Tikuv buyumlari konstruksiyasi


Tikilgan buyumlar assortimentining tasnifi


Download 43.66 Kb.
bet2/5
Sana09.06.2023
Hajmi43.66 Kb.
#1467032
1   2   3   4   5
Bog'liq
0898 tbk kurs

Tikilgan buyumlar assortimentining tasnifi. Tikilgan buyumni alohida guruhlarga birlashtirishda ishlatilishi, foydalanish sharoiti, qo’llaniladigan materiallari kabisifat belgilari muhim ahamiyatga ega. Ularning hozirgi zamonaviy assortimenti juda xilma-xil, murakkab va yuzlab kiyim turlari, bosh kiyimlar va kiyimlar guruhiga kirmaydigan tikilgan (ko’rpa-to’shak va sochiq-dasturxonlar, sport ashyolari va boshqalar) buyumlarni o’z ichiga oladi. Hozirgi kunda ularning ikki mingdan ko’prog’i mavjud. Shuning uchun ularni birgina belgisi bo’yicha tasniflab bo’lmaydi. Chunki tikilgan buyumlarni tasniflash paytida ularning ishlatilishi, materialining turi, texnologik ishlov berilishining o’ziga xos xususiyatlari, tikuv fabrikasidagi uskunalarning tavsifi va boshqa belgilari e’tiborga olinadi.
Tikilgan buyumlar assortimenti doimo o‘zgarib boradi. Yangi xom-ashyolar ishlatilishi, yengil sanoat tarmoqlarida texnik yangiliklarning joriy etilishi, modaning o‘zgarishi, aholi talabining o‘sishi va boshqa sabablar natijasida yiliga 60%gacha kiyim modellari yangilanib turiladi, Iste’molchilar talabiga javob bermaydigan kiyimlarning ishlab chiqarilishi to‘xtatiladi va ko‘proq zamonaviy buyumlar joriy etiladi.
Trikotaj buyumlar assortimentining tasnifi. Hozirgi kunda trikotaj buyumlarining yagona tasnifi yo‘q. Trikotaj buyumlari ishlatilishi, xomashyo turi, to‘qilishining tuzilishi, tayyorlanish usullari, mato va buyumlarning pardozi bo‘yicha tasniflanadi. Ishlatilishi bo‘yicha trikotaj buyumlari ustki, ichki trikotaj, paypoq buyumlari, qo‘lqoplar. ro‘mol-sharflar va bosh kiyimlariga bo‘linadi. Hаr bir guruh yana turlarga ajratiladi. Xomashyosi bir xil va turli kalava, ip yoki ularning aralashmasidan tayyorlangan trikotaj buyumlaridan iborat. Trikotaj to‘qilishining tuzilishi bo‘yicha buyumlar ko‘ndalang, o‘rib to‘qilgan bo‘ladi. Tayyorlanish usullariga trikotaj buyumlari halqalangan (muntazam va yarim muntazam, bichilgan va qurama) bo‘lishligi kiradi. Pardozlash usuli va matoga ishlov berilishi bo‘yicha esa buyumlar xom qaynatilgan, oqartirilgan, bo‘yalgan, gul bosilgan. patli, zamshga o‘xshash, bosib naqsh solingan hamda maxsus ishlov berilgan bo‘lishi mumkin. Trikotaj buyumlari yuqoridagilardan tashqari, fasoni, tuzilishi, yenglari va yoqasini birlashtirish xususiyati, matosining tashqi ko‘rinishi, guli kabi belgilari bilan ham bo‘linadi.

Download 43.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling