Tijorat banklarning passivlar tarkibi va ularning joylashuvi Reja
Biror shaxs tomonidan balog‘atga etmagan shaxs nomiga qo‘yilgan omonatlarni quyidagilar tasarruf etishlari mumkin
Download 23.33 Kb.
|
TIJORAT BANKLARNING PASSIVLAR TARKIBI VA ULARNING JOYLASHUVI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Depozitlarning turlari
Biror shaxs tomonidan balog‘atga etmagan shaxs nomiga qo‘yilgan omonatlarni quyidagilar tasarruf etishlari mumkin:
a) 14 yoshga to‘lguniga qadar - ota-onalar yoki balog‘atga etmagan shaxsning boshqa qonuniy vakillari; b) vasiylik kengashining ruxsati bo‘lgan vasiylar; v) 14 yoshga to‘lganidan so‘ng - ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarning yozma ravishdagi roziligiga ko‘ra balog‘atga etmagan shaxslarning o‘zi. Depozitlar (omonatlar)ga doir foiz stavkalari banklar tomonidan depozitorlar bilan kelishuvga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan qayta moliyalash stavkasini, bankning narx siyosatini hisobga olgan holda belgilanadi. SHartnomada ko‘zda tutilgan foizlar miqdori qonunchilik asosida kamaytirilgan hollarda, foizlarning yangi miqdori, depozitorlarga foizning kamayishi haqida xabar berilganidan so‘ng qo‘yilgan depozitlarga nisbatan qo‘llaniladi. Ushbu xabargacha qo‘yilgan depozitlarga nisbatan kamaytirilgan foizlar miqdori bank omonat shartnomasida boshqa muddat ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, tegishli xabar berilgan vaqtdan boshlab bir oy o‘tgach qo‘llanadi. Agar shartnomada boshqa holatlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, depozitorning birinchi talabiga ko‘ra depozit hisobvaraqlaridan omonatning butun summasi yoki uning bir qismini olishga doir hech qanday cheklashlar belgilanmaydi. Depozitlarning barcha turlari bo‘yicha jismoniy shaxslar vasiyatnoma tuzish huquqiga egadirlar. Depozitlarning turlari: Ø talab qilib olinguncha depozitlar; Ø jamg‘arma depozitlari; Ø muddatli depozitlar; Ø jamg‘arma (depozitli) sertifikati; Ø boshqa depozitlar. Talab qilib olinguncha depozitlar Talab qilib olinguncha depozitlar yuridik va jismoniy shaxslarning kundalik maqsadlar uchun hohlagan vaqtda talab qilib olishlari mumkin bo‘lgan talab qilib olinguncha hisobvaraqlardagi mablag‘laridir. Bank depozitorning birinchi talabiga ko‘ra (depozit shartnomasida boshqa muddatlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, depozitorning tegishli ko‘rsatmasi bankka kelib tushgan kunning ertasidan kechikmagan holda) uning to‘lovlar bo‘yicha topshirig‘ini bajarishi zarur. Talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i bo‘yicha xizmat ko‘rsatish uchun haq to‘lash shartnomada belgilangan miqdorda amalga oshiriladi. Hisobvaraqqa undagi qoldiqning o‘rtacha miqdori oldindan kelishilgan holda bank bepul xizmat ko‘rsatadi. Mijoz tomonidan ushbu shartlarga rioya qilinmagan taqdirda, ya’ni hisobvaraq qoldig‘ining kelishilgan miqdori kamaytirilsa, mijoz bankning pul-hisob-kitob operatsiyalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha operatsiyalari xarajatlarini bank bilan mijoz o‘rtasida tuzilgan shartnomada belgilangan miqdorda to‘laydi. Talab qilib olinguncha depozitlar mijozning topshirig‘iga ko‘ra shartnomaning oldindan kelishilgan shartlari asosida ushbu mijozning boshqa turdagi depozitlariga o‘tkazilishi mumkin. Download 23.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling