Tijorat faoliyati
Ilg‘or xorijiy tajriba bilan uzviylik
Download 0.56 Mb.
|
Tijorat faoliyati amaliy mashg\'ulot daftari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uslubiy ko’rsatmani takomillashtirish masalalari
- Tijorat faoliyati”
Ilg‘or xorijiy tajriba bilan uzviylik.
Mazkur majmua ilg‘or xorijiy tajribani keng o‘rganish, umumlashtirish va undan ta’lim va tadqiqotlar jarayonida samarali foydalanish mahsulidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019yil 8oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF5847sonli Farmonida “...quyidagilar oliy ta’lim tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari hisoblanadi: mamlakatni modernizatsiya qilish, ijtimoiyiqtisodiy jihatdan barqaror rivojlantirish uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, inson kapitalini mehnat bozori talablari asosida rivojlantirish, oliy ta’lim bilan qamrov darajasini oshirish, xalqaro standartlar asosida yuqori malakali, kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan kadrlar tayyorlash, ularning intellektual qobiliyatlarini namoyon etishi va ma’naviy barkamol shaxs sifatida shakllanishi uchun zarur shartsharoit yaratish, sohada sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, uning jozibadorligini oshirish, jahon miqyosidagi raqobatbardoshligini ta’minlash hamda oliy ta’lim bilan qamrovni kengaytirish, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish, ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish, oliy ta’lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, oliy ta’lim tizimining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xalqaro miqyosda tanilishi va raqobatbardoshligini ta’minlash, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida oliy ta’lim muassasalariga yuqori malakali pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirib borish...”1 deb alohida ta’kidlangan. Ushbu qarorda belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida ta’lim va tadqiqotlarning mazkur axborotresurs manbaini ishlab chiqishda Dankin Universiteti, Massachusets Texnologiya instituti va NyuYork Davlat Universiteti (AQSh), Oksford Universiteti, Bat Universiteti va London Metropoliten Universiteti (Buyuk Britaniya), Bremerxafen Universiteti (Germaniya), Vaseda Universiteti (Yaponiya), Kemyong Universiteti (Koreya Respublikasi), Shanxay Universiteti (XXR) va boshqa yetakchi xorijiy universitetlar boy ijobiy tajribasidan samarali foydalanildi. Uslubiy ko’rsatmani takomillashtirish masalalari Uslubiy ko’rsatma o‘quv yili mobaynida xalqaro va milliy iqtisodiyot tizimidagi o‘zgarishlar va tendensiyalar, yangi qabul qilingan qonunlar, farmonlar va qarorlarni, xorijda va respublikada chop etilgan yangi o‘quv va ilmiy adabiyotlarni, fantexnika va texnologiya borasida erishilgan yangi yutuqlarni hisobga olgan holda muntazam takomillashtirilib boriladi. “Tijorat faoliyati” fani o‘z ichiga quyidagi vazifalarni oladi: Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling