Tijorat banklarining kapitalini boshqarishning asosiy vazifalari
1523440918 70966
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy (I darajali) Qo‘shimch (II darajali)
- VIII Riskni hisobga olgan holdagi ivlar umumiy summasi
- Tijorat banklarining kapitalini boshqarishning asosiy yo‘nalishlari va usullari.
Xarakteristika
|
Kapital |
| ||||
| ||||||
|
Asosiy (I darajali) |
Qo‘shimch (II darajali) |
Jami ital. (Idarajali darajali) | |||
|
(A) |
(B) |
(V) |
(G) | ||
I 1 darajali kapital |
|
| ||||
1 |
Oddiy aksiyalar |
|
|
| ||
|
To‘liq to‘langan oddiy aksiyalar |
2608800 |
|
| ||
|
Minus: qayta sotib olinga yalar |
|
|
| ||
|
CHiqarilgan to‘liq to‘langan yalar |
|
|
2608800 | ||
2 |
Nokumulyativ muddatsiz jalb ngan aksiyalar |
|
|
| ||
|
To‘liq to‘langan jalb qilingan yalar |
0 |
|
| ||
|
Minus: qayta sotib olingan yalar |
0 |
|
| ||
|
CHiqarilgan to‘liq to‘langan qilingan aksiyalar |
|
|
0 | ||
3 |
Ortiqcha (izlishek) kapital |
0 |
|
0 | ||
4 |
Taqsimlanmagan foyda |
|
|
| ||
|
Kapital zaxiralar |
2376211 |
|
| ||
|
Taqsimlanmagan foyda |
140866 |
|
| ||
|
Minus:joriy yildagi zarar |
|
|
| ||
|
Jami taqsimlanmagan foyda |
|
|
2517077 | ||
5 |
Aksiya egalari kamchiligining ashgan korxonalar aksiyadorlik obvaraqlardagi ulushi |
0 |
|
0 | ||
6 |
Devalvatsiya uchun zaxiralar av kapitalining valyutadagi shiga) |
|
|
| ||
II |
1 darajali kapitaldan chegirmalar |
| ||||
1 |
Nomoddiy aktivlar |
4538 |
|
-4538 | ||
III |
Korrektirovkalangan 1 ajali kapital |
|
|
5121339 | ||
IV |
II darajali kapital |
| ||||
|
Joriy yil sof foydasi |
|
10534 |
10534 | ||
|
Mumkin bo‘lgan zararlarni lash uchun zaxira (riskka ilgan aktivlarning 1.25% idan magan) |
|
0 |
0 | ||
|
II darajali kapitalning I darajali italdan ortgan qismi |
|
0 |
0 | ||
V |
CHegirmalar olingunga qadar kka asoslangan umumiy kapital mmasi |
|
|
5131873 | ||
VI |
Riskka asoslangan umumiy ital summasidan olinadigan girmalar |
|
|
| ||
1 |
Konsolidirlashmagan xonalar kapitaliga investitsiya |
|
|
| ||
2 |
Bank kapitalining barcha estitsiya instrumentlari |
|
|
| ||
VII |
Riskka asolangan kapitalning umiy summasi |
|
|
5131873 | ||
VIII |
Riskni hisobga olgan holdagi ivlar umumiy summasi |
|
|
5865067 | ||
IX |
I darajali kapital etarlilik ajasi (III / VII) |
|
|
87,3194% | ||
X |
Riskka asoslangan umumiy italning etarlilik darajasi (VII / I) |
|
|
87,4990% |
Tijorat banklarining kapitalini boshqarishning asosiy yo‘nalishlari va usullari.
Regulyativ kapital I darajali kapital va II darajali kapitalning yig‘indasidan iborat.
Regulyativ kapital tarkibiga xavfsiz bo‘lmagan va nosog‘lom bank faoliyatining yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan shartlar (tashkil qilinadigan jamg‘armalar/zaxiralardan belgilangan maqsadga muvofiq foydalanish, qarz majburiyatlarini chiqarish shartlari va boshqalar) bilan cheklangan kapital elementlari kiritilishi mumkin emas.
I darajali kapital regulyativ kapitalning 75 foizidan kam bo‘lmasligi lozim. II darajali kapital miqdori I darajali kapital miqdorining uchdan bir qismidan oshib ketsa, oshgan summa regulyativ kapital tarkibiga kiritilmaydi.
I darajali kapital I darajali asosiy kapital va I darajali qo‘shimcha kapitalni o‘z ichiga oladi.
I darajali asosiy kapital bank regulyativ kapitalining 60 foizidan kam bo‘lmasligi va o‘z ichiga quyidagilarni olishi zarur:
bankning to‘liq to‘langan oddiy aksiyalari;
qo‘shilgan kapital — oddiy aksiyalarni birinchi marta joylashtirilishida
ularning nominal narxidan yuqori to‘langan summa;
taqsimlanmagan foyda:
bank balansidagi avvalgi yillarning taqsimlanmagan foydasi hisobidan shakllangan kapital zaxiralar va boshqa zaxiralar (tekinga olingan mulklar (30905) va boshlang‘ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi (30908) bundan mustasno); to‘lanmagan dividend summasidan tashqari o‘tgan yillardan qolgan
taqsimlanmagan foyda; joriy yil zararlari;
ozchilik ulush egalarining bank yig‘ma balansiga birlashadigan
korxonalardagi ulushlari. Bu ulush sho‘‘ba korxonalari hisobvaraqlari bank moliyaviy hisobotlarida birlashtirilganda va bank ulushi bunday korxonalar kapitalining 100 foizdan kam qismini tashkil qilganda vujudga keladi; devalvatsiya zaxirasi.
I darajali qo‘shimcha kapital o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
nokumulyativ muddatsiz imtiyozli aksiyalar. Bunday aksiyalar quyidagi
shartlarni qanoatlantirishi lozim:
muayyan sotib olish sanasi yoki shartlariga ega emas; egasining xohishiga ko‘ra sotib olinishi mumkin emas;
bank aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi qaroriga muvofiq ularga doir
dividendlar to‘lanmasligi mumkin; ular bo‘yicha o‘tgan davrdagi olinmagan dividendlar to‘lanmaydi; bank faqat O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan oldindan olingan ruxsati bilan va chiqarilganiga 10 yildan kam bo‘lmagan aksiyalar va sotib olinadigan summani kapitalning o‘sha turi yoki boshqa undan yuqoriroq turiga almashtirgandan so‘ng yoxud bank kapitalining monandligi kapitalga qo‘yilgan minimal talabdan yuqori ekanligini ko‘rsatgandan so‘ng, ularni sotib olishi mumkin bo‘lgan.
qo‘shilgan kapital — imtiyozli aksiyalarni birinchi marta
joylashtirilishida ularning nominal narxidan yuqori to‘langan summa;
I darajali qo‘shimcha kapitalga qo‘shilish shartlariga javob beruvchi
Shuba korxonalarning ishtirok etish ulushi (sho‘‘ba korxonalari tomonidan chiqarilgan va uchinchi shaxslar ixtiyorida bo‘lgan kapitalga tenglashtirilgan vositalar).
joriy yildagi sof foydasi, bankning oraliq moliyaviy hisoboti auditorlik tekshiruvidan o‘tgan bo‘lsa — tasdiqlangan moliyaviy natijalaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, aks holda bank hisobotidagi sof foydaning 50 foizi;
chegirmalardan so‘ng tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlar
summasining 1,25 foizidan yuqori bo‘lmagan miqdordagi standart kreditlarga
(aktivlar) yaratiladigan zaxiralar;
v) chegirmalardan so‘ng I darajali kapitalning uchdan bir qismidan
oshmagan miqdorda aralash turdagi majburiyatlar (aksiyadorlik va qarz kapitali xususiyatlariga ega bo‘lgan vositalar). Aralash turdagi majburiyatlar, shuningdek I darajali kapitalga kiritilmagan imtiyozli aksiyalar, agar ular quyidagi shartlarga javob bersa, II darajali kapitalga kiritiladi:
to‘liq to‘langan; garov bilan ta’minlanmagan;
bank tugatilganda ularga doir talablar bank depozitorlari va bank boshqa
kreditorlari talablari bajarilgandan so‘ng qondiriladigan; aksiya egasining tashabbusi bilan va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
bankining oldindan berilgan roziligisiz to‘lanishi mumkin bo‘lmagan; bankning barcha zaxiralarini qoplashi va bankni to‘lovga qobiliyatsiz deb
e’lon qilish huquqini bermaydigan; agar bank oxirgi 3 ta chorak mobaynida foyda olmagan bo‘lsa yoxud oddiy yoki imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar (foizlar) to‘lamaslik to‘g‘risidagi qaror qabul qilishda ushbu majburiyatlarga doir dividendlar (foizlar)ni to‘lash muddati emitent xohishiga ko‘ra kechiktirilishi mumkin bo‘lgan aksiyalar;
g) subordinar qarz, bu bankning qarz majburiyatlari shakli bo‘lib, bank kapitalini aniqlash maqsadida hisob-kitoblardan so‘ng I darajali kapitalning uchdan bir qismidan oshmasligi kerak. II darajali kapitalga kiruvchi subordinar qarz summasi to‘lash muddati etib kelgunga qadar oxirgi 5 yil davomida yiliga 20 foizga kamayib borishi shart. II darajali kapital tarkibiga kiruvchi subordinar qarz quyidagi talablarga javob berishi lozim:
garov ta’minotiga ega bo‘lmasligi;
bank tugatilayotganda ushbu majburiyatlar bo‘yicha talablar depozitorlar
va bankning boshqa kreditorlari talablari qondirilganidan so‘ng amalga oshirilishi; boshlang‘ich to‘lov muddati 5 yildan keyin bo‘lishi;
muddatidan avval O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning ruxsati bilan qaytarilishi.
d) aktivlarning boshlang‘ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining
oshgan summasining 45 foizi miqdori.
Kapitaldan chegirmalar kapital monandligi koeffitsientlari hisoblangunga qadar I darajali kapitaldan chegiriladi.
I darajali kapitalni hisoblab chiqarishda I darajali asosiy kapital va I darajali qo‘shimcha kapital yig‘indisidan quyidagilar chegiriladi:
nomoddiy aktivlar;
birlashmagan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar kapitaliga barcha investitsiyalar summasi, shu jumladan bunday xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar kapitalini tashkil qiluvchi qarz majburiyatlari; boshqa banklarning kapitaliga qilingan investitsiyalar.
Адабиётлар:
Финансы Подредакцией В.М. Родиновой. М.: Финансы и статистика, 1995.
Д. Шим и Д. Сигел. Финансовый менеджмент. М.,1996.
Д. Шим и Д. Сигел. Методы управления стоимостью и анализа затрат. М., 1995.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Кичик ва ўрта тадбиркорликни ривожлантиришни рағбатлантиришга оид қўшимча чора - тадбирлар тўғрисида"ги Фармони, (1997. 31 январь). Солиқ ва божхона хабарлари, 1997 й. 6 - 12 январ. 7 - сон.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Банк тизимини янада эркинлаштириш ва ислоҳ қилиш борасидаги чора - тадбирлар тўғрисида"ги Фармони, Халқ сўзи. 2000 й. 21 март.
Download 108 Kb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling