Tibbiyot va farmatsevtika tovarlarning sifat nazorati va standartlashtirish reja
Ekspluatatsiya (foydalanish) hujjatlari
Download 31.16 Kb.
|
Tibbiyot va farmatsevtika tovarlarning sifat nazorati va standarедфк
Ekspluatatsiya (foydalanish) hujjatlari
Me‘yoriy hujjatlardan tashqari, xar bir tibbiy asbob-uskuna ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan foydalanish hujjatlari bilan butlanadi. Dori vositalariga ulardan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomalar, qadoqlarning yorliqlarida esa nomi, qabul qilish tartibi, yaroqlilik muddati, ishlab chiqarilgan sana, turkumi va hokazolar ko‘rsatiladi. 68 Asboblar yoki buyumlar bilan birga qutiga solinadigan yoki qutining qopqog‘iga elimlanadigan yorliq bilan ta‘minlanadi. Yorliqda buyumning nomi, uning belgisi yoki indeksi, texnik ma‘lumotlar, standart raqami yoki TSH, buyumni qabul qilish, bitta qadoqdagi mahsulot to‘g‘risidagi ma‘lumotlar, ishlab chiqarilgan sanasi ko‘rsatiladi. Murakkab mahsulotlarga pasport yoki formulyar –varaqa ilova qilinadi. Pasport – mahsulotning asosiy ustuvorliklari va tavsiflarini o‘zida jamlagan hujjatdir. Mazkur hujjatda mahsulot, uning texnik ma‘lumotlari, etkazib berish to‘plami, qabul qilish shahodatnomasi, korxonaning kafolat majburiyati va saqlash haqida qadoqlashga doir umumiy ma‘lumotlar kursatiladi. Yangi mahsulotlarga ular uchun zarur bo‘lgan ishlatilganligi va ishonchliligi haqidagi varaqa – formulyar ilova qilinadi. Unga asbobning ishlatilganligini hisobga olish daftari va texnik xizmat ko‘rsatishi to‘g‘risidagi varaqchalar va ma‘lumotlar kiritiladi. Zarur hollarda mahsulot bilan birga texnik ta‘rifnoma va foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma etkazib beriladi. Ko‘pincha ushbu hujjatlar bitta to‘plamga birlashtiriladi. Murakkab mahsulotlar uchun foydalanish hujjatlari tarkibiga texnik xizmat ko‟rsatish va joriy ta‘mir uchun zarur bo‘lgan texnik xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi yo‘riqnoma kiritiladi. Nazorat savollari: 1. Standartlash sohasida qanday hujjatlar qo‘llaniladi ? 2. Standartlar turlariga izox bering va misol keltiring. 3. Texnik shartlarning mazmunini farmakopeya maqolasining mazmuni bilan solishtiring. 4. Korxona standartining maqsadi nimada? 5. Standartlash sohasida me‘yoriy hujjatlarning toifalari qanday? Misol keltiring. 6. Tarmoq standartlari shartlari qanday? 7. Milliy, Xalqaro, Evropa Farmakopeyalar haqida nimalarni bilasiz? 8. Qayd etish jarayonini tugatish natijasida qanday hujjat beriladi? 9. Guvoxnoma kim nomiga beriladi? 10. Muvofiqlik sertifikati qaysi muddatga beriladi va kim tomonidan rasmiylashtiriladi? 11. Qayd etilgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari Davlat Reestridan foydalanib guvohnomaga misol keltiring. Download 31.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling