2.
|
I. Fanning mazmuni:
“Tikuv buyumlarini konstrukstiyalash va loyihalash” fani talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, umumiy o‘rta ta’lim maktablari texnologiya fani servis xizmati yo‘nalishi bo‘yicha tikuvchilik buyumlarini tayyorlashda o‘g‘il bolalar, qiz bolalar, ayollar va erkaklar kiyimlarining chizmalarini maxsus kompyuter dasturlari orqali chizish, asos chizmaga fason chiziqlarini kiritib – modellashtirish qoidalarini, modellashtirilgan kiyimning 1:5 masshtabda maketini tikishni, bu bilan talabalar kelajakda kerakli o‘lchamdagi kiyimlarni andazasini mustaqil chiza olishlarini, o‘zlari xohlagan turli xil fasondagi kiyimlarni asos chizmaga asosan modellashtirib tika olishlarini o‘rgatadi. Texnologiyaga oid hodisa va jarayonlarga nazariy, amaliy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Fanning maqsadi – Bo‘lajak mutaxassislarni umumiy o‘rta ta’limda maktab o‘quvchilarini ijodiy faoliyatga muvaffaqiyatli tayyorlash, talabalarga o‘g‘il bolalar, qiz bolalar, ayollar va erkaklar kiyimlarini asos andozalarini qurish va model eskizi bo‘yicha maxsus kompyuter dasturlari orqali konstrukstion chiziqlar kiritgan holda modellashtirishni o‘rgatishdan iborat.
| |