Tijorat banklarining valyuta operatsiyalari
Qurollar va harbiy texnika, ularni ishlab chiqarish uchun maxsus ehtiyot qismlar; qimmatbaho
Download 75.66 Kb.
|
Moliya va Moliya inustitutlari Shaxobjon
Qurollar va harbiy texnika, ularni ishlab chiqarish uchun maxsus ehtiyot qismlar; qimmatbahometallar, qotishmalar, ulardan yasalgan buyumlar; qimmatbaho ruda metallari, konsentratlari,parchalari va chiqindilari;
qimmatbaho toshlar va ulardan yasalgan buyumlar, qimmatbaho tabiiy toshlarning chiqindilari, kukunlari va ularning reko‘peratorlari, marvarid va undan yasalgan buyumlar, qahrabo va undan yasalgan buyumlar; uran va boshqa radioaktiv moddalar hamda ulardan yasalgan buyumlar, radioaktiv moddalarning chiqindilari, radioaktiv moddalar foydalanilgan asbob va uskunalar; rangli metallar, rangli metallari prokati, rangli metallarning parchalari va chiqindilari; qora metallar, qora metallari prokati, qora metallarning parchalari va chiqindilari; xom neft, tabiiy gaz; paxta tolasi, paxta linti. paxta tolasi, paxtadan yigirilgan ip; paxta linti; xom neft, gaz kondensati, neft mahsulotlari; elektr quvvati; qimmatbaho metallar, ularning qotishmalari, parchalari va chiqindilari; qora metallar, ularning qotishmalari, parchalari va chiqindilari. Davlat sub’ektlariga ular zimmasiga davlat tomonidan yuklangan xuquq va majburiyatlarni tasarrufchilari kiradi. Bo‘lar o‘z-o‘zini boshqaradigan hududlar, ularning mulkchilik shaklidan qat’iy nazar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardir (aksionerlik jamiyatlari, davlat korxonalari, kichik va o‘rta korxonalar, xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar, xususiy korxonalar, tadbirkorlar va boshqalar). 2012 yilda valyuta siyosati milliy valyuta va narxlar barqarorligini ta’minlash hamda eksportni rag‘batlantirishga yo‘naltirildi. Bunda ichki valyuta bozorida almashuv kursini maqsadli koridor doirasida ushlab turish uchun, valyuta savdolarida intervensiya operatsiyalarini amalga oshirish orqali Markaziy bank tomonidan so‘m almashuv kursining o‘zgarib boruvchi boshqariladigan usuli qo‘llanildi. Eksportni rag‘batlantirish maqsadida so‘mning AQSH dollariga nisbatan kursini bosqichma-bosqich pasaytirish choralari ko‘rildi. Natijada 2012 yil davomida so‘mning AQSH dollariga nisbatan ayirboshlash kursi 10,5 foizga pasayib, 2013 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra bir AQSH dollari 1984,0 so‘mni tashkil qildi. 2012 yilda banklaro ichki valyuta bozoridagi jami operatsiyalar hajmi 13,7 mlrd. AQSH dollarini, shundan Markaziy bank operatsiyalari 4,8 mlrd. AQSH dollarini tashkil qildi. So‘mning AQSH dollaridan boshqa xorijiy valyutalarga nisbatan almashuv kurslari ushbu valyutalarning tashqi valyuta bozorlaridagi AQSH dollariga nisbatan kurslari dinamikasi va ichki valyuta bozorida so‘mning AQSH dollariga nisbatan almashuv kursi ta’siri ostida shakllandi. SHunga muvofiq, 2012 yilda so‘mning almashuv kursi funt sterlingga nisbatan 14,4 foizga, evroga nisbatan 11,9 foizga, yapon ienasiga nisbatan 2,2 foizga va xitoy yuaniga nisbatan 12,2 foizga pasaydi. Download 75.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling