Tijorat banklarining depozit siyosatini takomillashtirish istiqbollari
“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий журнали. №5, октябрь, 2020 йил. ISSN: 2181-1016
Download 461.18 Kb. Pdf ko'rish
|
TIJORAT BANKLARINING DEPOZIT SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI
“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий журнали. №5, октябрь, 2020 йил. ISSN: 2181-1016
10
fikrimizcha, quyidagilardan tashkil topishi mumkin: - bank faoliyatini rivojlantirish strategiyasi etarli darajada uzoq muddatga mo’ljallangan ichki bank me’yoriy hujjati bo‘lib, unda ushbu vaqt oralig‘ida bank faoliyatini olib borishdan ko‘zlangan maqsad hamda vazifalar miqdor va sifat ko‘rsatkichlari orqali ifodalanadi. Belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish bank deb nomlanuvchi tizimning barcha elementlari (kredit, depozit, hisob-kitob va boshqalar) o‘zaro uyg‘unlikda faoliyat olib borishlari talab etiladi. Elementlarning istalgan birida yuz berishi mumkin bo‘lgan kamchilik bank faoliyatini muvaffaqiyatiga salbiy ta’sir o‘tkazadi. Demak, bank faoliyatini rivojlantirish strategiyasida har bir yo‘nalish bo‘yicha bajarilishi talab etiladigan va balanslashtirilgan ko‘rsatkichlar tizimi ishlab chiqilishi zarur. Shuni e’tiborga olish muhimki, birinchi bosqichda bank faoliyatini rivojlantirishning eng umumiy parametrlari tasdiqlanadi. Ushbu vazifa bank Kengashi yoki bank aktsionerlarining umumiy yig‘ilishi vakolatiga kiritiladi. Fikrimizcha, bank faoliyatini rivojlantirish strategiyasining asosiy ko‘rsatkichlari buxgalteriya balansi (1-shakl) ko‘rinishida ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi zarur; - bank Kengashi yoki bank aktsiyadorlarining umumiy yig‘ilishi qaroriga muvofiq tasdiqlangan strategiya umumiy xususiyatga ega bo‘lganligi uchun, mazkur hujjat aniqlashtirilishi kerak. Aniqlashtirish jarayonida bank faoliyatining har bir yo‘nalishi bo‘yicha strategiyada belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan mezon va me’yorlar ishlab chiqiladi. Ishlab chiqilgan mezon va me’yorlar funktsional strategiya va ular doirasidagi siyosatlarning tarkibiy tuzilmasi, mazmuni va mohiyatini belgilab beradi; - bank faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha mezon va me’yorlarni belgilashda bank Kengashi a’zolarining birinchi navbatdagi diqqat-e’tibori endogen va ekzogen omillarning strategiyada belgilangan davr davomida o‘zgarishi tendentsiyalariga qaratilishi lozim. Ichki va tashqi muhitdagi kutilayotgan o‘zgarishlar nafaqat faoliyatning alohida yo‘nalishlari, shuningdek, strategiyani qaytadan ko‘rib chiqilishiga olib kelishi mumkin; - tijorat bankining hajmi, tarixan shakllangan an’analar, xizmat ko‘rsatilayotgan iqtisodiyot tarmoqlari va boshqa omillar ta’siri ostida boshqa xususiyatlar yuzaga kelishi mumkin va ular albatta strategik maqsad va vazifalarni aniqlashda e’tiborga olinadi. - MDX mamlakatlari tijorat banklari depozit porfelining tahlili depozitlarning “dollarlashuv” darajasining oshib borishi tendentsiyasi kuzatilayotganligi hamda milliy valyutaning asosiy xorijiy valyutalarga nisbatan kursida ma’lum barqarorlikning mavjud emasligi, shuningdek, aholi va biznes sub’ektlari tomonidan omonat valyutasini tanlashda xorijiy valyutalarga ustuvorlik berilmoqda; - depozitlarning dollarlashuv darjasining oshib borishi milliy valyutada ifodalangan pul massasa miqdorini kamaytirgan holda Markaziy bank tomonidan amalga oshirilayotgan pul-kredit siyosati transmission mexanizmining foiz kanali faoliyati samaradorligini pasaytirib yubormoqda. Ushbu salbiy holat Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasining depozit va kreditlar bo‘yicha |
ma'muriyatiga murojaat qiling