Tikuvchilik xonasiga


Download 1.01 Mb.
bet3/3
Sana01.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1737881
1   2   3
Bog'liq
5-texnologiya

Zig‘ir tolali gazlamalar paxta tolali gazlamadan o‘zining chidamliligi, kam kirishuvchanligi, kam cho‘ziluvchanligi bilan ajralib turadi. Zig‘ir tolali gazlama biroz og‘ir, to‘qilishi qalin bo‘lsa-da, usti silliq va yaltiroq bo‘ladi. Tez g‘ijimlanadi va oson dazmollanadi. Zig‘ir tolali gazlamalardan yengil kiyim bilan birga dasturxon, sochiq, salfetkalar tikishda foydalaniladi.

Iplar


Tikuvchilikda ishlatiladigan iplar tabiiy, sintetik va sun’iy tolalardan ishlab chiqariladi. Ust kiyim va ichki kiyimlarni tikishda, asosan, paxtadan yigirilgan kalava iplar ishlatiladi. Sintetik tolali gazlamalarni tikishda esa sintetik iplar qo‘llaniladi. Sanoatda 10, 20, 30, 40, 50, 60, 70, 80, 100 va 120-raqamli iplar ishlab chiqariladi. Ipning raqami oshgan sari ip ingichkalashadi. G‘altakka o‘ralgan iplarning uzunligi 200, 500, 1000 metrgacha yetadi. Ko‘ylak va ichki kiyimlik gazlamalarni tikishda 80, 60, 50-raqamli paxta iplar, 65–75-raqamli ipak iplar ishlatiladi. Kostumlik gazlamalarni tikishga 50, 40-raqamli paxta iplar va 25-raqamli ipak iplar juda mos. Paltolik gazlamalarni tikishda 40–30-raqamli paxta iplar, 18-raqamli ipak iplar qo‘llaniladi.



Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar

  1. Tikuvchilik xonasi va undagi jihozlar haqida gapirib bering.

  2. Ish stolida kerak bo‘ladigan ish qurollariga nimalar kiradi?

  3. Tikuvchilik xonasida amal qilinadigan texnika xavfsizligi va sani-

tariya-gigiyena qoidalarini ayting.

  1. To‘qimachilik tolalariga nimalar kiradi?

  2. Ip va gazlamalar haqida ma’lumot bering.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling