Tijorat banklarining aktivlari tarkibi va ularni joylashishi
Download 43.55 Kb.
|
bank ishi aktivlari tarkibi mi
Shubxali. SHubhali kreditlar substandart deb tasniflanuvchi kreditlarga xos barcha xususiyatlarga ega bo‘lib, mavjud sharoitda aktivlarning to‘liq qaytarilishini shubha ostiga qo‘yadi va kam ishonchli qilib qo‘yadi. Ziyon ko‘rish ehtimoli yuqori bo‘lgan, lekin ayrim ijobiy omillari mavjud bo‘lgan ushbu kreditlar sharoit oydinlashguncha "shubhali" deb tasniflanmaydi.
Quyidagi omillarning kamida bittasi mavjud bo‘lsa, aktiv "shubhali" deb, tasniflanishi mumkin: a) "substandart" aktivlarning hech bo‘lmaganda bironta ko‘rsatkichi, shuningdek ayrim boshqa noqulay tavsiflari mavjud bo‘lsa (bozorda oson sotiluvchan garovning mavjudligi yoki qarz oluvchining bankrot deb e’lon qilinishi); b) yaqin kelajakda aktivning qisman to‘lanishi ehtimolining mavjudligi, shuningdek ushbu paytda aktivning "umidsiz" deb tasniflanishi zarur emasligi; v) foizlar va asosiy qarz bo‘yicha to‘lash jadvaliga binoan to‘lanmagan to‘lovlar mavjudligi. Aktivni "umidsiz" deb tasniflashga imkon beruvchi muhim omillarga quyidagilar kiradi: - bank aktivlar bo‘yicha ayrim to‘lov turlarini yoki hech bo‘lmaganda, qisman to‘lovlarni oladi; - bank garovni undirib olish bo‘yicha Huquqiy xatti-harakatlarni qo‘llay boshlaydi va ta’minot sotuvini o‘z vaqtida amalga oshiradi (90 kun ichida); - qarzdor tomonidan keyinchalik aktivni to‘liq ta’minlaydigan qo‘shimcha ta’minotni taqdim etish harakatlarining amalda boshlanishi. "SHubhali" deb tasniflangan aktivlar bo‘yicha bank asosiy qarz to‘lanmagan summasining 50 foizi miqdorida zaxirani tashkil etishi shart. Umidsiz deb tasniflangan kreditlarga qaytarilmaydigan kreditlar kiradi. Qiymati juda pastligi tufayli bank aktivlari sifatida ularning Hisobini yuritish maqsadga muvofiq emas, deb Hisoblanadi. Bunday tasniflash kreditlarda umuman Hech qanday tugatiladigan qiymat mavjud emasligini bildirmaydi. Lekin banklar o‘z balanslarida bu qarzdorlikning Hisobini yuritishni davom ettirishlari maqsadga muvofiq emas. Bank garovga olingan mulkni sotish orqali bunday qarzdorlikni bartaraf etish choralarini ko‘rishi yoki uni qaytarish choralarini qo‘llashi kerak Quyidagi muammolar yoki tavsiflarning kamida biri mavjud bo‘lganda aktiv "umidsiz" deb tasniflanadi: shartnoma jadvaliga muvofiq oraliq to‘lovlarni to‘lash kuni 180 va undan ortiq kunga kechiktirilgan bo‘lsa; aktiv shartnomada belgilangan muddatda to‘lanmagan bo‘lsa; sudda ishni ko‘rish jarayonida bo‘lgan aktivlar; qarz oluvchining yomon moliyaviy aHvoli va to‘lovga qodir emasligi sababli to‘lash muddati uzaytirilgan aktivlar bo‘lsa; qarz oluvchi va lizing oluvchidan undirilgan mol-mulk bank maqsadlarida foydalanilmaydigan Hamda garovga qo‘yilgan mol-mulkka bo‘lgan Huquqlardan foydalanish yo‘li bilan bank balansiga qabul qilingan kundan boshlab uch oylik muddatda bank tomonidan realizatsiya qilinmagan bo‘lsa. Aktiv shartnomada belgilangan muddatda qaytarilmasligidan dalolat beruvchi dalillar yoki alomatlar mavjud bo‘lganda ushbu aktiv Ham "umidsiz" deb tasniflanadi Umidsiz deb tasniflangan aktivlar bo‘yicha bank asosiy qarzning to‘lanmagan summasining 100 foizi miqdorida zaxiralar yaratishi kerak. Markaziy bank Boshqaruvining ushbu qarori «O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida»gi, «Banklar va bank faoliyati to'g'risida»gi, «Buxgalteriya hisobi to'g'risida»gi qonunlar va davlatimiz rahbarining 2015 yil 6 maydagi «Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qaroriga muvofiq qabul qilindi. Hujjatda belgilanishicha, tijorat banki balansida va balansdan tashqari moddalarda yuritilayotgan muammoli aktivlarning ulushi jami aktivlarning o'n foizidan ortiq bo'lsa, Markaziy bank tomonidan tijorat banki ijro rahbariyatining malakasi Markaziy bank talablariga muvofiq emas deb topishga hamda tijorat banki Kengashi tomonidan bank faoliyati ustidan o'rnatilgan nazoratni yetarli emas deb hisoblanishiga asos bo'ladi. Daromad keltirmaydigan aktivlarning ulushi jami aktivlarning yetmish foizidan ortiq bo'lishi bank kredit siyosati, kreditlar ajratish va ularni boshqarish jarayonining bo'shligini bildiruvchi ko'rsatkich hisoblanadi. Qarorda shuningdek aktivlar sifatini tasniflash tizimiga oid qoidalar ham o'rin olgan bo'lib, unda qayd etilishicha, qarzdorlar tarmoq (iqtisodiyot sektori) tendensiyasi va istiqboli, muayyan loyihaning texnik amalga oshiriluvi va iqtisodiy raqobatbardoshligi, moliyaviy holati va kredit olishga qodirligi, rahbarining boshqarish qobiliyati va shu kabi boshqa bir qator asosiy mezonlar bo'yicha baholanadi. Tijorat banklarining aktivlari sifatiga ko'ra «standart», «substandart», «qoniqarsiz», «shubhali» va «umidsiz» toifalarga tasniflanadi. Xususan, qarzlarning o'z muddatida to'lanishiga shubha tug'dirmaydigan aktivlar sifati «standart» deb tasniflanadi. Bunda qarz oluvchi moliyaviy jihatdan barqaror hisoblanadi, u yetarli miqdorda kapitalga, yuqori daromadlilik darajasiga hamda barcha mavjud majburiyatlarni, jumladan, mazkur qarzni qondirish uchun yetarli pul mablag'lari oqimiga, shuningdek amalga oshirilishi mumkin bo'lgan strategik rejaga, bozorda raqobatdoshlik qobiliyatiga, yaxshi mahsulotni ishlab chiqarishga va o'z mahsuloti bo'yicha marketing rejasiga ega bo'ladi. Sifati «standart» deb tasniflangan aktivlar qaytarilishida muammolar kuzatilmaydi. Bunda asosiy qarz summasining va foizlarining hech qanday qismi muddati o'tgan yoki shartlari qayta ko'rib chiqilmagan bo'lishi lozim. Hujjatda shuningdek aktivlar sifatining qolgan boshqa toifalari ham alohida sharxlab o'tilgan. Bundan tashqari qarorda ta'minotga qo'yiladigan talablar, shartlari qayta ko'rib chiqilgan aktivlar va investitsiya portfelining sifatlarini tasniflash, tijorat banki aktivlari bo'yicha ehtimoliy yo'qotishlarga doir zaxirani shakllantirish, majburiy zaxiralar depozitlariga mablag' o'tkazish, zaxiralardan foydalanishga oid qoidalar o'rin olgan. Download 43.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling