27
vertikal o`rnatilgan tik yoqalar, kiyimning elka qismiga yopishib turadigan yapaloq yoqalar, tik va
qaytariladigan qismlardan iborat qaytarma yoqalar, yuqorida aytib o`tilgan yoqalardan hosil bo`lgan
turli xil fantaziya - yoqalar. Yoqa o`miziga biriktirish usuliga qarab yoqalar yaxlit bichilgan va
o`mizgа o`tkazma yoqalarga bo`linadilar. Yoqalar tepagacha taqiladigan va latskanli kiyimlar
uchun mo`ljallangan bo`ladi. Pidjak tipidagi yoqalarni va qaytarma yoqalarni kiyimning yoqa
o`mizi chizmasiда ko`radilar, qolgan yoqalar alohida qurilishi mumkin.
Yapaloq yoqani kiyimning old va orqa detallarining elka choklari A4 nuqtada solishtirilgan
yoqа o`mizi chizmasida chiziladi (2.11-rasm). Elka choklarining eng umizidagi uchlari 3-4 sm ga
bir-biroviga kiradi. Old bo`lakning markaziy chizigida joylashgan A6 nuktasini 0,5-1 sm ga
pasaytiradilar. Yoqa uchlarini modelga qarab chizishadi.
Tik yoqa tsilindrik yoki konik shaklda bo`lishi mumkin. Tsilindrik shaklidagi tik yoqaning
yoyilmasi to`gri burchakli to`rtburchak shaklida bo`lib, uning uzunligi old va orqa yoqa o`mizi
yoylari uzunligiga teng, balandligi esa modelga qarab olinadi. (2.12-rasm, a).
Do'stlaringiz bilan baham: