Tijorat banklarining investitsion operatsiyalarini boshqarish: portfelini sifati, muammolari va echimlari


Download 73.56 Kb.
bet2/3
Sana06.04.2023
Hajmi73.56 Kb.
#1333379
1   2   3
1-jadval1



O`zbekiston tijorat banklarining aktivlarini tarkibi

Ko`rsatgichlar soni

01.01.2021 й.

01.01.2022 й.

2022-2021 y. O`sishi, foizda

Mlrd,
so`m

Ulushi, foizda

Mlrd,
so`m

Ulushi,
foizda

Kassadagi naqd pul va boshqa to`lov hujjatlari

9 735

2,7%

10 686

2,4%

109,8%

Markaziy bankdagi mablag`lar

18 851

5,1%

31 515

7,1%

167,2%

Boshqa banklardagi mablag`lar-rezident

13 146

3,6%

13 302

3,0%

101,2%

Boshqa banklardagi mablag`lar-norezident

21 701

5,9%

25 074

5,6%

115,5%

Investitsiyalar va boshqa qimmatli qog`ozlar

9 448

2,6%

19 634

4,4%

207,8%

Mijozlarning moliyaviy instrumentlar bo`yicha majburiyatlari

1 576

0,4%

1 251

0,3%

72,4%

Kredit qo`yilmalari, (sof)

213

73,8%

382

71,1%

117,4%

Asosiy vositalar,(sof)

8 314

2,3%

11 032

2,5%

132,7%

Aktivlar bo`yicha hisoblangan foizlar

7 882

2,2%

9 387

2,1%

119,1%

Bankning boshqa xususiy mulklari

1 131

0,3%

1 339

0,3%

118,4%

Boshqa aktivlar

4 125

1,1%

5 320

1,2%

129,0%

Jami aktivlar

366 121

100%

444 922

100%

121,5%

Tijorat banklarining investitsion operatsiyalarini boshqarish bir qator prinsiplarga tayanadi. Ana shunday muhim prinsiplardan biri bank investitsiya portfelini diversifikatsiya qilish prinsipi hisoblanadi.
Korporativ qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalari yuqori riskli boʻlganligi sababli tijorat banklari qimmatli qogʻozlar portfelini diversifikatsiyalashga katta eʻtibor beradilar.
Tijorat banklari investitsion operatsiyalarini risk darajalari va daromadliligi oʻrtasidagi mutanosiblikni taʻminlash prinsipi ham asosiy prinsiplardan biri hisoblanadi.
Qimmatli qogʻozlarni investitsion jozibadorligi banklarni investitsion operatsiyalarini rivojlantirishda muhim oʻrin tutadi. Shu sababli, banklarni investitsiya portfelini daromadliligi va risk darajalari oʻrtasidagi mutanosiblikni taʻminlashda sotib olinadigan qimmatli qogʻozlarni investitsion jozibadorligiga alohida eʻtibor qaratiladi.
Tijorat banklarini investitsiya portfelini sifatini baholashda xalqaro bank amaliyotida bir nechta koʻrsatkichlardan foydalaniladi. Ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni koʻrsatish mumkin.
1. Bir emitentning qimmatli qogʻozlariga qilinadigan investitsiyalarni maksimal miqdori. Tijorat banki tomonidan bir emitentning qimmatli qogʻozlariga qilinadigan investitsiyalar summasi, bank birinchi darajali kapitalini 15 foizidan oshib ketmasligi kerak.
2. Oldi-sotdiga moʻljallangan qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalarni maksimal miqdori. Tijorat banki tomonidan oldi-sotdi uchun moʻljallangan qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalarni jami summasi bank birinchi darajali kapitalini 25 foizidan oshib ketmasligi kerak.
3. Barcha emitentlarni qimmatli qogʻozlariga qilingan investitsiyalarning maksimal miqdori. Tijorat banki tomonidan barcha emitentlarni qimmatli qogʻozlariga qilingan investitsiyalar summasi bank birinchi darajali kapitalini 50 foizidan oshib ketmasligi kerak.
4. Bank investitsiya portfelining daromadlilik darajasi. IPD = (P1 – P0) : P0 Bu yerda: IPD – investitsiya portfelining daromadlilik darajasi; P1 – investitsiya portfelining soʻnggi qiymati; P0 – investitsiya portfelining boshlangʻich qiymati.
5. Investitsiya portfelining diversifikatsiya darajasi. Bir emitentning qimmatli qogʻozlariga qilingan investitsiyalarni investitsiya portfelidagi ulushi 7 foizdan oshib ketmasligi kerak.
6. Yuqori likvidli qimmatli qogʻozlarni investitsiya portfelidagi salmogʻini oʻzgarishi. Xalqaro bank amaliyotida tijorat banklarini yuqori likvidli qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalari, bir tomondan, ularni joriy likvidliligini taʻminlash imkonini bersa, ikkinchi tomondan, Markaziy bankning ochiq bozor operatsiyalari hajmini oshirish imkonini beradi.
Yuqori likvidli qimmatli qogʻozlar sifatida, odatda, Hukumat tomonidan muomalaga chiqarilgan qimmatli qogʻozlar, Markaziy bankini qimmatli qogʻozlari va toʻlovi, Hukumat tomonidan kafolatlangan qimmatli qogʻozlar kiradi.
Tijorat qimmatli qogʻozlariga qilingan bank investitsiyalarini yuqori likvidli aktivlar qatoriga kiritish mantiqan toʻgʻri emas. Chunki tijorat qimmatli qogʻozlari aniq moddiy kafolatga ega emas, ayniqsa, respublikamiz sharoitida koʻplab korxonalarni qimmatli qogʻozlari boʻyicha toʻlovsizlik muammosi mavjud. Ana shu fikr tijorat qimmatli qogʻozlariga qilingan bank investitsiyalarini yuqori livkidli aktivlar tarkibidan chiqarib tashlash zarur deb hisoblaymiz.
Davlat qimmatli qog’ozlaridan ochiq bozor obyektlari sifaida foydalanish bilan bir vaqtning o’zida xalqaro reyting agentliklarining (Standart &Poortm, Moods, Fitch Reytings) yuqori kredit reytingiga ega bo’lgan (kamida VV reyting bahoga) tijorat banklari va korxonalarining qimmatli qog’ozlari (deozit sertifikatlari, jamg’arma sertifkatlari, obligasiyalari) hisobidan Markaziy bankning ochiq bozor operasiyalarini yo’lga qo’yish lozim.
Buning uchun zarur shart-sharoitlarni ham yaratish lozim. Masalan, tijorat banklarida, Markaziy bankga, pul-kredit organi sifatida, ishonch bo’lishi lozim. Bundan tashqari, inflyasiya va milliy valyutaning qadrsizlanishi ta’sirida qimmatli qog’ozlarning real qiymati pasaymasligi kerak.
Mamlakatimizda uzatma tijorat veksellari, yaʻni trattalar muomalasini mavjud emasligi Markaziy bankka diskont kreditlari berish imkonini bermaydi. Ushbu holat uzatma tijorat veksellarni O`zbekistonda joriy etishni taqqoza etadi.
Mamlakat Markaziy bankida lombard kreditlarining mavjud emasligi uni qayta moliyalash siyosatini samaradorligiga salbiy taʻsir koʻrsatadi va mazkur kreditlarni berilmayotganini sababi Hukumatni qimmatli qogʻozlarini emissiya qilishni kam miqdorda chiqarilgaligidadir. Chunki, Markaziy bank faqat hukumat qimmatli qogʻozlarini oʻzining lombard kreditlari uchun garov obyekti sifatida tan oladi. Ushbu holat tijorat banklari investitsion operatsiyalarini daromadliligiga va ularni joriy likvidliligiga nisbatan salbiy taʻsirni yuzaga keltiradi.
Respublikamiz tijorat banklarini investitsiya portfelida xorijiy valyutalarda emissiya qilingan qimmatli qogʻozlar mavjud TIF Milliy bankida, Sanoat qurilishi bankida Ipoteka bankida. Bu esa, respublikamiz tijorat banklarini investitsiya portfelini moliyaviy risklarga taʻsirchanligini pasayadi. Bunda inflyatsiya va devalvatsiya taʻsirida banklarni qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalarini real qiymatini pasayish xavfi yuzaga kelmaydi.
Tijorat banklarini investitsion operatsiyalarini sifatli boshqarishda bir qator investitsion xalqaro amaliyotida mavjud menejment usullaridan foydalaniladi. Ana shunday usullardan biri boʻlib, investitsion operatsiyalarni passiv boshqarish usuli hisoblanadi.
Investitsion operatsiyalarni passiv boshqarishda bank menedjerlari qimmatli qogʻozlarni sotib olish toʻgʻrisidagi qarorlarni ularning risk va daromad darajalarini baholashni umumqabul qilingan metodlari asosida qabul qiladilar. Bunday shakllantirilgan portfellarni bozor portfelini oʻziga xos boʻlgan surrogati sifatida qarash mumkin (index funds).
Passiv menedjerlar dastlab shakllantirilgan qimmatli qogʻozlar portfelini samaradorligida yuqori boʻlgan samaradorlikni taʻminlashga intilmaydilar.
Investitsion operatsiyalarni passiv boshqarishni tayanch asoslari boʻlib, quyidagilar hisoblanadi: mijozni hohishi; risksiz stavkani darajasi; riskni prognozi; daromadlilikni prognozi.
Banklarni qimmatli qogʻozlar portfelini aktiv boshqarishda quyidagi koʻrinishni oladi (2-jadval).

Download 73.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling