Rasm 4.1. Erkaklar kostyumi detallarining asosiy andazasini chizish :
a)-pidjakning orqasi, yon bo`lak va pidjakning oldi; b)-eng; v)- shimning old va orka qismlari
;
Reglan engli kiyimda ketiklarning o`rni orqaning o`rta chizigida xuddi bel to`grisida, kiyim
orqasi va oldining yon chiziqlarida esa ayni bel va son chiziqlari to`grisida bo`ladi. Orqa eng
o`mizidagi birinchi kertik esa tirsakning perekat chizigi uchida bo`ladi. Englarining o`mizga ulab
tikiladigan chiziqlarining to`rt joyi kertiladi: engning oldingi qismida - old yoqa o`mizi burchagidan
6-7 sm masofada, engning orqa qismida - orqa yoqa o`mizi chizigidan 7-8 sm masofada; engning
old qismida esa-old perekat chizigining uchi bilan bir satha joylashadi. Englarning old va orqa
qismlarida ustki zixlarining uch joyi kertiladi: biri-elkaning oxirgi nuqtasi bilan bir satha,ikkinchisi-
eng o`mizining chuqurlik chizigi sathida, uchinchisi-eng uchi chizigidan 7-8 sm narida joylashadi.
Engning old va orqa qismlarining ostki zahlaridagi birinchi kertik shu chiziq uchidan 6-7 sm
masofada, ikkinchi kertik esa eng uchidagi chiziqdan 7-8 sm masofada bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |