XI. O‘QUVCHILARNING BILIMLARINI TEKSHIRISH UCHUN NAMUNAVIY
TEST SAVOLLARI:
Ayollar xalati avvalo qanday talabga javob berishi kerak?
A) estetik;
B) ekspluatatsion;
C) gigienik;
D) texnologik.
Ayollar xalati qaysi guruhga kiradi?
A) bosh kiyim; B) yengil kiyim;
C) ichki kiyim; D) maxsus kiyim.
Xalat uchun qanday gazlamalar qo‘llaniladi?
A) jun, ip, shoyi; B) viskoza, sun’iy shoyi, pahmoq;
C) ip, pahmoq, jun; D) hamma javoblar to‘g‘ri.
Kiyimni modellash qanday amalga oshiriladi?
A) vitochka chiziqlari yordamida;
B) yon qirqim chiziqlari yordamida;
C) yelka qirqim chiziqlari yordamida;
D) yubka chiziqlari yordamida.
Kiyim modeli qanday tanlanadi?
A) estetik talabga asosan; B) moda yo‘nalishiga asosan;
C) ergonomik talabga asosan; D) hamma javob to‘g‘ri.
Ayollar xalatida rel’ef chiziq qaysi chiziqdan o‘tkaziladi?
A) yoqa o‘mizidan etak chizig‘igacha;
B) orqa o‘rta chizig‘idan bel chizig‘igacha;
C) yeng o‘mizidan etak chizig‘igacha;
D) bel chizig‘idan bo‘ksa chizig‘igacha.
Ayollar xalati yon qirqimlarida chok haqqini aniqlang.
A) 1,0-1,5 sm;
B) 2,0-3,0 sm;
C) 4,0-4,0 sm;
D) 3,0-4,0 sm.
Rel’ef qirqim hosil qilish uchun yelka vitochkasi qaerga ko‘chiriladi?
A) yon qirqimga;
B) bel chizig‘iga;
C) yeng o‘miziga;
D) old o‘rta chizig‘iga.
Do'stlaringiz bilan baham: |