Til – asosiy nutq a’zosi 7-dars


Download 325.46 Kb.
Pdf ko'rish
Sana15.11.2023
Hajmi325.46 Kb.
#1776790
Bog'liq
7 - dars lotin



TIL – ASOSIY NUTQ A’ZOSI 
 
7-dars 
Assalomu alaykum, muhtaram o’quvchilar. Bugun Siz bilan asosiy nutq 
a’zosi hisoblangan til borasida gaplashamiz. Barcha tajvid olimlari til yuzasini 3 
qismga (Toroful lisaan, Wasatul lisaan, Aqsol lisaan) ajratgan. Doktor Ayman til 
yuzasini 3 ga ajratibgina qolmay, balki “jazrul lisan” va “ro’sul lisaan” haqida 
ma’lumot berganlar. Hullas, til usti 4 qism: jazrul lisaan, aqsol lisaan, wasatul 
lisaan va toroful lisaan. Ro’sul lisan esa til ustining uchi hisoblanib Toroful lisanda 
joylashgan



Yuqoridagi atamalarning o’qilishini o’rganamiz: 
Til qismlari – aqsaamul lisaan, Til ildizi – jazrul lisaan 
Til yuqorisi – aqsol lisaan, Til o’rtasi – vasatul lisaan 
Til oldi – Toroful lisaan, Til uchi (til boshi) – ro’sul lisaan. 
Yuqorida til ustini o’rgandik, endi til yon qirg’og’ini o’rganamiz. Quyidagi 
rasmda til yon qirg’ig’i 2 qismga bo’lingan: 
Til yon qirg’og’i – haafatul lisaan 2 qismdan iborat: 
1) Til yon qirg’og’ining ichkarisi – aqsoo haafatil lisaan. 
2) Til yon qirg’og’ining oldi – adnaa haafatil lisaan. 


Til yon qirg’og’ining tugash joyi (nihoyasi) esa muntahaa haafatil lisaan deyiladi. 
Hulosa qiladigan bo’lsak til 6-qismga bo’lingan. 
Til ustida 4 ta: 1) Toroful lisaan, 2) Wasatul lisaan,
3) Aqsol lisaan, 4) Jazrul lisaan. 
Yon qirg’og’ida 2 ta: 1) Aqso haafatil lisaan
2) Adna haafatil lisaan. 
Muntahaa haafatil lisaan Toroful lisaanning yon qirg'og'i(qirrasi) chegarasi. 
Ro'sul lisaan esa Toroful lisaanning ust chegarasi. 
Til quyidagi vazifalarni bajaradi: 
 
1. Ta’m bilish. 
2. Ovqatni chaynash va yutish jarayonida luqmani og’iz bo’shlig’ida 
harakatlantirish. 
3. Harflarning talaffuzida ishtirok etish. Talaffuz qilib ko’rsak bilamizki, til tovush
– harflarni hosil qilishda faol ishtirok etadi.
Demak, til – asosiy nutq a’zolaridan biri ekan.

Download 325.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling