Tijorat banklarining kapitalini boshqarishning asosiy vazifalari


Download 108 Kb.
bet1/3
Sana24.12.2022
Hajmi108 Kb.
#1058288
  1   2   3
Bog'liq
1523440918 70966


Tijorat banklarining kapitalini boshqarishning asosiy vazifalari
Reja:



  1. Bank kapitalini kupaytirishning asosiy manbalari.

  2. Tijorat banklarining kapitalini boshqarishning asosiy yo‘nalishlari va usullari.

  3. O‘zbekiston Respublikasida jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida tijorat banklari kapitalini ko‘paytirish borasidagi islohotlar.

Bank kapitalini ko‘paytirishning asosiy manbalari
Bankning o‘z kapitalini ko‘paytirish bank hamkorlarining manfaatlaridan kelib chiqadi va u bank tizimining barqarorlik shartlaridan biri hisoblanadi. U bankka aktiv operatsiyalar hajmini kengaytirishga va ularning samaradorligini oshirishga imkon beradi. Bir vaqtning o‘zida mijozlarga xizmat ko‘rsatishning moliyaviy kafolati oshadi, ko‘rsatiladigan xizmatlar doirasi kengayadi, banklararo raqobat vujudga keladi. Kapitalni boshqarish jarayoni uni to‘ldirishning manbalarini qidirib topishga bog‘liq. Bank kapitalini to‘ldirishning manbalari ichki va tashqi manbalarga bo‘linadi.
Kapitalni ko‘paytirishnin asosiy ichki manbasi bu foydaning aksionerlarga to‘lanmaydigan va bankda qoladigan qismidir. Kapitalni ko‘paytirining bunday usulining asosiy afzalliklari quyidagilar:

  • YAngi aksiyalarni joylashtirish bo‘yicha xarajatlarning yo‘qligi;

  • Bankning ochiq bozor mablag‘lariga nisbatan mustaqilligi;

  • YAngi shaxslarning bankni boshqarishdagi qatnashishini chegaralash hisobiga mavjud aksionerlarning manfaatlarini himoyalash.

Ammo bu usulning ham kamchiliklari mavjud. Asosan, bu bank tomonidan olinadigan foyda hajmini cheklanganligi, hamda to‘lanadigan dividendlar va ushlab qolinadigan foyda hajmlari o‘rtasida nisbatni o‘rnatish zaruriyatidir.
Ushlab qolinadigan foydaning hajmi bankni boshqarishda katta ahamiyatga ega. Ushlab qolingan foyda ulushining kichikligi kapitalning ichki manbalarining o‘sishini sekinlashtiradi, Shu bilan birga bankrotlik riskini oshiradi va foyda keltiruvchi bank aktivlarining hajmini kengayishini to‘xtatadi. Ushlab qolingan foydaning dividendlarning hajmini tushiririshi mumkin, bu esa aksiyalarning bozor kursini tushishiga olib keladi. Bu holatda ulanadigan foyda va aktivlarning o‘sish sur’ati orasidagi optimal nisbatni aniqlash zarur. Aktivlarning o‘sish sura’ti aksionerlik kapitalini soliqlar to‘langandan keyingi sof foydani, ushlanadigan foyda ulushiga ko‘paytmasiga bo‘lish orqali topiladi. Aq.s. q SF / Ak * UFU Bu erda:

Download 108 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling