Tijorat banklarining investitsiya faoliyatining ahamiyati va uning nazariy asoslari va vazifalari


Download 0.95 Mb.
bet2/2
Sana23.04.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1390296
1   2
Bog'liq
Asadullo

Xususiy sektor davlat ishtirokiga nisbatan ancha samarali Ayni vaqtda mamlakatimiz bank sektorida davlat ulushi yuqori. Mazkur holatda tijorat banklari investitsion faollik orqali yuqori iqtisodiy samaradorlikka erisha olmayapti. 2022-yil 9 oyi yakunlariga koʻra, davlat ulushi mavjud banklarning umumiy kapitali 60,3 trillion soʻmni tashkil etib, sof foydasi 3,9 trillion soʻmga yetgan. Natijada 2022-yilning uch choragi boʻyicha davlat ishtirokidagi tijorat banklari kapital rentabelligi oʻrtacha 6,5 foiz boʻlgan. Xususiy tijorat banklarida esa bu koʻrsatkich 20,3 foizni tashkil etgan. Shundan ham koʻrish mumkinki, davlat biznesda aksariyat holatlarda muvaffaqiyatli faoliyat yurita olmaydi. Shu bois, mazkur sektorda xususiy investorlar, xususan, xorijiy sarmoyadorlarning ishtiroki nihoyatda muhim. Bank sektorida milliy va xorijiy investorlarning faolligi sohada sogʻlom raqobat muhiti shakllanishi, bu esa, oʻz navbatida, barqaror taraqqiyotga xizmat qiladi. Chunki bu sohada ham xususiy sektor, ham xorijiy investorlarning faolligi tijorat banklarining innovatsion rivojini taʼminlaydi.

2. Tijorat banklarining samarali investitsion faoliyati — taraqqiyot va farovonlikning muhim omili


Globallashuv sharoiti mamlakatlar oʻrtasidagi integratsiya jarayonlarini ham jadallashtirib yubordi. Bu surʼatlar ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, sport, qoʻyingki, davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida oʻz ifodasini topyapti. Bunday tendensiyalar, albatta, moliya bozorlari, tijorat banklari, moliyaviy mexanizmlar, xususan, investitsiyalar oqimi qiyofalarini mutlaqo oʻzgartirib yubordi.
Binobarin, bugun qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritayotgan boʻlsa, oʻz iqtisodiyotining barqaror oʻsishiga erishayotgani aksiomaga aylanib ulgurdi.

Prezidentimiz taʼkidlaganidek, “investitsiya – bu iqtisodiyot drayveri, oʻzbekcha aytganda, iqtisodiyotning yuragi, desak, mubolagʻa boʻlmaydi. Investitsiya bilan birga turli soha va tarmoqlarga, hududlarga yangi texnologiyalar, ilgʻor tajribalar, yuksak malakali mutaxassislar kirib keladi, tadbirkorlik jadal rivojlanadi”. Xoʻsh, mazkur muhim yoʻnalishda tijorat banklari qanday ishtirok etyapti? Toʻgʻri, yurtimiz tarixida ilk marta Oʻzbekistonning suveren davlat obligatsiyalarini xalqaro moliya bozorlariga chiqarildi. Bu borada “J.P.Morgan”, “Citibank”, “Deutsche Bank” kabi yetakchi xalqaro investitsiya banklari bilan hamkorlik olib borilyapti. Lekin xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish uchun mamlakatimiz bank-moliya salohiyatini toʻla namoyon etish uchun yana qanday choralar koʻrilmoqda yoki koʻrish kerak? Oxirgi yillarda bank va moliya tizimida jadal davom ettirilayotgan jadal islohotlar avvalo sohaga zamonaviy bozor mexanizmlarini keng joriy etishda namoyon boʻlyapti. Oʻz navbatida uzoq yillar davomida banklar kapitalining asosiy qismi davlatga tegishli boʻlib kelgandi. Bu esa bank sektorida sogʻlom raqobatga toʻsiq boʻlib kelar, xizmat koʻrsatish sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatib kelayotgan edi.


Binobarin, soʻnggi yillarda banklar faoliyati, ayniqsa, ularning investitsion jarayonlardagi ishtirokini kengaytirishga qaratilgan muhim institutsional oʻzgarishlar amalga oshirilyapti. Davlat rahbarining topshirigʻi bilan hukumat va Markaziy bank xalqaro moliya institutlari koʻmagida bank-moliya tizimini rivojlantirish boʻyicha uzoq muddatli strategiya ishlab chiqilmoqda.
Zero, shu asosda bank tizimiga xususiy va xorijiy kapital kirib keladi. Pirovardida davlat banklari ulushi bosqichma-bosqich kamayib boradi va sohada raqobat muhitini yaxshilash, tijorat banklari faoliyatini, kreditlash sifati va madaniyatini, ayniqsa, ularning investitsion aktivligini har tomonlama oshirishga xizmat qiladi.
Bu yoʻlda moliya bozorlari, jumladan, fond bozorini rivojlantirish, yangi moliyaviy instrumentlarni joriy etish va obligatsiyalar chiqarish orqali,bank xizmatlari koʻlamini yana-da kengaytirish, ilgʻor axborot texnologiyalari asosida bank tizimini ravnaq toptirishga alohida eʼtibor qaratilyapti. Sarmoyadorlar uchun keng va qulay sharoitlar yaratib berilyapti. Bu yoʻldagi birinchi qadam albatta valyuta bozorini erkinlashtirib borilayotgani hisoblanadi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling