Til bayrami kuni anjumaniga Assalomu alaykum, bugungi anjuman ishtirokchilari – hurmatli ustozlar, aziz talabalar!


Download 16.07 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi16.07 Kb.
#214948
Bog'liq
Til bayrami kuni anjumaniga qisqa


Til bayrami kuni anjumaniga

Assalomu alaykum, bugungi anjuman ishtirokchilari – hurmatli ustozlar, aziz talabalar! Avvalo, Sizlar bilan diydorlashib turganimdan xursandman. Qolaversa, ayni kunlarda butun O‘zbekistonimizda keng nishonlanayotgan “Til bayrami kuni” munosabati bilan hammangizni chin qalbdan, samimiy tabriklayman. Bu bayram bilan – O‘zbek tili bayrami bilan, birinchi navbatda, o‘zbek filologiyasi jamoasi – Siz-u biz faxrlanamiz. Lekin aslida bu bilan butun bir millat, kamida Alisher Navoiy-yu Ogahiylardek, Abdulla Avloniy-yu Abdulla Oripovdek faxrlanishi, g‘ururlanishi lozim. Nafaqat g‘ururlanishimiz, balki o‘zbek tilini jonimizdek asrashimiz, himoya qilishimiz, taraqqiy qildirishimiz, dunyo tillari qatoriga olib kirishimiz kerak, chunki davlat va jamiyat taraqqiyotida o‘zbek tilining o‘rni beqiyos deb o‘ylayman.

Chunki o‘zbek tili – davlat tili, shu bilan birga, millat ruhi va uning tomiridagi qonidir. Millatning Vatani, davlati, bayrog‘i, gerbi kabi boyliklaridan ham birinchi turuvchi beqiyos boyligi – Ona tili bor. Aynan odamlar guruhini bir millat sifatida birlashtiradigan, ya’ni xalqni xalq, millatni millat qiladigan Tildir!

Til bor ekan, millat tirik.

Afsuski, Istiqlol arafasida o‘zbek tili faqat oilaviy va bozor tili darajasiga tushib qolgan edi. Allohga shukurki, Istiqlol tufayli tilimiz Davlat tili maqomini o‘z qo‘liga qaytarib oldi (bu yo‘ldagi harakatlar, to‘siqlar, yo‘qotishlar haqida soatlab gapirish mumkin). Sobiq Ittifoq doirasida 1988-yildan vaqtli matbuotda ”Til bayrami” haqida ma’lumotlar paydo bo‘la boshlagan.

O‘zbekistonda ilk bor ”Til bayrami” 1988-yil 3-dekabrda Tosh.da talabalar shaharchasida ToshDUning o‘zbek filologiyasi, tarix fakulteti, politexnika instituti talabalari tomonidan o‘tkazilgan (e’tibor bering, nishonlangan emas, o‘tkazilgan). Va nihoyat 1991-yil 21-oktabrdan o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berildi.

2020-yil 10-arrel o‘zbek millati uchun yana bir muhim sana sifatida tarixda qoladigan bo‘ldi. Chunki aynan shu kuni Prezidentimiz tomonidan “O‘zbek tili kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonun imzolandi. Shu hujjat bilan 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilandi. Bu juda ham muhim sana.

Ona tili kunini belgilash va uni istiqbolli rivojlantirish muammosi birgina o‘zbek tiliga taalluqli emas, chunki Ona tili kuni munosabati bilan o‘z tilini himoya qilish, yosh avlodni unga hurmat ruhida tarbiyalash, o‘z tillarini yanada kengroq tarqalishini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar ko‘pgina davlatlarda har xil sanalarda nishonlanadi. Masalan:

1997-yil 17-noyabr kuni YUNESKO tomonidan 21-fevral – Xalqaro ona tili kuni deb e’lon qilingan (sabab – 1952-yil 21-fevral kuni Bangladesh poytaxti Dakkada talabalar Bengal tilini davlat tili qilish uchun namoyishga chiqishgan). BMT Bosh Assambleyasi 2008-yilni Xalqaro tillat yili deb e’lon qilgan.

Xulosa qilib shuni aytishni istaymanki, Bizkim – o‘zbeklar, Avloniy iborasi bilan aytganda, ”hifzi lison”da sobit bo‘laylik; Omon Matjon iborasi bilan aytganda, tilimizga bo‘lgan ”eng so‘nggi xazina” – milliy g‘ururimizni uyg‘otaylik; A.Oripov iborasi bilan aytganda, bir kun kelib, ota-bobolarimiz, momolarimiz ruhini chirqiratib, ”to‘ti” bo‘lib qolmaylik; Alixonto‘ra Sog‘uniy iborasi bilan aytganda, ”milliy hissiyotimizdan – tilimizdan” ajralmaylik, O‘zbekistonga – Ona tilimizga ulug‘ xiyonat, kechirilmas jinoyat qilmaylik!

Orangizda o‘zini “dunyoviy inelektual ongli” sanovchi, ya’ni 21-oktyabr Xitoyda Dengiz ortidan kelgan xitoyliklar (xuatsyaolar) kuni, Angliyada Olmalar kuni, Daniyada Rangli soyabonlar kuni, Marshall orollarida Mustaqillik kuni keng nishonlananishini bilib, bu Sana “O‘zbek tili bayrami kuni” ekanini bilmaydigan yoki unutadigan, milliy g‘urursiz “zamonaviy” yoshlar bo‘lmasin. Yonigizda hamisha haqiqiy O‘zbek – g‘ururli, hamiyatli, Millati, Vatani, O‘z tili, oilasiga sadoqatli-vafodor hamrohlar bo‘lishiga tilakdoshman.



Yana bir marta Til bayram kuni bilan hammangizni qutlab, Iroda Umirovaning ”Ona tilim” she’rini o‘qib bermoqchiman:

Она тилим – асалчой таъмли,

Булбулталқин, муҳаббатшева.

Лабларимга кўчиргум доим

Талаффузин мен сева-сева.
Она тилим – юрак қатимдан

Меҳр бўлиб сочилган жаранг.

Қулоғимга гўдак пайтимдан

Алла бўлиб сингиган оҳанг…

E’tiboringiz uchun rahmat, salomat bo‘ling!
Download 16.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling