Tikuv buyumlarini konstruktsiyalash


Rasm 4.2. Pidjak (a) va shim (b) detallarning hosila andazalarini tayyorlash


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/47
Sana05.01.2022
Hajmi0.67 Mb.
#222160
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
Bog'liq
tikuv buyumlarini konstruktsiyalash

Rasm 4.2. Pidjak (a) va shim (b) detallarning hosila andazalarini tayyorlash. 

Asosiy andazalar ishlab chiqilgandan keyin detallarining juftlashtiriladigan konturlari 

tekshirib quriladi (4.2-rasm). 

 

Ikkilamchi  (hosila)  andazalar  asosiy  andazalar  asosiy  andazalar  bo`yincha  tayyorlanadi. 

Ikkilamchi  andazalarga  quyidagilar  kiradi:  asosiy  materialdan  tikiladigan  detallarining  (podbort, 

ustki  yoqa,  gulfik  va  otkos)  andazalari;  astarbop  materialdan  tikiladigan  detallarning  (kiyimning 

oldi  va  orqasi,  engning  ustki  va  ostki  qismlari,  jiletka  astari,  shim  old  yarmining  astari,  gulfik, 

otkosok, lei va hokazo) andazalari; oraliq materialdan tayyorlanadigan detallar (kiyimning ko`krak 

qismiga,  elkaga  va  yoqa  oraligiga  qo`yiladigan  dagal  matodan  iborat  bortovka)ning  andazalari; 

astarlik  materialdan  tayyorlanadigan  detallar  (kiyimning  ko`krak  qismiga,  elkaga  va  yoqa 

oraligigiga  qo`yiladigan  dagal  matodan  iborat  bortovka)ning  andazalari;  astarlik  materialdan 



 

40 


tayyorlanadigan detallar (pidjak va jiletkaning old qismiga, yirmochka, orqa, etakka, eng o`miziga, 

yon etakka, englar uchiga, ustki va ostki yoqalarga podbortga qo`yiladigan takroriy oraliq material) 

andazalari.  Podbort,  kiyim  oldi  va  orqasining  astari,  eng  astari  andazalarini  tayyorlash  tartibi  4.3-

rasmda ko`rsatilgan.  

 

Yordamchi  andazalar  kiyim  detallarining  asosiy  va  ikkilamchi  andazalaridan  foydalanib 



tayyorlanadi. 

Asosiy  va  ikkilamchi  etalon-andazalarga  hamda  ish  andazalariga  texnik  talablarga  muvofiq 

qo`yidagi  belgilar  qo`yiladi:  gazlamaning  bo`ylama  yo`nalishini  ifodalovchi  chiziq  -  tanda  ipi 

yo`nalishi (T.I.); bo`ylama yo`nalishdan chetga chiqish chiziqlari; uloq tushadigan joylarda ularning 

minimal va maksimal kengligini ko`rsatuvchi chiziqlar (kiyimlarining tarmoq standartiga muvofiq); 

bir-biriga ulanadigan detallarning juftlashtiriladigan joylaridagi kontrol kertiklar. 

Yordamchi  andazalarda  cho`ntaklar,  vitachkalar,  burmalar,  izmalar,  tugmalar  va  hokazolarni 

ko`rsatiladi. 

Asosiy,  ikkilamchi  va  yordamchi  etalon-andazalarning  xamda  ish  andazalarining  barcha 

komplektlarida kesiladigan joylardagi chiziqlar buyicha (andazaning chetidan 1 mm qochirib) 8-10 

sm  oralatib  tamga  bosiladi  yoki  chiziq  chiziladi;  tamga  va  chiklar  andazaning  eskirish  darajasini 

tekshirib turish uchun kerak. 

Ish  andazalarida  kesish  aniqligidan  yo`l  ko`yiladigan  chetga  chiqishlarni  ko`rsatib  ko`yish 

maqsadgа muvofiq. Kiymning nihoyat darajada aniq bichilishi joylarida (yoqa o`mizi, elka zixlari, 

eng  o`mizi,eng  boshi)  yo`l  ko`yiladigan  chetga  chiqishlar  0.25  sm,  astar  va  oraliq  materialdan 

tayyorlanadigan detallarda 0.4 sm ni tashkil etadi. 




 

41 


E s l a t m a. Detalning asosiy chiziqlarning yo`nalishi modelga va gazlamaning turiga qarab 

boshqacharoq bo`lishi mumkin. Harakatchan to`rsimon strukturali gazlamadan tikiladi. Kiyish 

jararyonida gazlama strukturasi o`zgarib, kiyimning shaklsi buzilishi mumkin. Buni oldini olish 

uchuн kiyim detallarini shunday bichish kerakki, asosiy cho`zuvchi kuchlar gazlamaning tanda 

iplari bo`ylab yunalsin. Buning uchun yukorida aytib o`tilgan belgilardan tashqari, kiyimning har 

bir detalida tanda ipining yo`nalishi va yo`nalishdan yo`l ko`yiladigan chetga chiqishlar ko`rsatiladi. 

Tanda ipi yunalishidan chekli chetga chiqishlar material tolasining tarkibiga, strukturasiga

materialning to`kilish zichligiga kiyimning konstruktsiyasi, vazifasi va hokazolarga bogliq  (4.2 - 

jadval).  

 


Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling