Tibbiyot va farmatsevtika tovarlarning sifat nazorati va standartlashtirish reja
Download 31.16 Kb.
|
Tibbiyot va farmatsevtika tovarlarning sifat nazorati va standarедфк
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korxona standarti
- Texnik shartlar (O‟z TSH)
Tarmoq standartlari ushbu sohaning barcha korxonalari, shuningdek
soha mahsulotlaridan foydalanuvchi korxonalar va boshqa tarmoqlarga mansub tashkilotlar uchun majburiydir. Masalan, tibbiyot texnikasi tarmog‘i tibbiy-texnik vositalarini ishlab chiqaruvchi barcha korxonalarni qamrab oladi. Korxona standarti- korxona tomonidan tayyorlanadi va qabulqilinadi. Tovarlarni ishlab chiqarish jarayonini o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiradigan hujjat bo‘lib, o‘z ichida sifatiga qo‘yiladigan talablarni mujassam ettiradi(ГOСT va tarmoq standartlari talablaridan past bo‘lmasligi kerak). Tayyor tibbiy tovarlar sifatini nazorat qilish amalga oshiriladigan asosiy me‘yoriy hujjat, bu – Texnik shartlar (O‟z TSH). Tibbiy buyumlarga nisbatan TSH da quyidagilar belgilanadi: a) buyumning vazifasi; b) toifalash; v)asosiy o‘lchov-hajmlari; g) texnik talablar; d) butlanganlik; e) qabul qilish qoidalari va sinov usullari; j) rusumlash, qadoqlash va saqlash. Tibbiyot asboblariga nisbatan texnik shartlarda avvalo tayyorlanishi lozim bo‘lgan ashyo, mazkur ashyoning GOSTga taalluqli rusumi, termik ishlov berilganidan keyingi mustahkamligi, ishlov berish ko‘rsatkichlari ko‘rsatiladi. Asbobning funktsional vazifasi bilan aniqlanadigan talablar va TSHlarning har bir talabini tekshirishda qo‘llaniladigan tekshirish va sinov usullari bayon etiladi. Masalan, pichoqlar va skalpellar o‘tkir bo‘lishi lozim, ularga mazkur o‘tkirlikning teshirish muayyan usullari keltiriladi. ―Buyumlarning butlanganligi‖ bo‘limida buyumlar to‘plamiga kiradigan buyumlar ro‘yxati: g‘ilof, ehtiyot qismlar, butlash, ajratish va tozalash uchun asboblar, shuningdek texnik hujjatlar (yorliq, pasport yoki formulyar) beriladi. ―Qabul qilish qoidalari va sinov usullari‖ bo‘limida qabul qilish va sinov usullari, shuningdek taqdim etilgan asbob-uskunalarning tekshiriladigan foizi, yaroqsizlik shartlari ko‘rsatiladi. 63 ―Rusumlash, qadoqlash va saqlash‖ bo‘limida qutilarga buyumlarni qadoqlanishi, qutiga yorliq yopishtirilish haqida ko‘rsatmalar beriladi. Odatda, qutida tayyorovchi korxona nomi, buyum turi, TSH raqami, donalar miqdori, ishlab chiqarilgan yili ko‘rsatiladi. Mazkur bo‘limda qadoqlash talablari va saqlash shartlari ham bayon etiladi. Tarmoq standartlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi, dori vositalar xamda tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani ishlab chiqaruvchilar uchun majburiydir. Dori vositalar xamda o‘simlik xom ashyosi uchun kuyidagi me‘yoriy hujjatlar ishlatiladi: umumiy farmakopeya maqolalari(UFM), farmakopeya maqolalari(FM), vaqtinchalik farmakopeya maqolalari(VFM), korxona varmakopeya maqolalari (KFM). UFM- dori vosita sifati uchun davlat standarti, dori shakli uchun aniq sinov usullari va me‘yoriy ko‘rsatkichlarni, fizik kimyoviy, biologik, mikrobiologik tahlil usullarini o‘z ichiga oladi. FM- dori vositasi uchun davlat standarti bo‘lib davlat farmakopeyasiga kiritiladi. FM tibbiyot amaliyotida keng ishlatiladigan va yuqori sifat ko‘rsatkichlarga ega DVga tasdiqlanadi. Download 31.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling