Tijorat banklarining kredit siyosatiga qo’yiladigan Markaziy bank talablari


Download 28.4 Kb.
bet5/7
Sana16.06.2023
Hajmi28.4 Kb.
#1492482
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
БИА-84и Банк иши ОН

2.9. Foiz stavkalari
Kredit siyosati “kreditning to‘liq qiymati” tushunchasini, shu jumladan kredit olish va xizmat ko‘rsatish (qaytarish) bilan bog‘liq bo‘lgan barcha to‘lovlar to‘g‘risidagi shartlar bo‘yicha to‘liq ma’lumotni o‘z ichiga olishi zarur. Bunda, shu jumladan, resurslar qiymati, kredit bo‘yicha xizmat ko‘rsatishga doir kutilayotgan xarajatlar, vositachilik haqi, ma’muriy sarflar, ehtimoliy yo‘qotishlarga qarshi zaxiralar va bank marjasi baholanishi zarur.
(2.9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/24-sonli (ro‘yxat raqami 905-5, 14.05.2019-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 10/19/905-5/3126-son)
Jismoniy shaxslarga berilgan iste’mol kreditlari va qarzlarning to‘liq qiymatini hisoblash mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq tartibda amalga oshiriladi.
(2.9-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/24-sonli (ro‘yxat raqami 905-5, 14.05.2019-y.) qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 10/19/905-5/3126-son)
Kredit siyosati quyidagi taqiqlarni nazarda tutishi shart:
mikroqarz shartnomalari bo‘yicha yillik qarz summasining yarmidan ko‘p miqdorda foizlar hisoblash, komissiya va neustoyka (shtraf, penya) undirish, javobgarlikning boshqa choralarini qo‘llash;
kredit buyurtmalarini ko‘rib chiqish, ssuda hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatish, kreditlar ajratish uchun to‘lovlar, shuningdek, jismoniy shaxslar va kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan kreditlar (mikroqarzlar) muddatidan ilgari so‘ndirilganligi uchun neustoyka undirish.
2.10. Bog‘liq shaxslar bilan bajariladigan operatsiyalar
Kredit siyosati bank bilan bog‘liq shaxslarga beriladigan kreditlar bo‘yicha Markaziy bank talablariga muvofiq keluvchi limitlarni o‘z ichiga olishi lozim.
Kredit siyosatida bank bilan bog‘liq shaxslar bilan bitimlarni qisqartirish yoki ularni tuzishning har qanday imkoniyatlarini bartaraf etish maqsadida bog‘liq shaxslarga beriladigan kreditlarni tasdiqlash va qayta tiklash tartibi va tadbirlari belgilab qo‘yilishi kerak.

Download 28.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling