Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘ladigan operatsiyalari
Download 42.5 Kb.
|
9-Mavzu B H T VA A
Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘ladigan operatsiyalariReja:
l. Qimmatli qog‘ozlar, ularning turlari va ahamiyati 2. Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalari va ularning bank faoliyatida tutgan o‘rni l. Qimmatli qog‘ozlar, ularning turlari va ahamiyati Qimmatli qog‘oz – o‘zi bilan bog‘liq mulkiy huquqlarni aks ettiradigan hujjatdir, u daromad manbayi bo‘lib xizmat qiladi. U bozorda muomalada yuritilishi va oldi-sotdi vositasi bo‘lishi mumkin. Jahon amaliyotida qimmatli qog‘ozlarning har xil turlari ishlatiladi. Qimmatli qog‘ozlar bozori kredit munosabatlari bilan birgalikda, o‘z qiymatiga ega bo‘lgan, sotish, sotib olish va to‘lovlarni amalga oshirish mumkin bo‘lgan maxsus hujjatlar (qimmatli qog‘ozlar)ga egalik qilish bilan ham bevosita bog‘liq. Qimmatli qog‘ozlar o‘zida mulkchilik huquqini mujassamlashtirgan boz orda erkin aylanadigan, sotib olish, sotish va boshqa bitimlar ning obyekti bo‘ladigan, doimiy va bir martalik daromad olish manbayi bo‘lib xizmat qiladigan, pul kapitalining bir ko‘rinishidagi hujj atdir. Qimmatli qog‘ozlar turli subyektlar tomonidan chiqarilishi mumkin. Bu emitentlar 5 guruhga bo‘linadi: Hukumat. Davlat korxonalari. Xususiy sektor. Markaziy bank. Chet el subyektlari. Hamma qimmatli qog‘ozlarni davlat, xususiy yoki xalqaro qimmatli qog‘ozlarga ajratish mumkin. Xususiy sektor tomonidan chiqarilayotgan qimmatli qog‘ozlar qatorida turli ishlab chiqarish korxonalari, tijorat banklari, investitsion banklar, investitsion fondlar va boshqalarning qimmatli qog‘ozlari alohida o‘rin tutadi. Xalqaro qimmatli qog‘ozlar ularning hisoblanadigan valuta va emitentlari bo‘yicha bo‘linadi. Qimmatli qog‘ozlar muomalada bo‘lish hududiga ko‘ra regional (mahalliy), milliy va xalqaro qimmatli qog‘ozlarga bo‘linadi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikga erishgandan so‘ng 1993-yil 2-sentabrda Oliy Kengash tomonidan „Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida“gi Qonun qabul qilindi. Ushbu qonun qimmatli qog‘ozlar bozorini tashkil qilish bo‘yicha bir inchi va asosiy hujjat bo‘ldi. Keyinchallik bu qonunga besh marotaba qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. Bu qonunga asosan, O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi turdagi qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi va muomalada bo‘lishi mumkin: Aksiyalar. Obligatsiyalar. Xazina majburiyatlari. Depozit sertifi katlari. Veksellar. Qimmatli qog‘ozlar hosilalari, ya’ni opsion va fyucherslar kiradi. Shu bilan birgalikda, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 96-moddasiga binoan qimmatli qog‘ozlar jumlasiga quyidagilar kiradi: Chek. Depozit va jamg‘arma sertifi katlari. Bankning pul taqdim qiluvchiga beriladigan jamg‘arma daftarchasi. Konosament. Obligatsiyalar. Veksellar. Qimmatli qog‘ozlarning bu turlariga qisqacha ta’rif beramiz. AKSIYA – bu qimmatli qog‘oz bo‘lib: – harakat muddati cheklanmagan; huquqiy yoki jismoniy shaxs tomonidan aksiyadorlik jamiya-tiga muayyan hissa qo‘shilganligini va uning mazkur jamiyat mulkidagi ishtirokini bildiruvchi; aksiya bo‘yicha dividend ko‘rinishida foyda olish huquqi-ni beruvchi aksiyadorning shu jamiyat boshqarish ishiga qatnasha olishini tasdiqlovchi yuridik hujjatdir. Download 42.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling