenez jarayonining so'nggi bosqichida neoantroplar (yangi odamlar) davri keldi. Neoantroplarda hozirgi zamon odamlarining deyarli hamma xususiyatlari mavjud edi. Antropologlar ularni "homo sapiens" (fikrlovchi odam) deb atadilar. Bizda bunday odam larning suyaklari Samarqand viloyatining Qora tepa massivida topilgan. Bu odamning jasadi qo‘rga ko‘milgan ekan. D em ak, neoantroplar o ‘lgan odam ning jasadini kо’mish kerakligini bilganlar. Neoantroplar hayotidagi muhim o‘zgarish shu bo‘ldiki, ular o ‘zi uchun turar joy qurishni bilib oldilar. Bu asosan atrofi tosh va daraxt shohlari bilan о ‘gaЬ olingan chayladan iborat edi. Bunday chaylalarni ko‘proq daryo bo‘ylarida, chakaJakzor o ‘rmonlarda, tog‘ bag‘irlarda qo’rganlar. Neoantroplar ish quroli yasashda ham yangilik yaratdilar. U lar sinib ketmaydigan juda qattiq tosh jinslardan (masalan, nefrit, yashma) qurol ishlay boshladilar. Bu toshlarga ishlov berishda o ‘tkirlash, silliqlash va nayzalash usullaridan foydalanganlar. Shunday yo‘l bilan toshdan bo‘lsa ham o ‘tkir, silliq, va uchli qurollar yasaganlar. Shubhasiz bu qurollardan muolaja maqsadida ham foydalanganlar. Neoantroplar hayotidagi yana bir yangilik olovning kashf etilshi bo‘ldi. Olov kishilarning hayotini tubdan o ‘zgartirib yubordi. Olov kashf etilishining o‘z tarixi bor. O‘sha vaqtlarda ham chaqmoqlardan va vulqonlardan olovlar otilib chiqqan. Buning natijasida yaqin joydagi о’rmonlarga o‘t ketib, undan qochib qutula olmagan hayvonlar to’rgan joylarida pishib qolganlar. Tabiiyki pishgan go‘sht yum shoqroq va mazaliroq bo‘ladi. Buni ko‘rgan neoantroplar toshlarni bir-biriga urib olov yoqib, go‘shtni pishirib yeya boshlaganlar. Shundayqilib, biz hozir yeydigan kabobni o’sha neoantroplar kashf etganlar desak xato bo‘lmas. O‘z-o‘zidan m a’lumki, pishgan go‘sht oshqozon va ichaklarga qattiq botmaydi va oson hazm b o ‘ladi. S huning u chun o d am lar pishgan go‘sht yeya boshlaganlaridan so‘ng oshqozon-ichak kasalliklari bilan kam roq og‘riganlar. O‘sha vaqtda neoantroplar sopol idish vasash usulini ham kashi etdilar. Bu ham kishilarga juda qo’laylik keltirdi, ular ovqat mahsulotlarini (go‘sht, o‘simliklar va h.k.) qaynatib yeyish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bu ham kishilarning sog’lig‘iga ijobiy ta ’sir ko‘rsatdi. Nihoyat neoantroplar shifobaxsh o ‘simliklarni sopol idishda qaynatib, ulardan qaynatm alar va dam lam alar tayyorlashni bilib oldilar. Insonning antropoid sifatida dunyoga kelib, toki hamma jihatdan inson qiyofasini olgan neoantropgacha rivojlanib o ‘tgan davrni antropologlar tosh davri deb ataydilar. Chunki 2 million 500 ming yilni o‘z ichiga olgan bu davrda insonlar uchun asosiy ish quroli tosh boigan. Tosh yordam ida esa m urakkabroq muolaja usulini amalga oshirish mumkin bo’lmagan. Shuning uchun tosh davri "tibbiyoti" ba’zi ijobiy natijalarga erishgan bo‘lsa ham u hali ancha past darajada rivojlangan edi. Download 44.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling