Tijorat banklarining aktivlari tarkibi va ularni joylashishi
Daromad keltiruvchi aktivlar
Download 44 Kb.
|
bank ishi passivlari tarkibi
1. Daromad keltiruvchi aktivlar.
ü Qisqa va uzoq muddatli ssudalar (aholiga,mijozlarga, boshqa banklarga); ü Faktoring,lizing,forfeyting,trast operatsiyalaridan olinadigan daromadlar; ü Qimmatli qog‘ozlar operatsiyalaridan olinadigan daromadlar 2. Daromad keltirmaydigan aktivlar. ü Pul mablag‘lari; ü Boshqa banklardagi korschyotlardagi mablag‘; ü Bino va inshootlar; ü Nomolliy aktivlar; ü Debitorlar; ü Hisob-kitobdagi mablag‘lar; ü Muddati utgan ssudalar . Aktivlarning likvidli ta’minotiga quyidagilar kiradi: - O‘zbekiston Respublikasi xukumatining so‘zsiz kafolati; - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining so‘zsiz kafolati; - banklarda ochilgan hisobvarag‘larda erkin ayirboshlanadigan valyuta shaklidagi garov; - O‘zbekiston Respublikasi xukumati qimmatli qog‘ozlari shaklidagi garov; - andozaviy qimmatbaho metallar shaklidagi, ya’ni oltin va kumush quymalari shaklidagi garov. Quyidagi aktivlar nolikvid ta’minotga ega, deb hisoblanadi: - ko‘chmas mulk, o‘zlashtirilgan va o‘zlashtirilmagan erga bo‘lgan xuquqni hisobga olgan holda; - ko‘chma mulk; - xususiy korxonalarning qimmatli qog‘ozlari; - yuridik va xususiy shaxslarning kafolatlari. 1- riskdan holi bo‘lgan aktivlar. risklilik darajasi 0% • naqd pullar va boshqa kassa hujjatlari, • Markaziy bankdagi «Nostro», «Vostro» schetidagi mablag‘lar, • majburiy rezerv schetidagi mablag‘lar, • xazina veksellari, • davlat obligatsiyalari, • Markaziy bankning qimmatli qog‘ozlari va obligatsiyalari kiradi. 2 - kichik (minimal) riskli aktivlar. Bu aktivlar bo‘yicha risk darajasi 20% ga teng. boshqa banklarning «Nostro» va «Vostro» korschetlaridagi olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar, evroobligatsiyalar, qisqa muddatli birinchi sinf ta’minlanganlikga ega bo‘lgan kreditlar va boshqa hujjatlar 3 - yuqori riskli aktivlar:Bu aktivlar bo‘yicha risk 50 % ga teng. • boshqa banklarga berilgan kreditlar, • boshqalar uchun bank bergan garov va kafolatlar. 4 - eng yuqori darajadagi (maksimal) riskli aktivlar 100%ga teng. • qimmatli qog‘ozlar sotish va sotib olish scheti, • sotib olingan veksellar, • trast hujjatlar va akkreditivlar trattalari bo‘yicha mijozlarning majburiyatlari, • bankning to‘lanmagan aksiyalari bo‘yicha mijozlarning majburiyatlari, sud jarayonida bo‘lgan kreditlar, • akkreditivlar, • forvardlar kiradi. Download 44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling