Tijorat banklari to'g'risida tushunchaga ega bo'lish va bank to'g'risidagi qonunlar bilan tanishish
Download 103.4 Kb.
|
tijorat banklari to\'g\'risida tushunchaga ega bo\'lish va bank to\'g\'risidagi qonunlar bilan tanishish
Mijozlarga xizmat ko’rsatish:
Mijozlarga bankning barcha xizmatlar majmuasi faqat Front-ofis bo’limida ko’rsatilganligi bois, mazkur bo’lim bank xizmatlarining barcha turlarini yaxshi biladigan malakali mutaxassislardan tashkil etilishi shart. Bunda, shart-sharoitlar va bank tomonidan mijozlarga ko’rsatilayotgan xizmatlar ro’yxati e’lon qilinishi hamda mazkur xizmatlardan bankning mavjud va bo’lg’usi mijozlari xabardor qilinishi shart. Xizmat ko’rsatish jarayonida nostandart - ko’zda tutilmagan holatlar kelib chiqishi ehtimoli mavjudligini inobatga olgan holda, aniq xizmatlar turi (misol uchun, eksport yoki import shartnomalarini ro’yxatga olish va hisobi) bo’yicha paydo bo’lgan savollarni joyida hal qiluvchi va tegishli operatsiyalarni butunlay nazorat qilish salohiyatiga ega bo’lgan yuqori malakali mutaxassislar bilan jamlangan bo’lishi kerak. SHundan kelib chiqqan holda, operatsiyalarni amalga oshirishda mas’ul ijrochi bilishi lozim bo’lgan qonunchilik doirasi qanchalik kichik bo’lsa, uning ishi tez va sifatli bo’ladi. SHuning uchun, Front-ofis mas’ul ijrochilari o’rtasida mijozlarni taqsimlashda, bir mas’ul ijrochida bir toifali mijozlar bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Bunda, mijozning mavjud barcha hisobvaraqlariga bir mas’ul ijrochi tomonidan xizmat ko’rsatilishi shart. Front-ofis xodimlarini mijozlarning jismoniy va yuridik shaxslar toifasi bo’yicha guruhlash lozim. Qonunchilik bazasi turli (yoki bir) xilligiga bog’liq holda, yuqorida qayd etib o’tilgan mijozlarni yanada kichik bo’lgan quyidagi turlarga bo’lish mumkin: faqat milliy valyutada operatsiyalarni amalga oshiradigan mijozlar; milliy va chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshiradigan mijozlar. Turli qonunchilik ta’sir doirasida bo’lgan mijozlarning quyidagi toifalari bo’yicha guruhlarga bo’lish tavsiya etiladi: Korxona va tashkilotlar: o’z faoliyatini mamlakat doirasida va xorijda amalga oshiradigan har qanday tashkilotlar, shuningdek, chet el vakolatxonalari, yoki milliy va chet el valyutasida hisobvaraqlari mavjud bo’lgan har qanday tashkilotlar; o’z faoliyatini faqatgina mamlakat doirasida amalga oshiruvchi yirik (korporativ) mijozlar; kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlari hamda boshqa tashkilotlar, shuningdek, yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar. Jismoniy shaxslar: milliy va chet el valyutasida hisobvaraqlari mavjud bo’lgan jismoniy shaxslar; faqat milliy valyutada hisobvaraqlari mavjud bo’lgan jismoniy shaxslar. Bankning Front-ofis bo’limidagi har bir guruh mutaxassisi mijozlarga ko’rsatiladigan to’liq standart xizmatlar ro’yxatini ularga taqdim etadi. Xodimlar guruhi tomonidan mijozlarga ko’p operatsiyalar turi bo’yicha xizmat ko’rsatilsa, mazkur guruhga kamroq mijoz taqsimlanishi lozim. CHunki, ko’p turli operatsiyalar bajaruvchi mijozning bitta tashrifi bo’yicha unga xizmat ko’rsatish bank xodimining ko’p vaqtini egallaydi. Download 103.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling