Тикувчилик буюмлари ҳақида маълумотлар кийимлар ассортименти
Download 205.36 Kb.
|
1 2
Bog'liqкийим турлари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kiyimlar quyidagicha guruhlarga bo’linadi
Tikuvchilik buyumlari haqida ma’lumotlar, kiyimlar assortimenti:Kiyimning vazifalari va sinflanishi Kiyim - bu materiallarning odam tanasidagi qobiq sistemasi bo’lib, tanani iqlim ta'siridan saqlaydi va odamning o’ziga xos ba'zi xususiyatlarini namoyon qiladi. Kiyim kishilik jamiyati rivojlanishining ilk bosqichlarida paydo bo’lgan va jamiyat taraqqyotiga mos ravishda rivojlanib, o’zgarib kelgan. U ijtimoiy tuzum, texnika va iqtisodiyot taraqqiyoti, xalqlar milliy madaniyati xususiyatlarini, turmush tarzi, iqlim sharoiti, badiiy did va an"analarini o’zida aks ettiradi. Kiyim deganda ich kiyim, ustki kiyim, bosh kiyim, qo’lqop, poyafzal kabilarning keng kompleksi tushuniladi. Tikuvchilik buyumlariga kiyimdan tashqari uy-ro’zg’or buyumlari (dasturxon, sochiq, ko’rpa - yostiq jildlari) texnik buyum va anjomlar (avtomobil g’iloflari va yopqichlari, chodirlar, qoplar ) kiradi. Kiyimlar quyidagicha guruhlarga bo’linadi:
Kiyimlar:
Kostyumdagi ayrim terminlarga tushuncha Kiyim inson tanasini atrof muhitning turli xil nomaqbul ta'sirlaridan, ya'ni issiq, sovuq, nam, chang va boshqa ta'sirlardan asraydigan o'simlik, xayvonot hamda sun'iy gazlamalardan tayyorlanadigan, shuningdek, bezak vazifasini o'taydigan narsaga aytiladi. Kiyim orqali har qanday insonning qaysi millat yoki eiatga mansubligini, qanday geografik va iqlimiy sharoitda yashashini, turmush tarzi, yashab turgan jamiyatining fan-texnika taraqqiyotini, madaniyatini aniqlashimiz mumkin. Kiyim odam tashqi qiyofasini o'zgartirishda katta rol o'ynaydi. U qiyofani 60% gacha o'zgartiradi. Kiyim kishining badiiy didini ifodalaydi, madaniy saviyasini belgilaydi, shaxsni xarakterlaydi. Kiyim kishiga nisbatan turli his-tuyg'ular uyg'otadi. Masalan: jiddiylik, vazminlik, jo'shqinlik, soviiqlik, oddiylik va boshqalar. Hozirgi zamon kiyiinlari jamiyatimiz talabiga mos kelishi kerak, ya'ni chiroyli zamonaviy modada, gigienik va qulay bo'lishi lozim. K o s t yu m — kiyimlar yig'indisidir. Shu bilan birga bosh-oyoq kiyimlari va qo'shimcha buyumlar (sumka, soyabon, qo'lqop) ham kostyum tarkibiga kiradi. "Kostyum" so'zi fransuzcha costume — kiyinish ma'nosini anglatib - kiyimning mazkurxalq, tabaqa, davr uchun umumiy bo'lgan shaklini shu termin bilan ataladi. Kostyum turli mamlakatlar xalqlarining o'ziga xos milliy qiyofasini aks ettiradi. Masalan o'zbek milliy kostyumi Download 205.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling