Tijorat banklari kapitaliga qo’yilgan talablar
Bank kapitalini yetarliligiga qo‘yilgan talablar
Download 1.01 Mb.
|
bank ishi fanodan mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bank kapitali tarkibining (Bazel III talablariga ko’ra) yangi ko’rinishi (tavakkalchilikka tortilgan aktivlarga nisbatan foizda)
Bank kapitalini yetarliligiga qo‘yilgan talablar.
Bank I darajali kapitalining eng kam miqdori bank ustav kapitalidan kam bo‘lmasligi lozim. Bunda bank I darajali kapitalining miqdorini aniqlash uchun bank ustav kapitali eng kam miqdorining milliy valyutadagi ekvivalenti valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan hisobot oyining oxirgi kuniga belgilangan valyutalar kursi bo‘yicha aniqlanadi. Markaziy bank faoliyatida xavfsiz va ishonchli bo‘lmagan bank faoliyatini yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan qoniqarsiz moliyaviy holat, foydalilik prognozi, yuqori darajadagi moliyalash tavakkalchiligi va balansdan tashqari moddalar, shuningdek boshqa omillar mavjudligi aniqlangan tijorat banklariga nisbatan regulyativ kapital miqdorini oshirish to‘g‘risida talablar qo‘yishga haqli. Har bir bankning regulyativ kapitali uning etarliligini aniqlash maqsadida mazkur Nizom talablariga muvofiq hisoblab chiqishi kerak. Kapital yetarliligini aniqlash bo’yicha ishlab chiqilgan mazkur uslub kapital summasi bilan bank aktiv operatsiyalarining riskliligi o’rtasida o’rnatilgan bog’liqlikka asoslanadi. Ushbu bog’liqlik o’z kapitalini riskka tortilgan aktivlarning jami miqdoriga yoki potentsial kreditlar, investitsiyalar hamda boshqa qo’yilmalar bo’yicha yuqotishlarning jami miqdori nisbati bilan aniqlanadi. Ushbu standartda kapital sifat jihatidan ikkita yirik qismga ajratilgan va ularning har biriga nisbatan yetarlilik darajasi aniqlangan. Bazel standarti bo’yicha tijorat banklari kapitalining yetarliligi aniqlanayotganda ularning aktivlari risk darajasiga ko’ra o’zaro farqlanadi. Shuningdek, ushbu standart tijorat banklarining balansdan tashkari aktivlarining risk darajasini xam xisobga olgan xolda kapital yetarliligini ta’minlashni nazarda tutadi. Bank kapitali tarkibining (Bazel III talablariga ko’ra) yangi ko’rinishi (tavakkalchilikka tortilgan aktivlarga nisbatan foizda) Tijorat banklarida risk boshqaruvini takomillashtirish lozim. Xalqaro amaliyotda bank menejmentining markaziy bo’g’ini risk boshqaruvi ekanligi allaqachon isbotlangan. Bazel I, Bazel II va Bazel III standartlarining asl mohiyati ham risk va kapital o’rtasidagi bog’liqlikda namoyon bo’ladi. Bazel III kelishuvining bosh maqsadi – bank ishida risk boshqaruvi sifatini oshirish hisoblanadi. Bazel III bilan banklar likvidligiga ham ikkita yangi talab kiritilmoqda. Birinchisi — bu 30 kungacha bo’lgan joriy majburiyatlarning likvid aktivlar bilan 100 foiz qoplanishini nazarda tutuvchi talab. Ushbu normativni hisoblashda inobatga olinadigan aktivlar sifatiga bo’lgan talablar kuchaytiriladi. Jumladan, likvid aktivlar sifatida baholanadigan qimmatli qog’ozlar reytingiga yanada yuqori talablar belgilanadi. Ikkinchi normativ — uzok muddatli likvidlik normatividir. Bankning normal faoliyati doirasida uning bir yilgacha bo’lgan aktivlari barqaror passivlar bilan 100 foizga ta’minlangan bo’lishi shart. Banklarning kapitallashuv jarayonini mustahkamlashda hukumatning (davlatning) qimmatli qog’ozlaridan foydalanish lozim. Ya’ni, hukumat qimmatli qog’ozlarini bankning imtiyozli aktsiyalariga almashtirish yo’li bilan bank tizimi qo’llab-quvvatlash uchun barqaror muhit yaratish imkoni tug’iladi. Bu jarayonni ko’plab rivojlangan davlatlarning inqirozga qarshi kurash tadbirlari doirasida guvohi bo’ldik. Bu tadbirlar banklar kapitallashuv darajasini oshirishga xizmat qiladi. Ma’lumki, inqiroz sharoitida banklar kreditlash faolligini saqlab qolishlari uchun esa qo’shimcha resurslar kerak bo’ladi. Yukoridagi Bazel III talablarini o’z vaqtida va to’liq bajarish uchun avvalambor banklarning barqaror kapital bazasini oshirib borish talab etiladi. Ushbu maqsadga erishishda banklarning kapitallashuv darajasini oshirish, buning uchun esa bank faoliyatining samaradorligini ta’minlash muhim axamiyat kasb etadi. Turli iqtisodiy inqiroz holatlariga bardosh bera olish imkoniyatlarini oshirish uchun bank kapitalida qo’shimcha maxsus zaxira fondini shakllantirilishi ko’zda tutilgan. E’tiboringiz uchun raxmat Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling