Til-belgilar sistemasi sifatida. Til sathlari va ularning belgilari
Download 57.02 Kb.
|
Til-belgilar sistemasi sifatida
1. Vazifasi nuqtayi nazaridan til insonlarning o‘zaro fikr almashish, fikrni shakllantirish, ifodalash va vositasidir. 2. Tuzilishi, tashkil topishi nuqtayi nazaridan til muayyan birliklar, ularning jami, ularni mantiqiy jihatdan bir-biri bilan bog‘lash qoidalaridir. 3. Mavjudligi nuqtayi nazaridan til ijtimoiy hodisa, ijtimoiy mahsulotdir. 4. Informatsiya nazariyasi nuqtayi nazaridan tilni kod bilan tenglashtirish mumkin. Tildagi kodlashtirilgan belgilar muayyan axborot tashish, uzatish, yetkazish vazifasini bajaradi. Bunda kod – axborotni yozib olish usuli, matn – axborot, ma’lumot berish vositasi hisoblanadi, kanal – axborot uzatiluvchi muhit, sharoitni ifodalaydi. 5. Semiotika nuqtayi nazaridan til belgilar sistemasi, u moddiy boyliklar – tovushlardan tashkil topadi.Semiotika (yoki semiologiya) belgilar sistemasi haqidagi fan bo‘lib, belgilar, ularning tabiati, mohiyati, ko‘rinishlari, amal qilishi kabilarni o‘rganadi. Semiotikaning tekshirish obyekti jamiyatda qo‘llanadigan belgilar tizimi bo‘lib, bunda 2 tipdagi belgilar farqlanadi: tabiiy va sun’iy belgilar. Semiotika atamasi amerikalik mantiqshunos Ch.S. Pirs va shveysariyalik tilshunos F. de Sossyur asarlarida bir vaqtning oʻzida va mustaqil ravishda qayd etilgan. Ushbu tushuncha uchun Ch.S. Pirs "semiotika" terminini. F. de Sossyur esa "semiologiya" terminini qoʻllagan.Tabiiy belgilar aslida u yoki bu narsa, hodisaning tarkibiy bo‘lagi - alomatlari bo‘lib, ular inson ongida muayyan tasavvurlarni uyg‘otishga xizmat qiladi. Sun‘iy belgilar shartli belgilar bo‘lib, ular predmet va hodisalar haqidagi tasavvurlarning o‘rnini bosish uchun xizmat qiladi. Ushbu belgilarning asosiy vazifasi ma’lum bir xabarni to‘plash, saqlash, yetkazish, ya’ni insonlar o‘rtasida aloqa vositasi bo‘lishdir. Shu bois ularni kommunikativ-informativ belgilar deb atash mumkin va ularga turli timsollar, signallarni kiritish mumkin. Sun’iy belgilar grafik, tovushli va harakatli bo‘lishi mumkin. Jumladan, yo‘l harakati belgilarini grafik, signallarni tovushli, qushlar va hashoratlarning ma’lum yo‘nalishlarda uchishi, imo-ishora, mimikalar, harakatli belgilar sifatida muayyan ma’nolarni ifodalashga xizmat qiladi. Bu o‘rinda ayrim turlarga moslashtirilgan Morze, Brayze alifbolarini ham misol sifatida keltirish mumkin.Download 57.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling