«Tikuvchilik ishlab chiqarish» tayyorlov yo’nalishi bo’yicha
o’quv amaliyoti qo’llanmasi
MODUL RAQAMI: T.43.
MAVZU: «Erkaklar sorochkasini modellash»
T-42 modulda erkaklar sorochkasi uchun o’lcham olish, asosiy konstruktsiyani loyihalash bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar ishlab chiqilgan. Ushbu T-42 modulning davomidir.
III. MAQSAD: Erkaklar sorochkasini loyihalash va modellash ko’nikmalarini shakllantirish.
O’QUV SOATLARI: 6 soat (240 daqiqa).
MODULNI O’RGANISH JARAYONIDA EGALLANADIGAN AMALIY
KO’NIKMALAR:
erkaklar sorochkasi bo’yicha modalar yo’nalishini tahlil qilish;
erkaklar sorochkasini asos konstruktsiyasi bo’yicha texnik modellash;
erkaklar sorochkasi uchun gazlama tanlash;
erkaklar sorochkasi uchun yoqalar konstruktsiyasi chizmasini chizish;
erkaklar sorochkasi mayda bo’laklari konstruktsiyasini qurish;
MODULNI O’RGANISH DAVOMIDA SHAKLLANADIGAN NAZARIY
BILIMLAR:
erkaklar sorochkalarining turlari;
erkaklar sorochkasining konstruktsiyasini modellash xususiyatlari;
erkaklar sorochkasining yoqasini qurish usullari;
erkaklar sorochkasi uchun gazlama tanlash;
VII. MAVZU DOIRASIDAGI ASOSIY MA’LUMOTLAR:
Erkaklar sorochkasi uchun model tanlashda va konstruktsiyalashda gavda, qomat va figuraning xususiyatlari hisobga olinadi.
S orochka klassik, sport, romantik uslubda bo’lishi mumkin. Bulardan tashqari sorochkalar kundalik, bayramona, uy uchun va harbiy turlarga bo’linadi. T-42 modulda sorochkaning boshqa belgilari (mavsum, gazlama turi, vazifasi, silueti) bo’yicha turlarga bo’linishi batafsil yoritilgan,
Do'stlaringiz bilan baham: |