birinchidan, yangi tovarlarga iste’molchilik xulqatvorinining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish;
ikkinchidan, tovarlar marketingi majmuini ishlab chiqish jarayonlarini bilish;
uchinchidan, tovar va xizmatlarga talabni shakllantirishni tahlil qilish va istiqbollashni amalga oshirish yo‘llarini;
to‘rtinchidan, yuqori texnologik bozorlarda marketing tadqiqotlari o‘tkazish va mazkur bozorni segmentlashni tahlil qilish va istiqbollashni amalga oshirishni;
beshinchidan, rivojlangan xorijiy firmaning bozor strategiyasini tanlash bo‘yicha turli holatlarni tahlil qilish va qarorlar qabul qilishni o‘rganadi.
Shuningdek, “Tijorat faoliyati” fani fundamental fanlardan biri bo‘lib, boshqa marketing fanlarini o‘rganishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
AMALIY MASHG‘ULOTLAR UCHUN TOPSHIRIQLAR, KEYS STADI, VAZIYATLI MASALALAR VA TESTLAR
AMALIY MASHG’ULOT MATERIALLARI
1AMALIY MAShG‘ULOT: TIJORAT FAOLIYATI TUShUNChASI, UNING IJTIMOIYIQTISODIY MOHIYATI
Amaliy mashg‘ulot uchun rejatopshiriq:
1.1. Tijorat faoliyati maqsadi va vazifalarini o’rganish
1.2. Tijorat faoliyati tamoyillari va ularning mazmunini amaliyotda qo’llash
1.3. Tijorat faoliyatining tarkibiy qismlarini o’rganish
AMALIY TOPShIRIQLAR:
1topshiriq.
Tijorat faoliyati tushunchasiga to‘liq ta’rif bering. O‘zbekistonda tijorat faoliyatining shakllanishi, rivojlanishi va ushbu soha taraqqiyoti asosida hozirgi paytda qancha yechimini kutayotgan masalalarni yechish mumkin? Qaysi sohalarda tijorat faoliyatini rivojlantirish juda zarur deb hisoblaysiz? Javobingizni izohlang va qayta jo‘nating.
________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |