1. Yeng qirqimlarini tikish
|
UM
|
|
Yeng qirqimlarining o’ngi ichkariga qaratib qo’yiladi va teskari tomonidan 1 sm chok kengligida tikiladi.
|
2. Yeng chokini dazmollash
|
Dazmol
|
|
Tikilgan choklar bir tomonga qaratib yengning teskari tomonidan namlangan mato orqali dazmollanadi.
|
3. Yeng qirqimlarini yo’rmalash
|
MM
|
|
Dazmol qilingan yengning chok qirqimlari maxsus mashina yordamida yo’rmalanadi.
|
4. Yeng uchi qirqimini tikish
|
UM
|
|
Yeng uchi qirqimi teskariga 0,7-1,0 sm bukiladi va bukish chizig’i bo’ylab yana bukilib, ziydan 0,1-0,2 sm kenglikda tikiladi.
|
5. Yeng o’miziga burma uchun chok tikish
|
UM
|
|
Yeng o’miz qirqimlaridan 0,5 sm ichkaridan 1 chi bahyaqator yuritiladi. Bu bahyaqatordan 0.5 sm ichkaridan 2 chi bahyaqator tikiladi. Ikkala bahyaqator orqali burmalar tekislanadi.
|
|
1. Old bo’lak rel’ef qirqimlarini tikish.
|
UM
|
|
Old bo’lak o’rta qismiga yoni qismini o’ngini o’ngiga qo’yib ko’krak qismida shakl hosil qilish uchun ozgina yedirib 1,0 sm kenglikda biriktirib tikiladi.
|
2. Rel’ef choklarini dazmollash.
|
Dazmol
|
|
Tikilgan gazlamaning rel’f choklari teskari tomonidan namlangan mato orqali bir tomonga qarab dazmollanadi.
|
3. Rel’ef qirqimlarini yo’rmalash.
|
MM
|
|
Dazmol qilingandan so’ng orqa bo’lak o’rta va rel’ef qirqimlari maxsus mashinada chok qirqimlari yo’rmalanadi.
|
4. Adipni old bo’lak bo’rtiga tikish.
|
UM
|
|
Tayyorlangan adip bilan old bo’lagini ularning o’ngini ichkariga qaratib qo’yiladi va adip bo’lak bortiga ko’klanadi. Bort old bo’lak tomonidan 0,5-0,7 sm kenglikda ag’darma chok bilan yoqa o’tkaziladigan joydagi kertimgacha tikiladi.
|
5. Bortning pastki burchagini tikish
|
UM
|
|
Etak bukish haqqi kengligida adipning ichki tomoni bukish haqqi 0,2-0,3 sm kenglikda bostirib tikiladi.
|
|