Tijorat banklarining valyuta operatsiyalari
Download 17.08 Kb.
|
Tijorat banklarining valyuta operatsiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Valyuta va valyuta kursi tushunchasi.
- – jahon va milliy bozor baholarini taqqoslash, shuningdek, milliy va chet el valyutalarida ifodalangan turli mamlakatlarning baho ko‘rsatkichlarini taqqoslash uchun;
- Valyuta kursi
TIJORAT BANKLARINING VALYUTA OPERATSIYALARIReja:1.Valyuta va valyuta kursi tushunchasi.2.Valyuta operatsiyalarini tashkil etishning huquqiy asoslari.3.Valyuta poziyasisi va nazorati.4.Joriy va muddatli operatsiyalar.5.O‘zbekiston Respublikasi valyuta bozorining shakllanishi.6.Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xorijiy valyutalarga bo‘lgan talab vataklifni muvofiqlashtirish. (eksportga yo‘naltirilgan korxonalar faoliyatini qo’llab-quvvatlash nuqtai nazaridan).Valyuta va valyuta kursi tushunchasi.Tashqi iqtisodiy munosabatlar taraqqiyoti turli mamlakatlarning valyutalari qiymatining o‘zaro nisbatini o‘lchashni talab etadi. SHu sababli valyuta kursi valyuta tizimining muhim elementi hisoblanadi.Valyuta kursining zaruriyati quyidagilarda ifodalanadi:– tovarlar va xizmatlar bilan savdo qilishda, kapital va kreditlar harakatida valyutalarni o‘zaro almashtirish uchun; bunda, eksporter kelib tushgan chet el valyutasini milliy valyutaga almashtiradi. CHunki boshqa mamlakatlarning valyutalari mazkur davlat hududida qonuniy xarid qilish va to‘lov vositasi sifatida muomalada aylana olmaydi. Importyor chet eldan sotib olgan tovarlarini to‘lash uchun milliy valyutani chet el valyutasiga almashadi. Qarzdor esa qarzini to‘lash uchun va tashqi qarzlar bo‘yicha foizlarni to‘lash uchun chet el valyutasini sotib oladi;– jahon va milliy bozor baholarini taqqoslash, shuningdek, milliy va chet el valyutalarida ifodalangan turli mamlakatlarning baho ko‘rsatkichlarini taqqoslash uchun;– firma va banklarning chet el valyutasidagi hisob varaqlarini vaqti-vaqti bilan qayta baholash uchun valyuta kursi zarur.Valyuta kursi – bu bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakatlar pul birliklarida yoki xalqaro valyuta birliklarda ifodalangan bahosidir.
Har qanday baho kabi valyuta kursi valyutaga talab va taklif ta’sirida asosiy qiymatidan (ya’ni valyutaning xarid qilish qobiliyatidan) nari-beri siljiydi. Bunday talab va taklifning o‘zaro mosligi bir qator omillarga bog‘liq. Valyuta kursining ko‘p omilliligi uning boshqa iqtisodiy kategoriyalar bilan bog‘liqligini, jumladan, qiymat, narx, pul, foiz, to‘lov balansi va boshqalar bilan bog‘liqligini aks ettiradi. SHuningdek ularing murakkab biri kuvi va ba’zi omillarning eng muhim omil sifatida yuzaga chiqishiga olib keladi. Bu omillar ichida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin. Download 17.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling