Daromad bilan bir qatorda banklarning yetarli xarajatlari mavjud:
• foizlar bo‘yicha xarajatlar: talab qilib olingungacha bo‘lgan depozitlar
hisobvaraqlari, muddatli omonatlar, Markaziy bank va boshqa tijorat
banklariga to‘lovlar, to‘lanadigan kreditlar bo‘yicha;
• foizsiz xarajatlar: komission xarajatlar va xizmatlar uchun xarajatlar
(masalan, bank reklamasi yoki tadbirlarni o‘tkazish), xorijiy valyuta
kursining salbiy o‘zgarishlaridan yo‘qotishlar, investitsiyalar va
boshqalar;
• operatsion xarajatlar: ish haqi xarajatlari, bank binolarini ijarasi va
boshqa xarajatlari, xizmat safarlari, amortizatsiya, sug‘urta, soliqlar va
boshqalar;
• birlashmalarga a'zolik badallari uchun to‘lovlar va fuqarolar omonatini
kafolatlash fondiga mablag‘lar to‘lovlari.
Kredit:
Kredit,
boʻsh turgan pul mablagʻlarini
ssuda fondi shaklida
toʻplash va ularni
pulga muhtoj
boʻlib turgan yuridik
va jismoniy shaxslarga ishlab
chiqarish va boshqa ehtiyojlari uchun
maʼlum muddatga, foiz toʻlovlari bilan
qaytarish shartida qarzga berish
munosabatlarini ifodalaydi.
KREDIT TURLARI
Iste’mol kredit.
Tijorat krediti
Ipoteka kredit
Davlat krediti
Bank krediti
Kredit shartnomasi bo‘yicha bir tomon – bank yoki boshqa kredit tashkiloti
(qarz beruvchi) shartnomada nazarda tutilgan miqdor va shartlar bo‘yicha
boshqa tomonga (qarz oluvchiga) mablag‘ (kredit) berishni va qarz oluvchi
olingan pul miqdorini qaytarish va unga foizlar to‘lash majburiyatini oladi.
Jamiyatda tovar – pul munosabatlarining rivojlanishi va mehnat
taqsimotining taboro takomillashuvi kreditning tovar shakli zamirida uning
pul shaklini vujudga kelishiga zamin bo’ldi.
Kreditning pul shaklini vujudga kelishi, uning kreditor va qarzdorga qulaylk
jihatlari xususida batafsil to’xtalishga, firkimizcha, ehtiyoj mavjud emas.
Chunki, kreditor jamiyatdagi vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larini tegishli
shartlar asosida o’ziga jalb etib, ushbu mablag’larga ehtiyoji bo’lgan yuridik
va jismoniy shaxslarga qaytarishlik, to’lovlilik, muddatlilik va ta’minlangan
lik asosida beradi. O’z o’rnida qarzdor ham ushbu kredit summasini
belgilangan muddatlarda tegishli to’lovlar asosida kreditorga pul ko’rinishida
qaytaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |