Tijorat banklarining investitsion operatsiyalarini boshqarish: portfelini sifati, muammolari va echimlari


-jadval Tijorat bankini aktiv usulda boshqarilayotgan qimmatli qogʻozlar portfelini shakli


Download 73.56 Kb.
bet3/3
Sana06.04.2023
Hajmi73.56 Kb.
#1333379
1   2   3
2-jadval
Tijorat bankini aktiv usulda boshqarilayotgan qimmatli qogʻozlar portfelini shakli

Qimmatli qogʻozni nomi

Haqiqatdagi qimmatli qogʻozlar portfelidagi ulushi

Bozor portfelidagi ulushi

Aktiv
pozisiya

1

2

3

4

S1

0,30

0,45

- 0,15

S2

0,20

0,25

- 0,05

S3

0,50

0,30

0,20

Jami

1,00

1,00

0,00


Ikkinchi ustunda portfelni aktiv boshqarish uchun qimmatli qogʻozlarni haqiqatdagi salmogʻi koʻrsatilgan. Uchinchi ustunda oʻrtacha bozor portfeli sifatida olingan dastlabki portfeldagi qimmatli qogʻozlarni ulushi koʻrsatilgan. Aktiv pozisiya qimmatli qogʻozlarni haqiqatdagi portfeldagi ulushi bilan dastlabki portfeldagi ulushi oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi va investisiya qilish to`g`risida qaror qabul qilindi.
Taklif va tavsiyalar:
Tijorat qimmatli qogʻozlariga qilingan bank investitsiyalarini yuqori likvidli aktivlar qatoriga kiritish mantiqan toʻgʻri emas. Chunki tijorat qimmatli qogʻozlari aniq moddiy kafolatga ega emas, ayniqsa, respublikamiz sharoitida koʻplab korxonalarni qimmatli qogʻozlari boʻyicha toʻlovsizlik muammosi mavjud. Ana shu fikr va mulohazalardan kelib chiqqan holda tijorat qimmatli qogʻozlariga qilingan bank investitsiyalarini yuqori livkidli aktivlar tarkibidan chiqarib tashlash zarur deb hisoblaymiz.
Tijorat qimmatli qogʻozlariga qilingan bank investitsiyalarini yuqori likvidli aktivlar qatoriga kiritish mantiqan toʻgʻri emas. Chunki tijorat qimmatli qogʻozlari aniq moddiy kafolatga ega emas, ayniqsa, respublikamiz sharoitida koʻplab korxonalarni qimmatli qogʻozlari boʻyicha toʻlovsizlik muammosi mavjud. Ana shu fikr tijorat qimmatli qogʻozlariga qilingan bank investitsiyalarini yuqori livkidli aktivlar tarkibidan chiqarib tashlash zarur deb hisoblaymiz.
Mamlakatimizda uzatma tijorat veksellari, yaʻni trattalar muomalasini mavjud emasligi Markaziy bankka diskont kreditlari berish imkonini bermaydi.Ushbu holat uzatma tijorat veksellarni O`zbekistonda joriy etishni taqqoza etadi.
Mamlakat Markaziy bankida lombard kreditlarining mavjud emasligi uni qayta moliyalash siyosatini samaradorligiga salbiy taʻsir koʻrsatadi va mazkur kreditlarni berilmayotganini sababi Hukumatni qimmatli qogʻozlarini emissiya qilishni kam miqdorda chiqarilganligidadir. Chunki, Markaziy bank faqat hukumat qimmatli qogʻozlarini oʻzining lombard kreditlari uchun garov obyekti sifatida tan oladi. Ushbu holat tijorat banklari investitsion operatsiyalarini daromadliligiga va ularni joriy likvidliligiga nisbatan salbiy taʻsirni yuzaga keltiradi.
Davlat qimmatli qog’ozlaridan ochiq bozor obyektlari sifaida foydalanish bilan bir vaqtning o’zida xalqaro reyting agentliklarining (Standart &Poortm, Moods, Fitch Reytings) yuqori kredit reytingiga ega bo’lgan (kamida VV reyting bahoga) tijorat banklari va korxonalarining qimmatli qog’ozlari (deozit sertifikatlari, jamg’arma sertifkatlari, obligasiyalari) hisobidan Markaziy bankning ochiq bozor operasiyalarini yo’lga qo’yish lozim.
Buning uchun zarur shart-sharoitlarni ham yaratish lozim. Masalan, tijorat banklarida, Markaziy bankga, pul-kredit organi sifatida, ishonch bo’lishi lozim. Bundan tashqari, inflyasiya va milliy valyutaning qadrsizlanishi ta’sirida qimmatli qog’ozlarning real qiymati pasaymasligi kerak.



1 cbu.uz ma`lumotlari

Download 73.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling