Tibbiyotda yangi axborot texnologiyalar. Yangi axborot kommunikativ texnologiyalar


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana19.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1618176
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
11-Lecture

— 
bo‘sh satr qo‘yish; 
— 
satr yo‘qotish; 
— 
kichik matnlarni kiritish va tuzatish. 
3.Fan va ta’limda internetning ahamiyati va ro’li. 
Internet (Interconnected Computer Networks, International Network — 
Xalqaro kompyuter tarmog’i, o’zaro bog’angan kompyuter tarmoqlari degan 
ma’noni anglatadi) — bu ko‘plab global, hududiy va lokal tarmoqlarni 
birlashtiruvchi butun jahon global kompyuter tarmog‘idir. Boshqacha aytganda
Internet butun yer sharini o‘rab olgan tarmoqlaming tarmog‘idir. Internet tarmog‘i 
oxirgi foydalanuvchiga — kompyuter mutaxassisiga ham, oddiy fuqaroga ham 
mo'ljallangan. Tarmoqda har birimizning kasbiy faoliyatimiz uchun kerak bo'lgani 
kabi, me’yordagi shinam hayot uchun talab etiladigan hamma narsa bor. Jurnalist 
Internetda eng yangi yangiliklarni topadi, ilmiy xodim — uni qiziqtirgan muammo 
bo'yicha oxirgi tadqiqotlarmateriallarini, tijoratchi esa dunyoning istalgan 
biijasidagi valyuta kotirovkasini (bahosini) bilib oladi. Avia bilet yoki Yevropa yoki 
Amerikadagi ixtiyoriy shaharning mehmonxonasidan xona buyurtmoqchimisiz — 
bu 
mumkin; 
biror 
tibbiy-diagnostik 
muammo 
bo'lganda 
konsilium 
o'tkazmoqchimisiz; o'zingizning tanishlaringizga sovg'alarni tanlash, sotib olish va 
topshirishni xohlaysizmi — marhamat; biror-bir shu kungi muhim muammolami 
muhokama qilishda ishtirok etish xohishingiz bormi — aytilganidek, muammolar 
yo‘q. 
Internet — dunyo o'qitish tizimini mukammallashtirishda yangi imkoniyatlar 
ochdi. Bu ta’lim muassasalarining texnik jihozlanishida, ularning dunyoviy axborot 
resurslaridan foydalana olish imkoniyatlarida o'quvchilarning faol bilim olishga 


asoslangan o'qitishning yangi shakl va usullaridan foydalanishda, hamkorlikda 
o'qitishda o'z aksini topmoqda. 
O'z navbatida infosfera nomi bilan atalmish yangi umumjahon axborot 
kommunikatsion muhit, ta’lim, muloqot va ishlab chiqarish shakllana boshladi. 
Ma’lumki, informatsion jamiyatning tashkiliy-texnologik asosini "internet" yadrosi 
bo'lgan umumjahon axborot tarmog'gi tashkil etadi. Bu jarayonlar axborot 
oqimining to'xtovsiz almashinuvi, iqtisod sohasidagi doimiy o'zgarishlar va 
aholining turg'unmasligi natijasida hosil bo'ladi. Internet tarmog'i to'g'risida umumiy 
ma’lumotlar keltiradigan bo'lsak; Internet tarmog'ini tashkil etish uchun asos AQSh 
mudofaa vazirligining kompyuter tarmog'i ARPAnet (ARPA — Advanced Research 
Projects Agency) bo'lgan edi. U 70-yillarning boshlarida ilmiy tashkilotlar, harbiy 
muassasalar va mudofaa sanoati korxonalari kompyuterlarining aloqasi uchun 
yaratilgan edi. Tarmoq Pentagonning ishtirokida tashqi ta’sirlarga mustahkam yopiq 
infratuzilma kabi qurilgan, u yadroviy hujum sharoitlarida omon qolishga qodir
ya’ni uning ishonchliligiga katta e’tibor berilgan edi. Vaqt o'tishi bilan tarmoq 
strategik ahamiyatini yo'qotdi, xususiy shaxslar va nodavlat kompyuter tarmoqlari 
uning asosiy mijozlari bo'ldi. Internet alohida lokal, hududiy va global tarmoqlarni 
umumiy axborot kengligiga birlashtiradi, unga ulangan tarmoqlar tarkibiga kirgan 
barcha kompyuterlar o'rtasida axborot almashinishni ta’minlaydi. Bunda kompyuter 
tipi va unda ishlatilayotgan operatsion tizim turi ahamiyatga ega emas. Hozirgi 
vaqtda Internet — global qit’alararo tarmoqdir; u o'nlab million kompyuterlarni va 
lokal tarmoqlarni birlashtiradi. Tarmoq umumiy boshqarish markaziga ega emas va 
kimningdir mulki ham emas Intemetning boshqa kompyuter tarmoqlaridan muhim 
farqi ana shundadir. Asoslangan ma’lumotlar bo‘yicha 2000-yilda uning 
foydalanuvchilari soni 200 mln odamdan ortib ketgan. 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling