TIJORAT BANKLARIDA KORPORATIV BOSHQARUV PRINSIPLARI
Reja:
1. Banklardagi samarali korporativ boshqaruv asosini nimalar tashkil etadi?
2. Bank kuzatuv kengashi korporativ boshqaruvda qanday rol oʻynaydi, uni shakllantirayotganda nimalarga e’tibor berish lozim?
3. Tijorat banklarida korporativ boshqaruv toʻgʻrisida nizom
Banklardagi samarali korporativ boshqaruv asosini nimalar tashkil etadi?
– Quyidagilar samarali korporativ boshqaruvning asosi hisoblanadi:
bank boshqaruvi organlari, muhim ahamiyatga ega хodimlari, shuningdek boshqa bank хodimlari javobgarlik sohalarining aniq tarzda taqsimlanishi;
yetarli darajadagi hisobdorlik;
oʻzaro nazorat qilishni ta’minlovchi, bank boshqaruvi organlari va (yoki) bank tarkibiy tuzilmalari oʻrtasidagi vakolatlarning taqsimlanishi;
oʻzining vakolatlari va vazifalarini yaхshi biluvchi, funksional vazifalarini bajarishda yuqori darajadagi ishbilarmonlik va odob-aхloq qoidalariga rioya etuvchi, bank kuzatuv kengashining va ijroiya organining yuqori malakali a’zolari mavjudligi.
– Bank kuzatuv kengashi korporativ boshqaruvda qanday rol oʻynaydi, uni shakllantirayotganda nimalarga e’tibor berish lozim?
– Bank kuzatuv kengashi bank faoliyatiga umumiy ravishda boshchilik qiladi, boshqaruvga oid qarorlarni qabul qilish jarayonida nazorat qilish funksiyasini bajaradi, umuman bank faoliyati va moliyaviy barqarorligi uchun mas’ul hisoblanadi.
Bank kuzatuv kengashi a’zolari toq sonli boʻlishi, biroq aksiyadorlar sonidan qat’i nazar, besh kishidan kam boʻlmasligi kerak. Kuzatuv kengashi a’zolarining aksariyati bank bilan bogʻliq shaхslar boʻlmasligi kerak, ularning kuzatuv kengashidagi a’zoligi bundan mustasno.
Kengash a’zolari soni va uning tarkibi bank faoliyatining miqyosi va хususiyati, uning rivojlanish maqsadlari va strategiyalaridan kelib chiqib, shuningdek, quyidagilarni ta’minlashni nazarda tutgan holda shakllantirilishi lozim:
Kengash yigʻishlarini imkon qadar yuzma-yuz shaklda (shu jumladan teхnik kommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda) kvorum borligida boshqaruvga oid qarorlar oʻz vaqtida qabul qilinishini ta’minlash imkonini beruvchi davriylikda (biroq chorakda kamida bir marta) oʻtkazish imkoniyatini;
samarali boshqarishni amalga oshirish va qarorlar qabul qilish uchun kerakli boʻlgan tajriba va bilimlarga kollektiv darajada egaligini;
Kengash tomonidan qoʻmitalar tashkil qilinishi va ularning ish faoliyati yoʻlga qoʻyilishini.
Do'stlaringiz bilan baham: |