Tijorat banklari va ularning tashkiliy tuzilishi toshkent moliya instituti


Download 1.22 Mb.
Sana19.05.2020
Hajmi1.22 Mb.
#107710
Bog'liq
TIJORAT BANKLARI

TIJORAT BANKLARI VA ULARNING TASHKILIY TUZILISHI

Toshkent moliya instituti


KM 70-2 guruh talabasi Shukurov Z

Reja:

  • 1. Tijorat banklari tushunchasi, tarkibiy tuzilishi
  • 2. Tijorat banklari tamoyillari va asosiy vazifalari

Tijorat banklari tushunchasi va ularning turlari

O’zbekiston Respublikasi qonunlariga ko’ra,


BANK

– bu tijorat muassasi bo’lib, jismoniy va yuridik shaxslardan bo’sh turgan pul mablag’larini jalb qilish va uni o’z nomidan, to’lovlilik, muddatlilik, qaytarib berishlik shartlari asosida qarz berishlik shartlari asosida qarz berish va boshqa operatsiyalarni bajaradi.

Tijorat banklari O’zbekiston Respublikasi bank tizimining ikkinchi pog’onasi bo’lib, kredit resurslarining ancha qismi shu banklarda yig’iladi va ular yuridik va jismoniy shaxslarga bank xizmatini ko’rsatadilar. Tijorat banklari faoliyatining huquqiy asosiy bo’lib, 1996-yilda qabul qilingan “banklar va banklar faoliyati to’g’risida”gi qonun, Prezident farmonlari va boshqa qonunlar hisoblanadi. Hozirgi kunda O’zbekistonda 30dan ortiq tijorat banklari faoliyat ko’rsatmoqda.




Tijorat bankining tashkiliy tuzilishini Respublika aksiyadorlik tijorat banki misolida yuqoridagi chizmada ko’rish mumkin.

Tijorat banklarining aksar qismi mulk shakli bo’yicha aksioner bank hisoblanadi. Tijorat bankining oliy organi aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi hisoblanadi. Bu yig’ilishlarda aksiyadorlarning vakillari va aksiyador korxonalarning rahbarlari ishtirok etadilar.

Bank boshqaruvini direktorlar kengashi amalga oshiradi. Unga qo’shimcha tarzda bank boshqaruvini kuzatish va nazorat qilish mas’uliyati ham yuklatilgan. Direktorlar kengashi a’zolarining tarkibi va saylanish muddati tijorat bankning nizomi bilan belgilanadi.

Aksiyadorlik tijorat banki filialining tarkibiy tuzilishi

Tijorat banklarini tashkil qilish 11 fevral 1999 yilda qabul qilingan “Banklarni ro’yhatga olish va ularga litsenziya berish tartibi to’g’risida”gi Nizom asosida olib boriladi.


Bank tashkil etish jarayoni bir necha bosqichlarga bo’linadi:
    • Bu davrda bank muassislari o’rtasida bank tashkil etishga kelishiladi, tashabbus guruhi tuziladi. Har bir muassisning ustav kapitaliga qo’shgan ulush miqdori belgilab olinadi.

Tayyorgarlik bosqichi
    • O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankiga bank ochish haqidagi ariza bilan chiqiladi. Kerakli hujjatlar ilova qilinadi. Mbning banklarni litsenziyalash departamenti ma’qullaganidan keyin hujjat loyihalari tasdiqlanadi.

Davlat ro’yxatidan o’tkazish bosqichi

Tijorat banklari tamoyillari va asosiy vazifalari



Tijorat banklarining mohiyati va ularning faoliyat ko’rsatish asoslari ular faoliyatini tashkil qilishning asosiy tamoyillarida o’z aksini topadi.

Tijorat banklari faoliyatining asosiy tamoyillari quyidagilardir

  • Tijorat banklarining kredit resurslarini yaratishda chetdan jalb qilingan resurslarga tayanib ishlash tamoyili;
  • Tijorat banklarining haqiqatda mavjud mablag’lar chegarasida xizmat ko’rsatish;
  • Banklar faoliyatining to’la mustaqilligi;
  • Banklar faoliyatining tijorat tavsifi;
  • Mijozlar manfaatini himoya qilish;
  • Banklarning daromadligi va ular faoliyatining universallashuvi.

Investitsion muhit va uni baholash mezonlari

Investitsion muhit – investitsiya munosabatlarini amalga oshirish mumkin bo’lgan imkoniyatlar va qulayliklar majmuini aks ettiruvchi voqe’likdir. Aniqrog’i, investitsion muhit – bu mamlakatdagi investitsiya jarayonlariga ta’sir ko’rsatuvchi iqtisodiy, siyosiy, tashkiliy, huquqiy, ijtimoiy va boshqa shart-sharoitlar majmuasi. Investitsion muhitning muhim tarkibiy qismi davlatning qonunchilik bazasidir.

O’zbekistonda davlat mustaqilligi qaror topgan nisbatan qisqa vaqt oralig’ida investitsiya sohasida ishonchli me’yoriy-huquqiy baza yaratildi.

Investitsiyalash borasidagi qo’shma loyihalar va qo’shma korxonalarni tashkil etishdagi risklarni hisobga olishda ko’pchilik xorijiy investorlar BERI indeksidan foydalanadilar.

O’zbekistonda investitsion muhitning yaratilish shart-sharoitlari

Xalqaro investitsiya huquqining asosiy qoidalarini o’zida mujassam etgan O’zbekiston Respublikasi investitsiya qonunchiligi MDH mamlakatlari qonunchiligi tizimida eng ilg’orlardan hisoblanadi. O’zbekistonda “Chet el investitsiyalari to’g’risida”gi dastlabki qonun 1991-yil iyunidayoq qabul qilindi.

Qulay investitsion muhit qabul qilingan bir qator qonun hujjatlariga asoslanadi. Xususan, O’zbekiston Respublikasining “Chet el investitsiyalari to’g’risida”, “Investitsiya faoliyati to’g’risida”, “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida”gi qonunlari, “Chet el investitsiyalari bilan bog’liq korxonalarga qo’shimcha rag’bat va afzalliklar berish to’g’risida”gi, “Chet el investitsiyalari bilan bog’liq korxonalar ishlab chiqargan mahsulotlar eksportini qo’shimcha rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Prezident farmonlari va boshqa qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar xorijiy investitsiyalarni jalb qilish sohasini huquqiy tartibga solish asosi bo’lib xizmat qilmoqda.

O’zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar (sohalar bo’yicha)


Xorjiy investitsiyalarni jalb qilish

shakllari
  • Birgalikda ulush qo’shish orqali qo’shma korxonalarni tashkil etish. Erkin savdo hududlari
  • Tenderlar e’lon qilish. Sanoat ishlab chiqarishi
  • Yirik xorijiy kompaniya va firmalarning sho’ba korxonalari va filiallarini tashkil etish

So’nggi yillarda investitsiyalar tarkibi, xususan, byudjetdan ajratiladigan investitsiyalar va bank kreditlarining salmog’i keskin o’zgardi. Keyingi o’n yilda mamlakatimiz iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalar hajmi 3,2 barobar oshgan bo’lsa, shu davrda to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar hajmi 20 barobardan ziyod o’sgani e’tiborga sazovordir. Strategik xorijiy investorlarni jalb etish maqsadida mamlakatimizda investorlarning o’zi uchun ham, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun ham noyob kafolatlar tizimi yaratildi.

O’zbekistonda xorijiy investitsiyalarning o’rni va u bilan bog’liq muhim investitsion loyihalar

Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va xorijlik investorlar huquqlarini himoya qilish bilan bog’liq qonunchilik bazasi yaratildi. Mamlakatimizda iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish siyosati mavjud mablag’lardan, vaqt va imkoniyatlardan samarali foydalanishga, amaldagi shart-sharoitlardan kelib chiqib, boyliklarni samarali joylashtirish va shu yo’l bilan mamlakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirish, uning jahon iqtisodiy tizimiga qo’shilishini rag’batlantirish yo’li investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga jalb qilishga hamda ulardan samarali foydalanishga qaratilgan.

O‘zbekistonda 2019-yil va 2020-yil 1-choragida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar


2020 yil yanvar-mart oylarida 33,4 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, ularning 63,9 foizi yoki 21,4 trln. so‘mi jalb etilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilgan.

2020 yilning yanvar-mart oylarida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmining o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur'ati 89,8 foizni tashkil etdi

2019 yil davomida barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan investitsiyalarni o‘zlashtirish hajmi 220,7 trln so‘mga yetkazilib, tasdiqlangan yil prognoziga nisbatan 2 barobarga o‘sdi. Investitsiya faoliyatining sezilarli o‘sishi 13,3 mlrd. dollarni tashkil etgan xorijiy investitsiyalarning oqimi va o‘zlashtirilishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, unda:

1) to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar – 9,3 mlrd. dollar



2) davlat kafolati ostidagi xorijiy investitsiyalar va kreditlar – 4,0 mlrd. dollar o‘zlashtirildi.

Xulosa


Xulosa qilib aytganda, xorijiy sheriklar bilan o’zaro manfaatli hamkorlik yaxshi samaralar bermoqda. Negaki, O’zbekistonda xorijiy investorlar ishonchini mustahkamlash uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. Mamlakatimiz davlat investitsiya siyosati uzoq muddatli istiqbolga mo’ljallangan bo’lib, investorlarning samarali ishlashi uchun zarur barcha sharoitni yaratib berishga qaratilgan. O’zbekistonning geografik jihatdan qulay yerda joylashgani, transport tarmog’ining rivojlangani, tabiiy resurslarning ko’pligi, ishlab chiqarish hamda ijtimoiy infratuzilmaning yuqori darajada taraqqiy etgani, malakali kadrlarning mavjudligi va boshqa omillar investorlarga kelajakka ishonch bilan qarash imkonini bermoqda.
Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling