Tijorat banklari faoliyati samaradorligi va bank foydasi


Tijorat banki aktivlaridan samarali foydalanish va bank xarajatlari


Download 0.62 Mb.
bet5/9
Sana07.03.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1245118
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Quvonchbek Abdullayev kus ishi

3. Tijorat banki aktivlaridan samarali foydalanish va bank xarajatlari.
Banklar mavjud aktivlaridan samarali foydalanishlari lozim. Bank aktivlari turli-tuman bo‘lib, ular har xil faoliyatda ishtirok etadilar. Lekin barcha aktivlarning foydalanishini umumiy ko‘rsatkichlar bilan ifodalash mumkin. Tahlildan barcha aktivlarning foydalanishidan tashqari, banklar faoliyatida bir xil foydalanishda bo‘lgan aktivlar guruhini alohida o‘rganish lozim. Masalan, asosiy vositalardan, kreditga berilgan mablag‘lardan, qimmatli qog‘ozlarga qo‘- yilgan mablag‘lardan qanday foydalanilmoqda. Bank barcha aktivlarining samarali foydalanishini ifodalovchi umumiy ko‘rsatkichlarga: aktivlarning natijaviyligi (An), aktivlarning daromadliligi (Ad), aktivlarning tejamkorligi (At) va aktivlarning foydaliligi (Af) ko‘rsatkichlarini kiritish mumkin. Bank aktivlarining natijaviyligi (An), deganda bank fa-oliyatining asosiysi bo‘lgan kredit aylanmasini aktivlarining o‘rtacha summasiga nisbati tushuniladi. Bu ko‘rsatkich bank mavjud aktivlaridan foydalanib, hisobot davrida (oy, kvartal, yil) ularning har bir so‘miga necha so‘mlik kredit aylanmasiga erishdi, degan savolga javob beradi.
An = (kredit aylanmasi) / (aktivlar o’rtacha summasi)
Bank kredit aylanmasi, deganda tahlil qilinayotgan davrda (chorak, 6 oy, 9 oy, bir yil va hokazo) mijozlarga kredit berib, qaytarib olingan summa tushuniladi. Masalan, bank hisobot yilida 126,0 mlrd so‘m kredit berib, qaytarib olgan, aktivlarining o‘rtacha summasi esa 41,0 mlrd so‘m. Bank barcha aktivlarining natijaviyligi
An = (126,0/41,0) = 3,07 bo’lgan
Bank aktivlarining daromadliligi bank kredit va boshqa operatsiyalaridan olingan barcha daromad summalarini, ya’ni hisobot davrida olingan barcha daromad summalarini aktivlarining o‘rtacha summasiga bo‘lib topiladi.
Ad= (barcha daromadlar summasi) / (aktivlar o’rtacha summasi)
Bank aktivlari tejamkorligi (At), deganda bank mavjud aktivlardan foydalanish uchun ularning har bir so‘miga qan cha xarajat qilayapti, degan savolga javob beradi. Bu ko‘rsatkich At bankning tahlil qilinayotgan davridagi xarajatlar summasini aktivlar o‘rtacha summasiga bo‘lib topiladi.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling