Tibbiyot tarixi


KASALLIKLARNING SABABLARI HAQIDAGI TUSHUNCHALAR


Download 44.24 Kb.
bet8/9
Sana06.10.2023
Hajmi44.24 Kb.
#1693702
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
“TIBBIYOT TARIXI” FANI, UNING SHAKLLANISHI VA BOSHQA TIBBIY BILIMLAR QATORIDA TUTGAN O\'RNI”

KASALLIKLARNING SABABLARI HAQIDAGI TUSHUNCHALAR
Ib tid o iy o d am lar kasallik lar va u larn in g sabablarini jam iyat taraq q iy o tin in g tu rli bosqichida tu rlich a tu sh u n g an lar. Jam iyat taraqqiyotining dastlabki bosqichida (m atriarxat davri) yashagan odam larning atrof tabiat va unda sodir bo‘lib turuvchi hodisalar haqidagi tusunchalari juda sodda bo'lgan, ular dunyo tashqi tom ondan qanday ko‘rinishga ega bo‘lsa uni shunday tushunganlar. Hodisalarning ichki mohiyatini bilmaganlar va u bilan qiziqmaganlar. Kasalliklar haqida ham shunday bo'lgan. Ular bemor nima sababdan kasal bo'lib qolgan, degan masalani o‘ylab o‘tirmay uni davolayverganlar. Masalan, bemoming boshi og'riyotgan bo‘lsa, u nima uchun og‘riyapti, deb o‘ylab o‘tirmay, unga og'riq qoldiruvchi dori berganlar, ichi ketayotgan bo‘lsa ichni to'xtatuvchi dori berganlar, xolos. U vaqtdagi tabiblarning kasallikning sababi haqida fikr yuritishga aql-idroklari yetmagan. O'sha vaqtdagi tabiblar kasallikni em as, uning b elgilarini davolaganlar, ya’ni davolash simptomatik harakterga ega bo‘lgan.
Kishilarda abstrakt fikrlash qobiliyati paydo bo‘lganidan so‘ng ular atrofdagi hodisalar bilan qiziqa boshlaganlar va har xil hodisalarning mohiyatlarini ham da sabablarini bilishga intilganlar. Shuningdek har xil kasalliklarning sababini anglashga ham harakat qilganlar. Lekin, tabiatda sodir bo'lib turuvchi vahimali hodisalar (momaqaldiroq, chaqmoq, yer qimirlashi, vulqon otilib chiqishi va h.k.) haqida fantastik fikrlar yuzaga kelgan. Ular bu hodisalarni paydo qiluvchi kuchlar bo‘lsa kerak, deb o'ylaganlar. Kasalliklar haqida ham shunday fikr yuritilgan.
Chunonchi, kasallik paydo qiluvchi qandaydir g‘ayritabiiy kuch bo‘lsa kerak, deb faraz qilganlar. Shunday tushunchalarning eng qadimiysi fetishizm, ya’ni atrof-tabiat va undagi mavjud narsalarni jonlantirib, oshirib tasvir etishdir. Bu tushunchaga binoan tabiat va undagi narsalarda g‘ayritabiiy kuchlar bor. Shular har xil hodisalarni, shu jum ladan kasalliklarni ham keltirib chiqaradi, deb o‘ylaganlar.
So‘ng animizm (anima — ruh so‘zidan) tushunchasi paydo bo‘ldi.
Bu tushunchaga binoan dunyo son-sanoqsiz ruhlar bilan to iib toshgan, shular har xil falokatlarni keltirib chiqaradilar, deb faraz qilingan.
Kasalliklarni ham shu ruhlar paydo qiladi, deb o'ylaganlar. Mazkur ruhlar qatoriga o ‘lib ketgan kishilarning ruhlarini ham kiritganlar. Shu ruhlar ham kasallik paydo qiladi, deb faraz qilganlar. Go‘yoki, kishi o'zining o‘lib ketgan ajdodining xotirasiga hurmatsizlik qilsa, o ‘sha o‘lgan kishining ruhi hurmatsizlik qilgan kishida kasal paydo qilib uni ja’zolar emish.
Ibtidoiy odamlar kishiga baxt va sog’liq keltiruvchi rahmdil ruhlar borligiga ham ishonganlar.
O‘sha zamon odamlarining faraz qilishlaricha kasallik paydo qiluvchi "johil" kuch odam tanasiga, ko'proq bosh miyaga kirib olib har xil kasallik holatlarini (isitma ko‘tarilishi. bosh og'rig'i, qaltirash va h.k.) keltirib chiqaradi. Bu kasallik holatlarini paydo qiluvchi kuchning o'zi nima, degan savolga turlicha javob berganlar. Ba’zilar, biz yuqorida koTsatib o'tganimizdek, o ‘tgan ajdodlarning ruhidir, desalar boshqalar ruhga aylangan ajdodlarning o‘zidir degan fikrda bo'lganlar. Uchinchilari kasallik paydo qiluvchi kuchlar o'rm onlar va qamishzorlarda yashaydigan "Johil kuchlar"dir, deb tushunganlar. Bulardan tashqari ontologik tushuncha ham mavjud. Bu tushunchaning tarafdorlari organizmda kasallikni ko'zga ko‘rinmas ilohiy kuchlar paydo qiladi, deb o‘ylaganlar.
Yana totem tushunchasi ham bo'lgan. Bu tushuncha totem (mening qabilam, urug'im) degan so'zdan kelib chiqqan. O'sha zamon kishilari har bir qabila m a ’lum hayvon (totem ) dan kelib chiqqan, deb hisoblaganlar. Shunga ko‘ra agar kishi o ‘z totemiga, ya’ni o'tmish ajdodiga nisbatan hurmatsizlik qilsa, o'sha totem hurmatsizlik qilgan kishiga kasallik yuborib uni ja’zolaydi, deb o'ylaganlar. Qadimgi turkiy qabilalar bizning to te m im iz bo'rid ir, ya’ni biz bo'rida n kelib chiqqanmiz, deb hisoblaganlar.
Kasalliklarni davolash usullari ham o'sha vaqtdagi kasallikning sababi haqidagi tushunchaga muvofiq olib borilgan. Davolash usuli asosan bemor a’zosiga kirib olgan "johil kuch"ni chiqarib vuborishdan iborat bo'lgan.
Avvalo har xil o'yinlar, raqsga tushishlar, xushomadgo'yliklar bilan bu "johil kuch"ning ko'nglini yumshatib, uni bemor tanasidan o'zi chiqib ketishiga erishmoqchi bo'lganlar. Agar bu chora bilan uni bemor tanasidan chiqib ketishiga erisha olinmasa, uni zo'rlik bilan chiqarganlar. Bu maqsad uchun qo'rqituv usullari qo'llanilgan. Masalan, bemor tanasiga o'rnashib olgan "johil kuch"ga qarshi "hujum qilish" usulidan foydalanganlar. Shu usul asosida shamanizm kelib chiqqan. "Johil kuch"ni haydash uchun shaman har xil shovqinli musiqiy asboblardan (childirma, nog'ora) foydalangan. Bundan tashqari shaman "Johil kuchni qamchi bilan urib haydash" usulini ham ishlatgan. O'zbekxalq tibbiyotida bu usul "ko'chiriq", deb atalgan. "Johil kuch" ko'proq miyaga joylashib oladi deb, u oson chiqib ketishi uchun, bemorning bosh suyagi teshib qo'yilgan. Bizning O'zbekiston hududimizda bunday teshib qo'yilgan (trepanatsiya qilingan)
bosh suyaklari ko'p topilgan.
Ibtidoiy jamoa davrining oxiri va Quldorlik davrining boshida din kelib chiqdi. Shundan keyin tabiatda sodir bo'luvchi har bir hodisa din bilan bog'landi. Bunday tushuncha tibbiyot sohasiga ham tarqaldi. Har qanday kasallik gunoh qilgan kishiga tangri tomonidan yuborilgan ja’zodir degan fikr paydo bo‘ldi. Gunohkor kasallikdan qutilish uchun tangriga sajda qilishi zarur, deb tushuntira boshladilar. Ibodatxonalar huzurida kichik-kichik shifoxonalar tashkil qildilar va ularda bem orlar ham da nog’ironlarni davoladilar. Shunday qilib "ibodatxona tibbiyoti" kelib chiqdi.
Ibodatxonalardagi davolash usuli asosan har xil duolar o‘qish va diniy marosim larni bajarishdan iborat edi. B a’zan shifobaxsh o ‘simliklardan ham foydalanardilar. Am m o, bu dorilarning ta ’sirini din nuqtai nazari asosida tushuntirilardi.
Tibbiyotning m ohiyati va kasalliklarning kelib chiqishi haqida amaliy tajribaga asoslangan fikrlar ham mavjud edi. Amaliy tibbiyot vakillari o ‘z kuzatishlariga asoslanib, kasallik kishi organizm iga tashqi zararli omillarning ta’siri natijasida kelib chiqadi, degan xulosaga keldilar. Bunda birinchi о ringa oziq-ovqatlarni qo‘ydilar. Xususan sifatsiz ovqat yeyish, och qolish, yoki aksincha keragidan ortiqcha ovqat iste’mol qilish m e’da-ichaklarda kasallik paydo qiladi, degan xulosa chiqardilar. So‘ng iqlim, havo harorati va boshqa tabiiy omillarga ahamiyat berdilar. Ibtidoiy jam oa davrida yashagan odam larning kasalliklar va ularning sabablari haqidagi tushunchalari shulardan iborat edi.


Download 44.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling