Tijorat banklarining aktivlari tarkibi va ularni joylashishi
Forbes O‘zbekistondagi ishonchli banklar reytingini tuzdi
Download 44 Kb.
|
bank ishi passivlari tarkibi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Banklar nomi Reytingi Aktivlari hajmi
- Aktivlarning sifati Zaxiralar
Forbes O‘zbekistondagi ishonchli banklar reytingini tuzdiBunda 10 ta bank kredit reytingi va aktivlari hajmi bo‘yicha saralangan “Forbes” nashri O‘zbekistondagi ishonchli banklar reytingini e’lon qildi. Unda nashr joriy yilning 1-aprel holatiga ko‘ra banklarni reytingi va aktivlari hajmi bo‘yicha saralagan. Reytingda O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki yuqori pog‘onani egalladi. Mamlakatda 33 ta bank faoliyat yuritadi, shundan 12 tasi davlat ulushi mavjud banklar hisoblanadi. 1-avgust holatiga ko‘ra, aktivlarning 80%i va depozitlarning 67%i davlat banklari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Reytingga ega bo‘lmagan banklar o‘z aktivlari hajmiga qarab tartiblandi. Qolgan banklarning reytingda yo’qligi ularning ishonchsiz ekanligini anglatmaydi. O‘zbekistan Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1998 yil 9 noyabrda tasdiklangan 242-sonli «Aktivlar sifatini tasniflash, mumkin bulgan yukotishlar buyiicha tijorat banklari tomonidan rezervlar tashkil kilish va undan foydalanish koidasiga asosan, tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlar yukorida keltirilgan mezonlar buyicha «yaxshi», «standart», «substandart», «shubxali», «umidsiz» kreditlarga tasniflanadi. Aktivlarni boshqarishning asosiy maqsadi tavakkal qilishning eng pats darajasi sharoitida daromad foiz tushumlari va xarajatlar orasidagi farqni mumkin kadar oshirish yoki uni juda bo‘lmaganda barqaror darajada saqlab turishdan iborat ekanligi malum.
YAxshi. Ushbu aktivlar bo‘yicha qarzlarning o‘z muddatida to‘lanishi shubxa tug‘dirmaydi. Qarz oluvchi moliyaviy jihatdan barqaror hisoblanadi, u etarli miqdorda kapitalga, yuqori daromadlilik darajasiga hamda barcha mavjud majburiyatlar, jumladan, mazkur qarzni qondirish uchun etarli pul mablag‘lari oqimiga ega. Qarz oluvchi amalda bajariladigan, jumladan, bozorda raqobatlasha olish, yaxshi mahsulot ishlab chiqarishga doir strategik rejani taqdim etadi va o‘z mahsulotlari uchun marketing rejasiga ega bo‘ladi. Qarzdor mavqeini baholash kreditga doir to‘lovlar tarixi, garovning bozorda sotilishi (mulk va ko‘chmas mulk, kafolat) kabi omillarni o‘z ichiga qamrab oladi. Garov "yaxshi ta’minlangan" kredit mezonlariga mos keladi. Garov amaldagi qonunchilikka muvofiq notarial jihatdan puxta tasdiqlangan bo‘lishi va zarur hollarda tegishli mulk bitimini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun belgilangan tartibda ro‘yxatga olinishi lozim. Bank kredit qaytarilmagan holda cheklovlarsiz va erkin ravishda uni garov hisobidan undirib olishi mumkin. Ta’minotga doir taqdim etilayotgan barcha hujjatlar qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi kerak. "YAxshi" deb tasniflangan kreditlarda ular qaytarilmasligi alomatlari bo‘lmaydi. Foizlar muddati o‘tgan ssudalar "YAxshi" deb tasniflanishi mumkin emas. Download 44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling