Tijorat banklarining depozit siyosatini takomillashtirish istiqbollari
- rasm. Tijorat banklarida depozit siyosatini ishlab chiqish mexanizmi
Download 461.18 Kb. Pdf ko'rish
|
TIJORAT BANKLARINING DEPOZIT SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Халқаро молия ва ҳисоб” илмий журнали. №5, октябрь, 2020 йил. ISSN: 2181-1016
1-
rasm. Tijorat banklarida depozit siyosatini ishlab chiqish mexanizmi. tizimini ishlab chiqish 7 -
“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий журнали. №5, октябрь, 2020 йил. ISSN: 2181-1016
6
Chunki aynan depozit siyosatining amalga oshirilishi paytida aktivlarni qaytarish muddatlari va majburiyatlarning nomutanosibligi, bank tomonidan bozor resurslarini mustaqil jalb qilish imkoniyatidan foydalanmasdan ko‘proq davlatning maqsadli mablag‘lari hisobidan qayta moliyalashtirilishi kabi salbiy holatning paydo bo‘lish nuqtalarini aniqlash imkoniyati yaratiladi. Bu esa teskari aloqa mexanizmining samaradorligini ta’minlovchi asosiy vosita hisoblanadi; - bank faoliyatining so‘nggi 5 yilligida rentabellik darajasining pastligi, kreditlar bo‘yicha qarzdorlikni so‘ndirish uchun garov mulklarini bank balansiga qabul qilish oqibatida bank aktivlari tarkibida likvidsiz mol-mulklar hajmining oshishi, bankdagi mavjud resurslardan foydalanishda aniq bir tizimning ishlab chiqilmaganligi hamda hukumat tomonidan ajratilayotgan mablag‘lar kredit mablag‘lariga mavjud talablar hisobiga qisqa muddatlarda to‘liq o‘zlashtirilayotganligi kabi muammolar bank faoliyatining barcha sohalari bir maqsadga ya’ni rivojlanish strategiyasidagi vazifalarni bajarish yo‘naltirilmaganligidan dalolat beradi. Taklif etilayotgan mexanizm ushbu salbiy holatni bartaraf etishga xizmat qiladi. Depozit siyosatining samaradorligini oshirish, shuningdek, depozit resurslarini boshqarish sifatini yanada yaxshilash maqsadida depozit portfelining barqarorligini baholash indikatorlarini joriy etish maqsadga muvofiq. Shu o‘rinda qayd etish lozimki, koronavirus pandemiyasiga qarshi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ko‘plab salbiy holatlar bilan bir qatorda jismoniy va yuridik shaxslarning omonatlari hajmining kamayib borishiga olib keldi. Bu jarayon banklarning depozit bazasining kuchsizlanishiga olib kelmoqda. Bunday indikatorlar xalqaro bank amaliyotida keng qo‘llanilishiga qaramasdan,mamalakatimiz banklari amaliyotida deyarli foydalanilmaydi. Bundan kelib chiqqan holda depozit portfeli barqarorligi indikatorlarini ko‘rib chiqishga harakat qilamiz: 1-indikator. Omonat summasining R foizgacha bo‘lgan qismini depozit shartnomasida belgilangan muddatdan oldin qaytarib olish ehtimoli (PEW – the probability of early withdrawal to the level of P percent). Amalga oshirilayotgan tahlil maqsadlaridan kelib chiqqan holda R ko‘rsatkichi darajasi 0 dan 100 foizgacha bo‘lishi mumkin. Xususan, ko‘rsatkichning 0 foizga teng bo‘lishi jalb etilgan depozitlarning to‘liq qaytarib olinishini bildirsa, 100 foizlik daraja mazkur depozitlarning bank hisobvaraqlarida qolganligidan dalolat beradi. Ushbu indikator quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
Download 461.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling