Tibbiyot va farmatsevtika tovarlarning sifat nazorati va standartlashtirish reja


Standartlash maqsadlari, vazifalari


Download 54.54 Kb.
bet5/20
Sana02.01.2022
Hajmi54.54 Kb.
#199271
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Tibbiyot va farmatsevtika tovarlarning sifat nazorati va standar-fayllar.org

4.3.Standartlash maqsadlari, vazifalari.  
Sifatni  ta‟minlash  –  alohida  yoki  birgalikda  mahsulot  sifatiga  ta‘sir  
etadigan  barcha  omillarni  o‘z  ichiga  oluvchi  keng  qamrovli  tushuncha. 
Ikkinchidan, bu – dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika sifatli bo‘lishi 
uchun bajariladigan tadbirlar majmui.  
Standartlash    jarayonida  tibbiy  tovarlarning  yuksak  sifatini  ta‘minlash 
katta  ahamiyat  kasb  etadi.  Standartlash  bo‘yicha  Xalqaro  tashkilot  kengashi 
tomonidan  qabul  qilingan  ta‘rifga  ko‘ra,  standartlash  –  foydalanish  shartlari  va  
xavfsizlik talablariga rioya qilishda, umumiy oqilona tejamkorlikka erishish uchun 
manfaatdor tomonlarning foydasi va ishtirokida muayyan soha bo‘yicha faoliyatni 
tartibga solish maqsadida qoidalar belgilanishi va qo‘llanishidir.  
Standart  -  standartlash,  ya‘ni  standartlash  asosiy  tamoyillari  va 
standartlash    bo‘yicha  ishlarni  tashkil  qilish,  maqsadlari  hamda  vazifalarni, 
me‘yoriy  hujjatlar,  standartlar  turlarini,  xalqaro  hamkorlik  bo‘yicha 
standartlashning  asosiy  qoidalar,  talablar  va  texnik  shartlarning  qo‘llanishini, 
o‘lchov vositalari ustidan davlat nazorati ishlarini aniqlaydi . 
Standartlar  tayyor  mahsulot  sifatiga  talablarni,  sifat  ko‘rsatkichlari,  ularni 
nazorat  qilish  va  sinash  usullari  hamda  vositalarini,  buyumlarning  vazifasi  va 
ulardan  foydalanish  shartlariga  bog‘liq  holda  ishonchlilik  hamda  chidamlilikning 
zarur darajasini belgilaydi.  
Standart, bu – manfaatdor tomonlarning aksariyat ko‘pchiligining roziligi 
asosida ishlab chiqilgan va muayyan sohada tartibga solishning mo‘tadil darajasiga 
erishiga  qaratilgan  faoliyatning  har  xil  turlariga  tegishli  qoidalar,  umumiy 
tamoyillar, tavsiflar, talablar hamda usullardan umumiy va ko‘p marta foydalanish 
maqsadida  belgilanadigan,  tan  olingan  idora  tomonidan  tasdiqlangan  me‟yoriy 

Download 54.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling