Tikuv buyumlarini konstruktsiyalash
Rasm 4.2. Pidjak (a) va shim (b) detallarning hosila andazalarini tayyorlash
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
tikuv buyumlarini konstruktsiyalash
Rasm 4.2. Pidjak (a) va shim (b) detallarning hosila andazalarini tayyorlash.
Asosiy andazalar ishlab chiqilgandan keyin detallarining juftlashtiriladigan konturlari tekshirib quriladi (4.2-rasm). Ikkilamchi (hosila) andazalar asosiy andazalar asosiy andazalar bo`yincha tayyorlanadi. Ikkilamchi andazalarga quyidagilar kiradi: asosiy materialdan tikiladigan detallarining (podbort, ustki yoqa, gulfik va otkos) andazalari; astarbop materialdan tikiladigan detallarning (kiyimning oldi va orqasi, engning ustki va ostki qismlari, jiletka astari, shim old yarmining astari, gulfik, otkosok, lei va hokazo) andazalari; oraliq materialdan tayyorlanadigan detallar (kiyimning ko`krak qismiga, elkaga va yoqa oraligiga qo`yiladigan dagal matodan iborat bortovka)ning andazalari; astarlik materialdan tayyorlanadigan detallar (kiyimning ko`krak qismiga, elkaga va yoqa oraligigiga qo`yiladigan dagal matodan iborat bortovka)ning andazalari; astarlik materialdan
40
tayyorlanadigan detallar (pidjak va jiletkaning old qismiga, yirmochka, orqa, etakka, eng o`miziga, yon etakka, englar uchiga, ustki va ostki yoqalarga podbortga qo`yiladigan takroriy oraliq material) andazalari. Podbort, kiyim oldi va orqasining astari, eng astari andazalarini tayyorlash tartibi 4.3- rasmda ko`rsatilgan.
Yordamchi andazalar kiyim detallarining asosiy va ikkilamchi andazalaridan foydalanib tayyorlanadi. Asosiy va ikkilamchi etalon-andazalarga hamda ish andazalariga texnik talablarga muvofiq qo`yidagi belgilar qo`yiladi: gazlamaning bo`ylama yo`nalishini ifodalovchi chiziq - tanda ipi yo`nalishi (T.I.); bo`ylama yo`nalishdan chetga chiqish chiziqlari; uloq tushadigan joylarda ularning minimal va maksimal kengligini ko`rsatuvchi chiziqlar (kiyimlarining tarmoq standartiga muvofiq); bir-biriga ulanadigan detallarning juftlashtiriladigan joylaridagi kontrol kertiklar. Yordamchi andazalarda cho`ntaklar, vitachkalar, burmalar, izmalar, tugmalar va hokazolarni ko`rsatiladi. Asosiy, ikkilamchi va yordamchi etalon-andazalarning xamda ish andazalarining barcha komplektlarida kesiladigan joylardagi chiziqlar buyicha (andazaning chetidan 1 mm qochirib) 8-10 sm oralatib tamga bosiladi yoki chiziq chiziladi; tamga va chiklar andazaning eskirish darajasini tekshirib turish uchun kerak. Ish andazalarida kesish aniqligidan yo`l ko`yiladigan chetga chiqishlarni ko`rsatib ko`yish maqsadgа muvofiq. Kiymning nihoyat darajada aniq bichilishi joylarida (yoqa o`mizi, elka zixlari, eng o`mizi,eng boshi) yo`l ko`yiladigan chetga chiqishlar 0.25 sm, astar va oraliq materialdan tayyorlanadigan detallarda 0.4 sm ni tashkil etadi. 41
E s l a t m a. Detalning asosiy chiziqlarning yo`nalishi modelga va gazlamaning turiga qarab boshqacharoq bo`lishi mumkin. Harakatchan to`rsimon strukturali gazlamadan tikiladi. Kiyish jararyonida gazlama strukturasi o`zgarib, kiyimning shaklsi buzilishi mumkin. Buni oldini olish uchuн kiyim detallarini shunday bichish kerakki, asosiy cho`zuvchi kuchlar gazlamaning tanda iplari bo`ylab yunalsin. Buning uchun yukorida aytib o`tilgan belgilardan tashqari, kiyimning har bir detalida tanda ipining yo`nalishi va yo`nalishdan yo`l ko`yiladigan chetga chiqishlar ko`rsatiladi. Tanda ipi yunalishidan chekli chetga chiqishlar material tolasining tarkibiga, strukturasiga, materialning to`kilish zichligiga kiyimning konstruktsiyasi, vazifasi va hokazolarga bogliq (4.2 - jadval).
Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling