«Тикувчилик ишлаб чи=ариши» йыналиши быйича ы=ув амалиёти


Download 467.5 Kb.
bet1/8
Sana16.11.2023
Hajmi467.5 Kb.
#1778334
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Т - 38. Ayollar xalati


«Tikuvchilik ishlab chiqarish» tayyorlov yo‘nalishi bo‘yicha
o‘quv amaliyoti qo‘llanmasi
I. MODUL RAQAMI: T.38


II. MAVZU: «Ayollar xalatini modellash va andozasini tayyorlash».


III. MAQSAD: Ayollar xalati uchun model tanlash. Ayollar ko‘ylagi asos chizmasini modellash tirish va ayollar xalati andozasini tayyorlash ko‘nikmalarini hosil qilish.


IV. O‘QUV SOATLARI: 6 soat (240 daqiqa).


V. MODULNI O‘RGANISH JARAYONIDA EGALLANADIGAN AMALIY

KO‘NIKMALAR:

  • muayyan ayollar xalati modeli asosida ayollar ko‘ylagi asos chizmasini modellashtirish;

  • ayollar xalati modellashtirilgan chizmasini qog‘ozga tushirish;

  • ayollar xalatining qog‘ozga tushirilgan bo‘laklari qirqimlariga texnik shartlarga ko‘ra chok haqqi berish va andoza konturlarini chizish;

  • ayollar xalati bo‘laklari andozalarini konturlar bo‘yicha kesish;

  • andozalarni texnik shartlarga ko‘ra rasmiylashtirish.

VI. MODULNI O‘RGANISH DAVOMIDA SHAKLLANADIGAN NAZARIY BILIMLAR:

  • muayyan ayollar xalati modeli asosida ayollar ko‘ylagi asos chizmasini modellashtirish usullari;

  • ayollar xalati modellashtirilgan chizmasini qog‘ozga tushirish usullari;

  • ayollar xalatining qog‘ozga tushirilgan bo‘laklari qirqimlariga texnik shartlarga ko‘ra chok haqqi berish va andoza konturlarini chizish usullari;

  • ayollar xalati bo‘laklari andozalarini konturlar bo‘yicha kesish usullari;

  • andozalarni texnik shartlarga ko‘ra rasmiylashtirish usullari.



VII. MAVZU DOIRASIDAGI ASOSIY MA’LUMOTLAR:

Xalat-ayollarga uy ishlari va dam olish uchun xizmat qiladi. Bichimining soddaligi, kiyishda qulayligi gigienikligi. barcha uy kiyimlari uchun xarakterli bo‘lgan xususiyatlardir.


Utilitar va funkitsonal xususiyatlari o‘z ichiga olgan uy kiyimi ayollar uchun qulaylik tug‘dirishi va shu bilan birga zamonaviy bo‘lishi kerak.
Xalat uchun paxta tolali gazlamalar sun’iy shoyi, velyur paxmoq kabi gazlamalar tavsiya etiladi.
Ayollar xalati yeng, yoqa bichimlarining turlicha bo‘lishi, formasining turli bo‘lishi bilan ajralib turadi.
Tavsiya etilayotgan ayollar xalati sun’iy shoyi gazlamadan tikilib, yopishib turadigan formali, pidjak tipidagi dumaloq shaklli yoqali, bir qator tugmaga taqiladi, yengi biriktirma, yeng bilakkacha uzunligining 4|3 bo‘lagi uzunlikda, tirsakdan etakkacha kengaytirilgan. Xalat old va ort bo‘laklari yeng o‘mizidan etak chizig‘igacha rel’ef choki tushirilgan, old bo‘lak o‘ng yon qismida qoplama cho‘ntak tikilgan
Tavsiya etilayotgan xalat o‘lchami 164-96-104





Download 467.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling