14
portfel likvidligiga talablar;
soliq bilan bog‘liq omillar.
Bankning investitsiya strategiyasi maqsadlarni uyg‘unlashuvi
asosida
yaratiladi. Ya’ni:
- qimmatli qog‘ozlar emissiyasi asosida an’anaviy investitsiya faoliyati uchun
qo‘shimcha pul mablag‘larini jalb qilish;
- mablag‘larni qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalashdan bankka to‘lanadigan
foizlar va divedendlar hamda qimmatli qog‘ozlarni kurs bo‘yicha qiymati o‘sishi
hisobiga foyda olish;
- bank ta’sir ko‘rsatish doirasini raqobatni kengaytirish hamda korxonalar va
tashkilotlar jamg‘armasida qatnashish hisobiga mijozlarni jalb qilish;
- bankni likvid mablag‘lariga qo‘yilmalar daromadligini ta’minlagan holda
likvidlikni kerakli zahirasini ushlab turish;
- qonunchilik bilan ruxsat etilgan qo‘shimcha xizmatlarni amalga oshirishdan
foyda olish.
Tijorat banklari qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha
investitsiya portfelini
shakllantirishda quyidagilarga e’tibor berishlari kerak:
1. Qo‘yilmalarning xavfsizligi (investitsiyalarni jamg‘arma bozoridagi
tebranishlarga mustahkamligi);
2.
Daromad olishning barqarorligi;
3. Qo‘yilmalarning likvidligi, ya’ni ularni tovarni (bajarilgan ish, xizmat)ni
tezkor sotib olishda qatnashishga qobiliyatliligi yoki tezkor va yo‘qotishlarsiz naqd
pulga aylanishi.
Tijorat banklari qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya
faoliyatini tashkil
etishda quyidagi asosiy tamoyillarga amal qilishi lozim:
- mutaasiblik tamoyili;
- qo‘yilmalarni diversifikatsiyalash tamoyili;
- yetarli darajada likvidlilik tamoyili;
- risklarni xedjirlash;
15
- emitetlarning shaffofligini ta’minlash tamoyili.
Do'stlaringiz bilan baham: