Til bayramiga senariylar to’plami 1-boshlovchi
Download 120.52 Kb.
|
Til bayramiga senariylar to’plami 1-boshlovchi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-boshlovchi
- O‘quvchi qizlar
- Qo‘shtirnoqlar”
1-boshlovchi: “Yosh tilshunoslar” to‘garagi a’zolari ijrosida xalq qo‘shiqlari va temalaridan namunalar tinglang.
2-boshlovchi: Baxtimizga yurtimiz tinch bo‘lsin! Tilimiz sofligi abadiy bo‘lsin! Omon bo‘lsin el-u yurt, osmon, Omon bo‘lsin turguncha zamon! 1-boshlovchi: Alla! O‘zbek xalqining qadim-qadimdan e’zozlanib, ardoqlanib kuylanib kelinayotgan, tarjimon talab qilmaydigan, millat, tilidan qat’iy nazar, birdek ezgulikka, yaxshilikka chorlovchi – ma’naviy malham. 2-boshlovchi: Alla sehri – orzu-umidlar, quvonch-u tashvishlar majmuasidir. Prezidentimiz “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobida “…jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi”, - deya ta’kidlagan edilar. Darhaqiqat, onalarimizning allasi har qanday toshni ham eritishga qodir. Chunki bu – dil nolasi! Chunki bu – tilning beqiyos kuchi! Davraga milliy libosdagi qizlar yarim doira shaklida joylashadilar. O‘rtaga beshik qo‘yib, bir o‘quvchi qiz beshik tebratib alla aytadi. Davradagi qizlar esa jo‘r bo‘ladilar. O‘quvchi qizlar: Alla aytay, jonim bolam, Orom olgin, alla. Yurtimizning sher yigiti, Yorug‘ yulduzi, alla… Katta bo‘lib Vataningga Sodiq bo‘lgin-a, alla… 1-boshlovchi: Til – bebaho qudrat. U nafaqat aloqa vositasi, balki go‘zal nutq yaratish san’atidir. 2-boshlovchi: Ommaga qaratilgan har qanday yozma yoki og‘zaki nutq mukammal bo‘lishi uning ta’sirchanligini oshiradi. Ma’lumki, jumla ta’siri, hech shubhasiz, tinish belgilariga ham bog‘liq. Har qanday ohang – nutq libosi. Til esa unig jamoli. 1-boshlovchi: Sahnaga 5-sinf o‘quvchilarni taklif qilamiz. O‘quvchilar boshlariga tinish belgilaridan toj kiyib kelib, “Fikrlar bekati” mushoirasini boshlashadi. “Vergul”: Shoshmang, meni demang norasida, o‘rnim tengdosh bo‘laklarning orasida… “Qo‘shtirnoqlar”: Ko‘chirma gap ketolmaydi bizdan qochib, uni doim olamiz keng quchoq ochib… “Tire”: Dialogda mening eng ko‘p turar joyim, yana ma’no takrorlansa, men bor doim… “So‘roq-undov”: Xushsurat, xush odobmiz, go‘yoki bir quyosh-obmiz. Kerak paytlar birlashib, ham savol, ham javobmiz. “Nuqta”: Fikrlarning bekati – Nuqtadirman, Har darak gap oxirida to‘xtaydurman. Gapim tamom, bundan bo‘lak menga ne bor, O‘ylaymanki, so‘zim qolmas bee’tibor. Download 120.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling