Til bilgan el bilar


Download 41.02 Kb.
bet5/7
Sana22.12.2021
Hajmi41.02 Kb.
#182357
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
21 oktyabr til bayrami til bilgan

RAQS

1-boshlovchi: Navoiy «Muhokamat ul-lug‘atayn» asarida turkiy til forsiy tildan kam emasligini, turkiy tilning ham imkoniyatlari keng ekanligini ta’kidlagan.

Turk nazmida men tortib alam,

Ayladim ul mamlakatni yak qalam, deb yozgan.


2-boshlovchi: Alisher Navoiy sharq adabiyotining yigirma janrida ijod qilgan yagona ijodkor sifatida o‘zbek tilining so‘z fondini boyitgan.

«Ko‘ngul durji ichra guhar so‘z durur

Bashar gulshanida samar so‘z durur».

Jism bo‘stoniga shajar so‘zdurur,

Ruh ashjoriga samar so‘zdurur.
1-boshlovchi: So‘zdurki, nishon berur olikka jondin,

So‘zdurki, berur jong‘a xabar jonondin.

Insonni so‘z ayladi judo hayvondin,

Bilkim guhari sharifroq yo‘q ondin.

deya so‘zga nihoyatda yuksak baho bergan.


Shoir o‘zbek tilidagi so‘zlarni yangi ma’nolarda qo‘llab, shu so‘zlardan yangi so‘zlar yasagan. 26 mingdan ortiq so‘z bilan poetik adabiy tilni boyitib, sof o‘zbekcha 9305 ta so‘zni badiiy qo‘llashga olib kirgan.

2-boshlovch:: Navoiy rasmiy ish faoliyatida o‘zbek tilining ham rasmiy til darajasiga ko‘tarilib, saroyda ish yuritadigan til bo‘lishi uchun o‘z hissasini qo‘shgan.
1-boshlovchi: O‘zbek tili oltoy til oilasining turkiy tillar turkumiga kiradi. Bu oilaga turk, mo‘g‘ul, manchjur, yapon va koreys tillari kiradi. Bu tarmoqda 20 dan ortiq til bo‘lib, ular o‘z navbatida yana guruhlarga bo‘linadi.


Download 41.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling